Fizika fanining rivojlanish tarix, fazo va vaqt, sanoq sistemasi REJA: Fizika fanining rivojlanishi Sanoq sistemalari Vaqt tushunchasi. Kalendarlar va ularning turlari Yer yuzining juda katta teritoriyasini zabt etgan arab xalifaligi abbosiylar davrida ijtimoiy - siyosiy parokandalikka yuz o'girdi. Biroq bu davrda dunyoviy ilm-fan, xurfikrlilik xalifa Xorun-ar-Rashid va uning vorisi Ma'mun homiyligida gurkirab rivojlandi. Bu davr ilm-fani, falsafasi, ma'naviy madaniyatga erishgan buyuk yutuqlar sharofati bilan jahon madaniyati va falsafasi tarixiga arab-musulmon falsafasi tushunchasi kirib keldi. Taraqqiyparvar va ma'rifatparvar arab xalifalarining ilm-fan, falsafa rivojiga alohida g'amxo'rlik qilishlari bejiz emas edi. Xorun ar-Rashid xalifalikni oqilona va odilona boshqarishda ulug' donishmandlar maslahatiga amal qilganligi, buyuk olimlar bilan turli masalalarda erkin bahs munozara yuritganligi uchun xam katta yutuqlarga erishgan edi. Bu davr ilm fan va falsafaga oid asarlar asosan arab va fors tillarida yozishdi. Bu davr madaniyati va falsafasining rivojiga Markaziy Osiyolik buyuk allomalar: Abu Nasr Farobiy, Muso al-Xorazmiy, Axmad Farg'oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar salmoqli hissa qo'shdilar, ular o'z asarlarini ushbu davr an'anasiga ko'ra arab tilida tayyorladilar. Arab - musulmon falsafasi va madaniyatiga oid manbalar nixoyatda ko'p bo'lib, ular jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida o'z tadqiqotchisini kutyapti. Arab tilidagi qo'lyozmalar soni 100 ming nomdagi 630 mingdan ortiqdir. Ibn Bojjining (XI asr oxiri) Fuqorolar siyosati to'g'risida aforizmlar, Fuqarolik fani, asarlari xaligacha topilgan emas. Qadimgi Yunon va arab madaniyatlarining o'zaro aloqasida tarjimachilik muhim rol o'ynagan. Vizantiya imperiyasi bilan Eron sosoniylar davlati o'rtasida Suriya davlati joylashgan bo'lib, u keyinchalik ikki buyuk madaniyatni bir-biri bilan bog'lovchi jonli ko'prik vazifasini bajardi. Suriyaliklar, savdogarlar, tarjimonlar, muallimlar edilar. Ular Suriya tilida gaplashar, ularning tili arab tiliga ancha yaqin edi. Grek tilini yaxshi o'rganib olgan suriyalik xristianlar arablarga qadar ham monastir va maktab - akademiyalarda Pluton, Aristotel, Galen, Gippokratning falsafa va meditsinaga oid asarlarini, alximiya, astrologiya, astronomiya, qishloq xo'jaligiga oid risolalarni grek tilidan suriya tiliga tarjima qilgan edilar. Tarjimonlar Vizantiyaning Edes shahridagi nestorian oliy diniy maktabida faoliyat ko'rsatganlar, biroq bu diniy maktab Vizantiya pravoslaviyasiga muxolifatda bo'lganligi uchun xam uni 489 yili imperator Zenonning buyrug'i bilan yopishgan, uning o'qituvchi va talabalari kuvg'in qilingan. Ularning bir qismi Eron podsholigiga ko'chib o'tgan va sosoniy podshoxlarining homiyligida ijod qilganlar. Eronning Gundi-SHopur shahrida Xisrav Anushirvon tomonidan asos solingan meditsina maktabi ravnaq topdi. Bu maktab faqatgina qadimgi meditsinadangina emas, balki Vizantiya bilan bo'lgan urushda asr olingan va davolash san'atida Ellin donishmandligi ni puxta egallagan maxbuslardan xam ko'p narsa olgan edi. Afinadan Yustinian tomonidan kuvgin qilingan neoplatongi - faylasuflar xam shu yerdan boshpana topgan edilar. ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
730.86 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:19
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
730.86 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:19 ]
Arxiv ichida: ppt