Fizika kursi mazmunini uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashning metodik asoslari

Fizika kursi mazmunini uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashning metodik asoslari

O'quvchilarga / Fizika
Fizika kursi mazmunini uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashning metodik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Umumiy о'rta va о'rta maxsus ta'lim tizimi fizika kursi mazmunini uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashning metodik asoslari MUNDARIJA KIRISH ……3-7 1 - BOB. TA'LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYALASHDA UZLUKSIZLIK VA UZVIYLIK TAMOYILLARINING USTUVORLIGI 1.1. Ta'lim mazmuni va maqsadlari orasidagi uzviylikni ta'minlashning pedagogik va didaktik asoslari …… 8-16 1.2. Ta'lim mazmunini belgilash hamda о'qitish samaradorligini aniqlashning tashkiliy pedagogik meyorlari …… 17-24 2 - BOB. UMUMIY О'RTA VA О'RTA MAXSUS TA'LIM TIZIMI FIZIKA KURSI DASTURLARI UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGINI TA'MINLASHNING METODIK ASOSLARI. (MEXANIKA BО'LIMI MISOLIDA) 2.1. Umumiy о'rta va о'rta maxsus ta'lim tizimi fizika kursi dasturi mazmunining uzluksizligini hozirgi axvoli taxlili ……. 25-34 2.2. Umumiy о'rta va о'rta maxsus ta'lim tizimi fizika kursi dasturi uzviyligini ta'minlash yо'llari ……. 35-54 XULOSA …… 54-60 ADABIYOTLAR RО'YXATI ……. 61-64 Kirish Respublikamizda ta'lim sohasining isloh qilinishi munosabati bilan umumiy о'rta ta'lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari fizika ta'limi tarkibiy tuzilishi va mazmunini hozirgi davr talablariga mos ravishda takomillashtirish modernizatsiyalash, uzviyligini ta'minlab ishlab chiqish zaruriyati vujudga keldi. Prezidentimiz I. A. Karimov bu ustuvor vazifa haqida Kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko'rsatishining asosiy tamoyillari: - Barcha turdagi ta'lim muassasalarida uzluksiz ta'lim, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish - Ta'lim tizimini tuzilishi, maqsad va mazmun jihatidan isloh qilish. Demakki, zamonaviy ta'lim tizimini isloh qilish, zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo'lga qo'yish faoliyatimizning bosh yo'nalishi bo'lmog'i darkor degan vazifani qo'ydilar. (Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. T., Sharq, 1998, 125-126 betlar) Bunda, albatta, yо'nalishlarga mos uzluksiz fizika ta'limi mazmunini, Olamning yagona fizik manzarasini shakllantira oladigan g'oyaga yо'naltirish XX1 asr ta'limi asosini tashkil qilish vazifasi qо'yildi. Bu borada tabiiy-ilmiy fanlar, birinchi navbatda fizika fani yuqori о'rinni egallaydi. Uning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati globallashuv davrida aynan shuni taqozo etadi. Barkamol shaxsni tarbiyalashda uzluksiz ta'lim tizimining yangilangan (yaxlit) bir butun tizimini yaratishda tabiiy-ilmiy fanlar, xususan fizika ta'limini uzviy holda yaratish zaruriyati paydo bо'ldi. Yuqoridagi ta'lim muassasalarida fizika ta'limi mazmunini uzviyligini va yaxlitligini ta'minlash maqsadga muvofiqligi ushbu ta'lim muassasalarida fizika ta'limini о'qitilishi sharoitidan kelib chiqqan holda ayrim muammolarni hal etish lozimligini kо'rsatadi. Ushbu majburiy ta'limni barcha bosqichlari uchun yangilangan fizika ta'limi qarashlarni, standarti va ular asosida tuzilgan fizika ta'limi dasturini ishlab chiqish vazifasi qо'yildi. Ushbu yangilangan fizika ta'limi mazmunining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida, ishlab-chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan о'rni bilan belgilanadi. Majburiy ta'lim muassasalarining fizika ta'limi uzviylashtirishi umumiy maqsadlarga xizmat qilishi ya'ni, о'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, о'z-о'zini anglash salohiyatini shakllantirish va о'stirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalash hamda ijtimoiy hayotlari uchun zarur bо'lgan bilimlarni о'rgatish hamda malaka ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 160.44 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 160.44 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga