6-sinf fizika darsligi asosida 1-mavzu: Fizika nimani o'rganadi? Fizik hodisalar Aziz o'quvchilar! Qo'lingizdagi kitob Siz uchun yangi o'quv predmeti bo'lgan «Fizika» darsligining birinchisidir. Keyingi 7-9-sinflarda ham «Fizika»dan o'quv darslari davom etadi. Nima sababdan bu o'quv predmetini o'rganish kerak? Atrofga qarasangiz, yog'ayotgan qor yoki yomg'irni, so'zib yurgan bulutlarni, ariq yoki daryolardan oqayotgan suvni ko'rasiz. Bularning barchasi tabiat hodisa laridir. Bizni o'rab turgan tabiatdagi o'zgarishlar hayotimizga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Tabiatda borayotgan jarayonlarning qonuniyatlarini o'rganish ulardan unumliroq foydalanish imkonini beradi. Qonuniyatlarni o'rganish borasida inson o'z mehnatini yengillashtiradigan mashinalarni o'ylab topgan. Kundalik turmushimizni elektrsiz, yoqilg'isiz va toza suvsiz tasavvur qila olmaymiz. Elektr energiyasini hosil qiladigan mashinalar, elektrdan va yoqilg'idan foydalanib ishlaydigan qurilmalar fizika faniga asoslanib yaratiladi. Ma shina va mexanizmlarni boshqarishda, sozlash ishlarini bajarishda, uy-ro'z g'or texnikasidan unumli foydala nishda ham fizikadan olgan bilim laringiz asqotadi. Tabiatda ro'y berayotgan turli hodisalarni alomatlariga ko'ra mexanik, issiqlik, elektr, yorug'lik va tovush hodisalariga ajratish mumkin. Bu hodisalarni o'rganish modda tuzilishini o'rganishdan boshla nadi. 6-sinfda fizikaning o'rganiladigan sohalari: modda tuzilishi, mexa nik hodisalar, elektr, issiqlik, yorug' lik va tovush hodisalari haqi da dast labki ma'lumotlar beriladi (1-rasm). Darslikda shu hodisalarga doir murakkab bo'lmagan va o'zingiz bajarib ko'ra oladigan qiziqarli topshiriqlar beriladi. Velosiped, avtomobil, odamning harakati, qaychining qirqishi va h.k. - bularning barchasi mexanik harakatlarga misol bo'ladi. Suvning bug'lanishi va muzlashi, metallarning erishi, tabiiy gaz va o'tinning yonishidan chiqqan issiqlik va h.k. - bular issiqlik hodisalariga misol bo'ladi. Yorug'likning tarqalishi, uning narsa va predmetlardan qaytishi, havoda kamalak paydo bo'lishi kabilar yorug'lik hodisalariga kiradi. Qanday qilib inson qorong'i xonasini charog'on qila oldi, uzoq mam lakatlarda bo'layotgan voqealarni ko'rib turadigan, oziqovqatlarining buzil masdan saqlanishiga erishadigan bo'ldi? Ularning barchasiga elektr hodisalarini o'rganish tufayli erishildi. Nima sababdan Quyoshdan yorug'lik chiqadi? Nega suv bug' yoki muz ko'rinishida bo'la oladi? Qanday sababga ko'ra xona temperaturasida simob suyuqlik holida bo'ladi-yu, temirni suyultirish uchun juda yuqori temperaturagacha qizdirish kerak? Mana shunday savollarga javob berish uchun moddaning tuzilishini o'rganish kerak. Jismlarning ichki tuzilishini o'rganib, uning ko'pgina xossalarini tushuntirish hamda kerakli xossalarga, ya'ni issiqlikka chidamli, mustahkamligi yuqori va h.k.larga ega bo'lgan yangi moddalarni yaratish mumkin. ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.5 MB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:19
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.5 MB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:19 ]
Arxiv ichida: ppt