Fizika so'zi grekcha fyuzis so'zidan kelib chiqqan bo'lib, u tabiat degan ma'noni anglatadi. Bu so'zni fanga birinchi bo'lib qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel kiritgan. Fizik jismlar deb, tabiatda uchraydigan turli moddalardan tashkil topgan barcha jismlarga aytiladi. Fizik sistema yoki jismlar sistemasi deb, ayrim fizik hodisalar xuddi bitta jismdagidek namoyon bo'ladigan jismlar to'plamiga aytiladi. Fizik hodisalar deb, moddani tashkil etgan zarralar o'zgarmay qolgan holda sodir bo'ladigan hodisalarga aytiladi. Fizik muhit deb, fizik hodisa va jarayonlar sodir bo'ladigan moddiy fazo yoki muhitga aytiladi. Fizik qonun deb, hodisalarni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi miqdoriy bog'lanishdan iborat bo'lgan ifodaga aytiladi. Kuzatish deb, sodir bo'layotgan hodisaga ta'sir ko'rsatmasdan, uning xususiyatini o'rganishga aytiladi. Mexanik hodisalar Modda tuzilishi Issiqlik hodisalari Yorug'lik hodisalari Tovush haqida tushuncha Qadimda yashagan odamlar to'la-to'kis tabiatga bog'liq bo'lgan. Chunki ular hech narsani o'z qo'li bilan yaratmasdan, atrofida borini iste'mol qilishgan. Yog'in-sochin, sovuq va yovvoyi hayvonlardan g'orlarda bekinib, jon saqlagan. Asta-sekin ov qurollarini o'ylab topgan, olovdan foydalanishni o'rgangan. Bu jarayonda uning turmushi yengillasha borgan. Shunga ko'ra, tabiatni o'rganish, undan foydalanish va unga ta'sir ko'rsatish boshlangan. Tabiat haqidagi bilimlarni o'rganish va ular asosida tabiat boyliklaridan samarali foydalanish natijasida insoniyat sovuq qotish, qorong'ulikda qolish, och qolish kabi holatlardan va ko'pchilik kasalliklardan qutula oldi. Inson yer yuzi bo'ylab, havoda va suvda bemalol harakat qilmoqda. Tabiiy bilimlar ichida fizika yetakchi o'rinni egallaydi. Birinchi mavzuda aytib o'tilganidek, uning o'rganadigan sohasi keng qamrovlidir. Fizikaning har bir o'rganilgan yangi qonuniyatlari jamiyat rivojlanishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Shunga ko'ra, O'zbekistonimizda ham fizika fanining rivojlantirishi bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Bu ishlar bilan asosan O'zbekiston Fanlar akademiyasiga tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy o'quv yurtlari qoshidagi laboratoriyalardagi olimlar shug'ullanadilar. Mexanik hodisalar bilan M.T. O'rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida, issiqlik hodisalari bilan Fanlar akademiyasining Issiqlik fizikasi bo'limida akademik P.Q. Habibullayev rahbarligida ishlar olib boriladi. Yorug'lik hodisalariga doir ishlar «Fizika - Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida o'rganilmoqda. Elektr hodisalari bilan Fanlar akademiyasining Elektronika instituti va Fizika-texnika institutida shug'ullanishadi. Bundan tashqari fizikaning amaliy tatbiqi sifatida «Kibernetika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishi boshqaruvining usullari, modellari va yangi informatsion texnologiyalarni yaratish bilan shug'ullanadi. Koinot fizikasiga doir tadqiqotlar akademiyaning Astronomiya institutida olib boriladi. Siz kundalik turmushda choy qaynatmoqchi bo'lib, idishga suv solib, uni isita boshlasangiz, undan bug' chiqa boshlaganini ko'rasiz. Birozdan so'ng qaynaydi va qaramasangiz qurib qoladi. Qishda tashqarida qoldirilgan suv muzlab qoladi. Suv nima sababdan bug'lanib ketdi? Suv va muz tuzilishida qanday farqlar bor? Shu kabi savollar insoniyatni qadimdan qiziqtirib kelgan. Modda tuzilishi haqidagi ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.96 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:19
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.96 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:19 ]
Arxiv ichida: ppt