Fizika o'qitish metodikasi masalalari Reja: 1. Fizika dasturining ilmiy, nazariy va metodik tahlili 2. VI, VII, VII, IX sinflarda fizika o'qitish metodikasi Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti bo'yicha o'quv dasturida belgilab qo'yilgandik umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizika ta'limining VI sinfida o'quvchilarni tevarak atrofidagi fizik hodisalar, harakat va jismlarning o'zaro ta'siri, jismlarning muvozanati, oddiy mexanizmlar, modda tuzilishi, issiqlik hodisalari, issiqlik mashinalari, tovush hodisalari, yorug'lik hodisalari va ularning mohiyati xususida mantiqiy fikrlashda o'rgatish ijtimoiy hayotlari uchun zaruruy fizikaga oid bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishni ko'zda tutadi. Umuman VI sinfda boshlang'ich fizik tushunchalar va hodisalar singdirilishi va ta'limning uzluksizligi ta'minlanadi. Shundagina ta'limda oddiydan-murakkabga qarab ketma-ketlik saqlanadi va o'quvchilarning tushunish faoliyati ravshanlashib boradi. VII sinf fizika ta'limida Kinematika asoslari, Dinamika asoslari, Saqlanish qonunlari, Suyuqlik va gazlar mexanikasi asoslari, Tebranish va to'lqinlar bo'limlarini o'rganish ko'zda tutilgan. Mexanik harakatda: harakatning nisbiyligi, sanoq sistemasi, trayektoriya, yo'l ko'chish, oniy tezligi, tezlanish kabi tushgunchalardan kelib chiqib to'g'ri chiziqli tekis va tekis harakatlanuvchi, erkin tushish tezlanishi, fizik kattaliklarini tekis va tekis tezlanivchi harakat vaqtiga grafik bog'liqligi asosida yoritiladi. Tekis tezlanuvchan harakatlanayorgan jism tezlanishini aniqlashda shtativga qiya o'rnatilgan navda harakatlanayotgan metall sharga tekis tezlanuvchan harakatlanayapi deb qaraladi. O'sha metall sharchaning harakat vaqtini sekuntdametr yoki metronom, navning uzunligini esa o'lchov lentasi bilan o'lchab olingan qiymatlar formulaga qo'yib metall parchaning a tezlanishi aniqlanadi. VII sinf fizika ta'limida dinamika asoslari bo'limiga ko'p vaqt (22 soat) ajratilgan. Bunda mavzularning o'zlashtirib olish bilan birga uni noan'anaviy dars usullaridan foydalanib, testlar va masalalar yechish, hamda qisqa muddatli fizikaviy diktantlar o'tkazish bilan mustahkamlash uchun keng imkoniyat yaratilgan. Jismlarning o'zaro ta'siri mavzusini o'rganishdan maqsad - ma'lum darajada moddaning tuzulishi haqida o'quvchilarning VI sinf fizika ta'limida olgan ma'lumotlari kengaytiriladi: shu bilan birga kuch, massa, modda zichligi, energiya, og'irlik kuchi, taranglik kuchi, ishqalanish kuchi, reaksiya kuchi kabi fizik tushunchalar o'quvchilarga singdiriladi. Tortishish maydoni, Kosmik tezliklar, Yerning sun'iy yo'ldoshi mavzulari bo'yicha o'quvchilarning tasavvuri kehgaytiriladi. Birinchi jism ikkinchi jismga ta'sir etganda uning tezligini o'zgarishini sababi, kuchning ta'rifi, kuchi fizik kattalik, og'irlik kuchi kabi tushunchalar qiziqarli tajribalar bilan o'rganiladi. Kuchni o'lchovchi asbob dinomometr tushuntiriladi. Dinomometrning darajalanish bo'yicha laboratoriya ishi o'tkaziladi. Dinomometrni uyda yasash ucnun o'quvchilarga ko'rsatma beriladi. Prujina bikrligini va sirpanishi ishqalanish koeffitsentini aniqlash bo'yicha laboratoriya ishlari o'tkaziladi. Yuqoridagi mavzularga doir masalalar yechiladi. Kuch impulsi tushunchasi berishda gorizontal oyna ustiga po'lat sharcha qo'yib, uning ustidan kuchli magnit sekinroq o'tkaziladi (4-rasm). Sharcha joyidan qo'zg'aladi va magnit orqasidan harakatlanadi. S N 4-rasm Shuningdek, stol chetida turgan qog'oz varag'i ustiga suv to'ldirilgan stakon qo'yib, qog'ozni ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.97 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.97 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:19 ]
Arxiv ichida: doc