Fizika tarixining umumiy masalalari Fizika tarixining predmeti va metodi. Har qanday yangi fanni o'rganishdan maqsad birinchi navbatda fan nima haqidaligini to'g'ri va aniq tasavvur qilish, umuminsoniyat intellektual boyliklar o'rtasidagi uning o'rni qandayligini hamda uni izohlashda qanday metodlardan foydalanilganligini bilishdan iborat. Shundagina fanni o'rganish to'liq anglagan ko'rinishda o'tadi hamda olingan bilimlar sistemali qo'llanishi mumkin. Fizika tarixi - bu fanning umumiy bilimlarning ajralmas bir qismidir. Fanni o'rganish bilan birga uning tarixi ham o'rganilib borilsa: talabalarning tafakkuri, dunyoqarashi va o'rganilayotgan fanga munosabati o'zgaradi, fanning qonun qoidalarining ochilishi, ushbu qonunlarni ochishda ilmiy maktablarni, olimlarni, ijtimoyi talab va muhitning o'rni aniqlanadi, uning maqsadi oydinlashadi. Fanning tarixini o'rganish natijasida bu fanni ilmiy jihatdan chuqur o'zlashtirishga, unga qiziqish tuyg'usi qo'zg'atishga va ko'ngil qo'yishga olib keladi. Fizika tarixini o'rganishda fanining yetakchi olimlarini tutgan o'rni alohida e'tiborda bo'lsa, ularning kashf etgan qonunlari va yaratgan kashfiyotlarining mazmun va mohiyatlari talabalarning ongida ancha oydinlashishiga olib keladi. Bu yerda I. Nyutonning quyidagi so'zlarini eslash muhim ahamiyat kasb yetadi Agar men boshqalarga nisbatan uzoqni ko'ra olgan bo'lsam, buning sababi ,men buyuk kishilarning yelkalarida turganligim uchundir. Yevklid va Arximedlarsiz Nyuton, Nyutonsiz Eynshteyn yoki Bor,Xorazmiy va Forobiysiz Beruniy yoki Ibn Sino, Umar Xayyom va Umar Chag'moniysiz Ulug'bek, bularsiz Qozizoda Rumiy (zamonasining Aflotuni)yoki Ali qo'shchi (15 asrning Ptolomeyi) bo'lmas edi. YA'ni, har bir avlod o'zidan avval o'tganlar merosini o'rganib, ular qoldirgan ishlar zaminida fan va texnikaning kelgusi rivojini amalga oshiradi. Xar qanday bilimning rivojlanish jarayonini o'rganish alohida bir fan - tarix fanining asosiy masalasini belgilaydi. Shu jumladan Fizika tarixi , fan tarixining bir bo'lagini tashkil qilib, u fizika fanining rivojlanish jarayonini o'rganadi. Har qanday fanning asosiy vazifasi shu fan shug'ullanayotgan sohada amalda bo'lgan qonunlarni ochishdan iborat bo'lganligi kabi fizika tarixi fanining ham vazifasi fan rivojlanishini boshqaruvchi qonunlarni yaratishdan iborat. Yuzaki qaraganda bunday qonunlarning bo'lishi mumkin emasdek ko'rinadi. Oldindan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Arximed, Nyutonlarning dunyoga kelishini bilib bo'lmaydi, olimlar fikri va tafakkurini boshqarib bo'lmaydi. Tashqaridan bir ko'rishda fan tarixi buyuk daholarning nazorat qilib bo'lmaydigan faoliyatlari natijasiga o'xshab ketadi. Albatta ular faoliyatini tabiatda yuz beruvchi biror harakat qonunlariga o'xshash qolipdagi qonunlarga o'xshatib bo'lmaydi. Mubolag'asiz aytish mumkinki, fan bu insoning murakkab tafakkuri va ijodiy faoliyati maxsulidir. Biroq fan rivoji muhim o'rin tutuvchi ma'lum bir tarixiy sharoitlarda amalga oshadi. Bu narsani esa, albatta, ilmiy tahlil qilish mumkin. Tarixan ma'lumki ilm-fan rivoji iqtisodiy rivojlanish bosqichlariga bog'liq. Qaysi joyda ishlab chiqarish, sanoat, madaniyat rivojlanishi yuqori bo'lsa o'sha joyda fan rivojlanishi ham yuqori darajada bo'ladi. Bu fan atrofimizni o'rab olgan tabiat qonunlarini ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.89 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.89 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:20 ]
Arxiv ichida: doc