Fizika va kimyoda plazma

Fizika va kimyoda plazma

O'quvchilarga / Fizika
Fizika va kimyoda plazma - rasmi

Material tavsifi

Plazma Plazma lampasida elektronlar ionlar bilan birlashib, yuqori energiyali holatdan quyi energiyali holatga o'tadi va nurlanadi. Fizika va kimyoda plazma (yun. πλάσσω, plasso - shakl quyaman) atamasi ostida gazga o'xshash, zarrachalari ionlashgan modda holati tushuniladi. Gazni qizdirish uning atom yoki molekulalarini ionlantirib, plazmaga aylantirishi mumkin.[1] Issiqlikdan tashqari kuchli elektromagnit maydoni (lazer yoki mikroto'lqin) yordamida ham plazma hosil qilish mumkin. Plazma (yun. plasma - shakllangan) - to'liq yoki kisman ionlashgan va har bir elementar hajmdagi elektron va ionlarning yig'indi zaryadi nolga teng bo'lgan gaz. Suyuqlikning gaz holatiga o'tishi bug'lanish, qattiq jismning gaz holatigao'tishi sublimatsiya deb ataladi. Har qanday jism kuchli qizdirish natijasida gaz holatiga o'tadi. Agar temperatura yanada oshirilsa, issiqlik energiyasi ta'sirida molekulalarning ionlarga ajralish jarayoni boshlanadi. Gazning ionlanishi turli vositalar yordamida, mas, yoritish, elektronlar yoki boshqa zarralar bilan bombardimon qilish natijasida ham sodir bo'lishi mumkin. P. hajm birligidagi ionlashgan atomlar sonining shu hajm birligidagi barcha atomlar soniga nisbati P.ning ionlanish darajasi a deyiladi. a ning qiymatiga qarab zaif, kuchli va to'la ionlashgan P. bo'ladi. Kosmos va Yer sharoitlarida, hozirgi zamon texnikasida P. holatidagi modda g'oyat katta rol o'ynaydi. Gazlardan tok o'tish hodisalari, ya'ni gazlardagi razryadlar, yashin, uchqun, elektr yoyi kabi hodisalar P. bilan bog'liq. Yer atmosferasining yuqori qatlami Quyosh va boshqa kosmik omillar ta'sirida zaif ionlashgan P. bo'lib, ular quyosh shamoli ko'rinishida Yer magnitosferasi va ionosferasini tashkil qiladi. Quyosh va yuqori temperaturali yulduzlar to'la ionlashgan P.dan iborat. P. zichligi (1 sm dagi elektron yoki ionlar soni) quyidagi qiymatlarga ega bo'ladi: galaktik fazoda p ~ 10 , quyosh shamolida p ~ 10 , qattiq jismlarda p - 1O22. P. terminini fanga birinchi bo'lib amerikalik olimlar I.Lengmyur va L.Tonks kiritgan (1923). Umumiy holda P.ni tashkil etuvchi elektronlar, ionlar va neytral atomlarning o'rtacha kinetik energiyalari birbiridan farq qilishi mumkin. Bunday termodinamik muvozanatsiz holatdagi P.ga noizotermik P. deb ataladi. Mas, gaz razryadli P.da har bir elektronning o'rtacha kinetik energiyasi ionnikiga qaraganda unlab marotaba katta bo'ladi. P .ning muvozanatsiz holati razryad tokining energiyasi hisobiga saqlanib turishi mumkin. Ma'lumki, tashqi manba energiyasi asosan, elektronlar qabul qiladi. Elektron massasi ion yoki neytral zarra massasiga nisbatan bir necha ming marta kichik bo'lganligi sababli, to'qnashuvlar natijasida elektronlar energiyasining juda oz qismigina boshqa zarralarga o'tishi mumkin. Elektronlar energiyasining kamayishi tashqi manba energiyasi hisobiga to'ldirila boradi. Shunday qilib, elektronlar, ionlar va neytral zarralarning har qaysisi o'ziga xos o'rtacha kinetik energiyaga, demak temperaturaga ega. Elektronlar temperaturasi Te, ionlar temperaturasi T: va neytral zarralar temperaturasi To orqali belgilanadi. Odatda Toga nisbatan T, kattaroq. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 968.4 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 968.4 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga