Fizika va uning metodlari haqida Reja. 1.Kirish. 2.Fizika fani to'g'risida. 3.Fizikaning boshqa fanlar bilan munosabati. Kirish. hozirgi zamonda fan jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlaridan biriga aylanib qoldi; fizika fanining texnika va texnologiyaning rivojlanishiga ta'siri nixoyatda katta; fizika bazan davr taraqqiyotini belgilaydi (Elektr, elektromagnit tklkinlar, atom va yadro fizikasining jamiyat taraqqiyotiga ta'sirini eslash kifoya). Garchi fizika fani yangi texnika va texnologiyalarni asosini tashkil etsa-da, fizik tabiatning go'zalligini, maftunkorligini ko'rishga intiladi. Fizika metodlari haqida. Fizika so'zi yunoncha bo'lib, tabiat degan manoni anglatadi. Tabiatning go'zalligi inson aqli, idroki bilan yaratilgan har qanday go'zallikdan ham go'zalrokdir. Fizika - hozirgi vaqtda shunday muxtasham kasrki, uni kkrgan insonlarning tafakkuriga, ijodiga lol koladi kishi. Olam nixoyatda rang-barang, go'zal; bizning tasavvurimizda u nixoyatda katta va murakkab. Olam - oddiy va murakkab jarayonlar sodir bo'ladigan saxnadir. Shu jarayonlarni va ularni boshqaruvchi kuchlarni o'rganish, tabiat nima uchun xuddi shunday ekanligini, boshqacha emasligini bilish fanning, jumladan fizika fanining asosiy maqsadidir. Olimlarning Olamni bilishdagi yutuklaridan misollar: Olamning tug'ilganiga taxminan 20 mlrd. yil bo'ldi; uning klchami R= 1028 sm; massasi M=1056 g tartibda; Olamdagi proton va neytronlar soni 1080 ta atrofida; quyosh uchun esa bu son 1057 ta; Yerda esa - 1051 ta atrofida; Olamning massasi 1023 ta quyosh massasiga teng. Olamda quyosh massasidan 100 martadan ortikrok yoki 100 martadan kichikrok massali yulduzlar ham mavjud. hayot - Olamdagi eng murakkab, noyob hodisadir. Odam organizmida 1016 ga tartibda hujayralar bor; uning har birida 1012-1014 tadan atomlar bor. Odamdagi atomlar soni 1028-1030 ta atrofida. har qanday tirik organizmning (odam organizmi, hayvonot yoki o'simlik dunyosi vakilining organizmi) hujayrasida DNK molekulalar tizimi mujassamlangan bo'lib, u butun organizmdagi genetik informatsiyani tashkil etadi. har bir DNK molekula 108-1010 ta atomlardan iborat. Bu atomlarning va DNK molekulalarning bir-biriga nisbatan o'zaro joylashishlari har xil organizmda har xil bo'ladi. Shunday qilib, Olam va undagi jarayonlar murakkab bo'lsa-da, ulardagi bir qancha asosiy va muhim qonunlar olimlar tomonidan kashf etilgan. Bu qonunlarni tabiiy fanlar, jumladan fizikaning mexanika, elektrodinamika, optika, nisbiylik nazariyasi, kvant mexanika, molekulyar fizika va termodinamika va boshqa bo'limlarida krganiladi. Tabiiy fanlar orasida fizika yetakchi o'rinni egallashga davo qiladi: u Olamning paydo bo'lishidan to oxirigacha bilishni, o'rganishni davo qiladi, Shunday qilib, Fizika Olamiga kiramiz. Mexanikada: harakat va uning mohiyati; moddiy nuqta va uning harakati, sanoq sistemalar, harakat qonunlari; gravitatsiya maydoni va uning manbai; elektrodinamikada (elektr,magnetizm, optika): elektromagnit hodisalar, ularning sodir kiladigan manbalar (elektr zaryadlar va ularning harakati - elektr toklar); katta tezlikli zarralar harakati qonunlari ( relyativistik mexanika); kichik klchamli zarralar (mikroobyektlar) va ularning ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.3 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.3 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:20 ]
Arxiv ichida: doc