Fizikadan demonstrasiya o'tkazish

Fizikadan demonstrasiya o'tkazish

O'quvchilarga / Fizika
Fizikadan demonstrasiya o'tkazish - rasmi

Material tavsifi

Fizikadan demonstrasiya o'tkazish Reja: Fizikadan demonstrasiya o'tkazishga bo'lgan didaktik talablar. Demonstrasiya o'tkazishda fizika xonasining roli. Demonstrasiya o'tkazishda texnika xavfsizligini ta'minlash. Umumiy o'rta ta'lim maktabida fizika ta'limi oldiga qo'yilgan vazifalarning bajarilishi ta'minlash va nazorat qilish maqsadida nazariy bilimlar berish, fizik namoyish (demonstrasiya)lar, laboratoriya ishlarini bajarish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun maktab fizika xonasi o'quv asboblari va qurilmalari bilan jihozlanadi. Fizikadan standartda belgilangan minumum bilimlarga erishish uchun maktablarda asbob va qurilmalar bo'lishi zarur. Asbob va qurilmalar ro'yxati «Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti va o'quv dasturining fizika bo'yicha ajratilgan 58-betida berilgan» Fizikadan demonstrasiya o'tkazishga bo'lgan didaktik talablar quyidagilar hisoblanadi: ko'rsatmalilik, shu jumladan kishi sezgi organlarining ajrata olish qobiliyatlariga mos kelishi, avvali tajribalar asosida asbob va qurilmalarning tuzilishi va ishlash jarayonini ta'minlaydigan soddadil, xavfsizlik, ya'ni mehnatni muhofaza qilish normalariga mos kelishi, ishonchlik ya'ni tajribani bir necha marta takrorlanganda kutilgan natijani olishga ishonch, takrorlash va tushuntirishning zarurligi, vaqt jihatidan chegaralanganligini pasaytirish (shu talablarga rioya qilinmasa) olib keladi. Sinfda har bir o'quvchiga asbob yoki qurilmaning va ular struktura elementlarini ko'rishga imkon beradigan ko'rsatmalilikni ta'minlash maqsadida quyidagilar zarur: -demonstrasiya stol yuqoriroq o'rnatilishi, o'quvchilar diqqatini jalb qiladigan hamma ortiqcha narsalar olib qo'yilishi. -yetarli o'lchamlarga ega bo'lgan maxsus o'quv asboblari qo'llanishi zarur -asbobning tuzilishini, shuningdek ko'rsatilayotgan tajribani, hodisani tushunishni yaxshiroq taqsimlash maqsadida detallarni ekranga proyeksiyalashni qo'llanishi. Demonstrasion tajribalarning sodda bo'lishini talab qilish fizikani o'rganishda moslik prinsipiga mos keladi. Eksperimental qurilmalarga ko'rsatiladigan hodisa va jarayonlar o'quvchilarga tushunarli bo'lishi kerak. Demonstrasion tajribalarni, masalan, mexanikani qo'yish metodikasi va texnikasi elektr o'lchov asboblarining, magnit va elektromagnit induksiya hodisalarini o'zaro ta'sirlarining qo'llanishiga tayanadi. Tajribalar qo'yishning xavfsizligi fizika xonasida texnika xavfsizligi bo'yicha qoidalarga rioya qilish bilan ta'minlanadi. Bu yerda elektr qurilmalari tok manbaiga vaqtda texnika xavfsizligiga rioya qilish va o'qituvchi hamda o'quvchilarning shikastlanmaslik choralarini ko'rish muhimdir. Demonstrasion tajribalarning ishonchli bo'lishi deganda o'qituvchi namoyish qiladigan har bir tajribaning yaxshi chiqishi tushuniladi. Kuzatish shuni ko'rsatadiki, agar o'qituvchining tajribasi yaxshi chiqmasa, u o'quvchilar oldida o'z obro'sini yo'qitib qo'yadi. tajribalar yaxshi chiqmasligining sabablari turli-tumandir. Bularning eng asosiysi-bu oldindan tekshirib qo'ymaslik asbobning buzuqligi tajribani qo'yishda pala-partishlik yoki qonunni aniq takrorlashga harakat qiladi. Yirik pedagog va maktab fizika eksperimentining ustalaridan biri «tajribaning muvofaqqiyati, albatta, birinchi bo'lishi kerak. Agar tajriba chiqmasa «tabiat ovozi» o'rniga o'qituvchining ovozi eshitilsa, bunday tajribalardan yomon narsa yo'q. U holda tajriba o'ziga va yengib bo'lmaydigan ishonchsizlikni, zerikishni va hatto nafratni vujudga keltiradi.» degan edi. Demonstrasion tajribalar albatta yaxshi tushuntirish bilan birga olib borilishi kerak. Chunki hissiy qabul qilishga kafolat berolmaydi. Kuzatish jarayonida o'g'uvchilar predmet yoki hodisaning muhim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.52 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.52 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga