Fizikadan masalalar yechish

Fizikadan masalalar yechish

O'quvchilarga / Fizika
Fizikadan masalalar yechish - rasmi

Material tavsifi

Fizikadan masalalar yechish Reja: O'qitishda fizik masalalarning ahamiyati Masalalarni sinflarga bo'lish Sifat masalalar Hisoblash (miqdoriy) masalalar Grafik masalalar, eksperimental masalalar Umumiy o'rta ta'lim standarti UO'T nihoyasida o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarining minemal darajasini belgilab beradi. Har bir sinf yakunida o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar ta'lim predmetlari bo'yicha ishlab chiqilgan o'quv dasturlarida o'z aksini topgan. Shuning uchun o'quvchilar fizika asoslariga oid quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashi ko'rsatib o'tilgan, ya'ni fizikadan masalalarni mustaqil ishlash, fizik hodisalarni kuzatish va ularni tushuntirabilish, ko'nikmalarni shakllantirish kerak. O'quvchilarni fizikadan masalalar yechishga yo'naltirishni biz fizika fanining 6-sinf 1-soatidan boshlashimiz kerak. Har bir mavzuni o'rganishda masalalar yechishni ham to'g'ri rejalashtirsh lozim. Masalalar tanlangan metodikaga mos keladigan aniq sistemani tashkil etish va o'qitishning ma'lum maqsadga javob berishi kerak. Masalalar tanlashga ko'rsatilgan didaktik talabdan tashqari har bir masalani tanlashda o'qituvchi mo'ljallagan maqsadni amalga oshirish ahamiyatga ega. Masalalar yechishni analitik va sintetik metodlari mavjud. Masalalar yechishning analitik metodi murakkab masalani bir qator oddiy (analiz) masalalarga ajratishdan iborat bo'lib, shu bilan birga masalani yechish masalada qo'yilgan savolga bevosita javob beradigan qonuniyatni tanishdan boshlanadi. Natijaviy hisoblash formulasi xususiy qonuniyatlarni sintez qilish orqali hosil qilanadi. Bu metodga quyidagi masalanai misol keltiramiz. Massasi 280 kg bo'lgan lift shaxtaga tekis tezlanuvchan harakatlanib tushadi. U birinchi 10 s ichida 35 m yo'lni bosib o'tadi. Kabina osilgan qanot (ip) ning tarangligini toping? Masalada gap ketayotgan hodisani tahlil qilamiz. Kabina qandaydir a tezlanish bilan pastga tushadi. Kabinaga qanotning cho'zilish kuchi, ya'ni F el.kuchi (F el) va og'irlik kuchi (F og')ta'sir qiladi. Shu kuchlar kabinaga tezlanish beradi. Fel+Fog'q ma, bunda F elqma-Fog' (1) da vektor ko'rishida skalyar shaklga o'tish uchun sanoq sistemasini tanlaymiz. U holda Felq-ma-(-Fog')qFog'-ma (2) Endi kabina tezlashishini aniqlash masalasi paydo bo'ladi. Uni ko'chishini bilgan holda aniqlaymiz. Sqat22 yoki aq2st2 yoki Fog'qmg Natijalarni topilgan qiymatlarini (2) ga qo'yiladi (sintez qilinadi:) Felqmg-m·2st2 yoki Felqm(g-2st2)q280 kg(9,8 mc2-2·40 F 100)q ≈2520 N Sintetik metodda masalani yechish topilishi kerak bo'lgan kattalikdan boshlanmasdan, masala shartidan bevosita topilishi mumkin bo'lgan kattaliklardan boshlanadi. Oxirgi formulaga izlanayotgan kattalik kirmaguncha, masalani yechish asta sekin tarmoqlanib boradi. Yuqoridagi masalani shu usulda yechish uchun lift tezlanishini hisoblashdan boshlanadi, shundan keyin esa unga tezlanish beradigan kuchlar hisoblanadi. Bu kuchlar kanatning taranglik kuchidan va liftning og'irlik kuchidan iborat bo'ladi. Shundan keyin kanatning taranglik kuchi uchun ifoda hosil qilanida va unga hamma oraliqda topilgan kattaliklar qo'yiladi. Didaktik maqsadlarga ko'ra masalalarni turli sinflarga ajratish mumkin. Sodda masalalar Qiyinroq masalalar Masala shartida, darslikda va darsda ko'rib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.87 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.87 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga