Fizikaning ba'zi bir muhim sohalarini rivojlanish tarixi. Elektronning tug'ilishi

Fizikaning ba'zi bir muhim sohalarini rivojlanish tarixi. Elektronning tug'ilishi

O'quvchilarga / Fizika
Fizikaning ba'zi bir muhim sohalarini rivojlanish tarixi. Elektronning tug'ilishi - rasmi

Material tavsifi

Fizikaning ba'zi bir muhim sohalarini rivojlanish tarixi. Elektronning tug'ilishi Reja: Elektr tushunchalarining tarixi Elektronning kashf qilinishining ahamiyati Kvant nazariyasining yaratilishi Rezerford tajribalari va atomning planetar modeli Tomsonning atom modeli Nurlanish kvantlarining tarixi Elementar zarrachalar tarixi Elektr tushunchalarining tarixi. Olimlar elektr hodisalarini o'rganishda uning xususiyatlari moddaning elektr miqdoriga bog'likligini aniqlashdi. Bu miqdor diskret bo'lishi va qandaydir elementar qisimlardan tashkil etilishi haqidagi fikr XVII asrdayoq (B.Franklin, V.Veber,O.Mossoti, G.Devi va boshqalarning ilmiy ishlarida) hamda XIX asrning boshlarida o'sha davr olimlari orasida mavjud edi. Dar haqiqat, Demokrit davridan buyon moddaning atomlardan tuzilganligiga (moddaning massasi kichik elementar bo'laklar (atomlar) dan iborat) shubha yo'q edi. Lekin olimlar orasida nima uchun o'z navbatida atom ham qandaydir strukturaga ega bo'lishi keraligi haqidagi fikrlar paydo bo'la boshladi.M.Faradey tomonidan tajribada o'rganilgan va isbotlangan elektroliz miqdoriy qonunining ochilishi yuqoridagi fikrlarning rivojlanishiga, shu yo'nalishda izlanishlar, tadqiqotlar olib borishga katta turtki bo'ldi va asos bo'lib xizmat qildi. 1881yilda bu qonunning tahlili natijasida elektr eng kichik elementar zaryadlarga ega bo'lgan zarralardan tashkil topgan degan fikrni bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda nemets olimi Genrix Rudolf Gelmgols (1857-1894) va ingliz olimi Dj.Stonilar e'lon qiladi (Bunga qadar Dj.Stoni 1874 yil ilk bor o'zining ilmiy ma'ruzasida ham bayon etib o'tgan). Ushbu g'oya ilm-fanda o'zining barqaror o'rnini egalladi. Oradan o'n yil o'tgach (1891 yil) Dj.Stoni bu elementar zaryad miqdorini «elektron» deb nomalashni hamda atomni aslida bir qancha elektron va unga qarama-qarshi bo'lgan boshqa qisimlardan tashkil topgan struktura deb qarashni taklif etdi. 1897 yilga kelib Buyuk Britaniyaning Kembridj universitetidagi Kavendish laboratoriyasida E.Vixert va Dj.Tomsonlarning katod nurlarini o'rganish metodi asosida tajribada elektron kashf qilindi. Tomsonning o'zi tajribadagi katod nurlarini tashkil qilgan zarrani korpuskula, uning zaryad miqdorini esa elektron deb nomladi. Keyinchalik ham zarra ham uning zaryadi elektron deb atala boshlandi. 1996 yilda J.J.Tomsonga Elektronni kashf qilgani uchun Nobel mukofoti berildi. Elektronning kashf qilinishining ahamiyati! Elektronning ochilishi hamda uning unikal xussusiyatlarini o'rganishi atom tuzilishini to'g'ri tushunishga, kelajakda intesiv izlanishlar va tadqiqotlarni olib borishga ochilishiga turtki bo'ldi. Modda tomonidan elektromagnit energiyasini yutiish va chiqarilish jarayonlari atomning xatti-harakatiga bog'liqligi ko'rindi. Kimyoviy elementlarning bir-biriga o'xshashligi va farqi, ularning kimyoviy aktivligi va farqi haqidagi aniq tasavvurlar paydo bo'ldi. Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasining ichki mazmuni yoritildi, turli- xil barcha jismlarda kimyoviy holati oydinlashtirildi. Yaynan elektronning hal qiluvchi harakati bilan bog'liq bo'lgan mutlaqo yangi asbob uskunalar paydo bo'ldi. Materiyaning tabiatiga nisbatan ilmiy tasavvurlar o'zgardi. 1897 yilda elektron - turg'un manfiy elektr zaryadga ega bo'lgan elementar zarra sifatida eksperimentda aniqlandi va shundan keyin fanda yangi atom fizika erasi boshlandi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 81.27 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 81.27 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga