Fizikaning optika bo'limini o'qitish haqida

Fizikaning optika bo'limini o'qitish haqida

O'quvchilarga / Fizika
Fizikaning optika bo'limini o'qitish haqida - rasmi

Material tavsifi

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizikaning optika bo'limini o'qitish haqida R.YuSUPOV (TDPU) Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalaridan kelib chikib,akademik litseylarda fizika fanini chuqurlashtirib o'qitishdan maqsad fizika-matematika yo'nalishlarida iktidorli o'quvchilarni fizikaviy qobiliyatlarini yuqori bo'lishini ta'minlash, fundamental fizik bilimlar berishdan iboratdir. Bu maqsadlarni amalga oshirishda o'quv rejasida fizika fanining ilm-texnika taraqqiyotining hozirgi zamon darajasiga mos o'rnini belgilash, mukammal o'quv dasturi va unga muvofik darslik, o'quv qo'llanmalar yaratish lozimligi mukarrardir. ¥ozirgi vaqtda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizikaning optika bo'limini o'qitishda bazi bir qiyinchiliklar mavjud; birinchidan, akademik litsey va kasb- hunar kollejlari uchun o'quv dasturi yaratilgan, lekin uni xali mukammal deb bulmaydi, ikkinchidan dasturlar va darsliklar ta'lim yo'nalishiga karab differensiallashgan bo'lishi kerak. Akadem litsey va kasb-hunar kollejlariga mo'ljallangan fizika fani dasturida Optika bo'limi quyidagi mazmunda ukitilishi maqsadga muvofik bo'ladi deb uylaymiz: 1) yorug'lik manbai turlari (tabiiy va sun'iy); 2) yorug'lik energiyaning turi ekanligi haqida; 3) yorug'lik tufayli tashqi olamni kuramiz va urganamiz; 4) tashqi olamning ko'rinishi, yorug'lik qonunlarining kuzimiz xususiyatiga bog'liqligi; 5) Tabiat qonunlarini chuqur va keng o'rganishda kuzning kamchiliklardan xoli bo'lgan asboblardan foydalanish; 6) yorug'likning texnikadagi va modda tuzilishini o'rganishdagi ahamiyati; 7) yorug'lik o'simlik va tirik mavjudot yashashining asosiy sharti haqida tushunchalar berish. yuqorida keltirilgan maqsadni yoritishda Optika bo'limi quyidagi kismlardan iborat bo'lishini taklif qilish mumkin: Fotometriya asoslari; Geometrik optika; to'lqin optikasi; yorug'lik dispersiyasi; yorug'likning yutilishi va sochilishi; yorug'likning kvant nazariyasi. Bu kismlarni yoritishda uchta asosiy tushunchadan foydalaniladi. Birinchisi, yorug'likning nur sifatida tarqalishi, ikkinchisi, yoruІlikning to'lqin shaklida tarqalishi, uchinchisi, yoruІlikning foton shaklida tarqalishi. Bu uchta tushunchalar bir-birini tuldiradi. Ularning kaysi biridan foydalanish urganilayotgan hodisa yoki tajribaga bog'liq. maqsad hodisani sodda va oson tushuntirish, soddadan murakkabga karab borish prinsipiga amal qilishimiz kerak. yorug'likning nur tushunchasida, uning tuzilishi, shakli, tarqalish tezligi etiborga olinmaydi, to'lqin tushunchasi bu kamchiliklardan xoli. Ammo yorug'likning to'lqin xususiyati yordamida absolyut kora jism nurlanishi, fotoeffekt, yorug'lik spektrlarining hosil bo'lishi kabi fizik hodisalarni tushuntirishda muammolar mavjud. yuqoridagi hodisalarni tushuntirishda foton tushunchasidan foydalaniladi, yani yorug'likning dualizmiga alohida etibor beriladi. Optikani bo'limini o'qitishda avvalgi fizika bo'limlariga boglab, ularning o'xshash joylaridan foydalanish maqsadga muvofik bulardi. Masalan: mexanikada moddiy nuqta, elektrostatikada sinov zaryadi kabi, optikada nuqtaviy manba tushunchasi kiritiladi. Shu bilan birgalikda, yangi-yangi - to'lqin fronti, to'lqin sirti kabi tushunchalar shakllantiriladi. Bu tushunchalar asosida yorug'lik manbalarining bir-biridan farqiga etibor karatiladi. Optika bo'limini o'qitishda fizikaning boshqa bo'limlaridan farqlirok, bir optik hodisani bir necha usullar bilan tushuntirish mumkin. Masalan, yorug'likning ikki muhit chegarasida kaytishi va sinishi, yorug'likning ikkilanib sinishi, yorug'likning dispersiyasi kabi hodisalar bunga misol bo'ladi. yorug'likning ikki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.1 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.1 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga