Fizikaviy o'lchashlar Reja: 1. Asosiy tushunchalar va ta'riflar 2. O'lchashlarni tashkil etish va rejalashtirish 3. O'lchash xatoliklari 4. Sistematik xatoliklar hamda ularning kelib chiqish sabablarini topish va yo'qotish usullari 5. Modifikatsiyalangan kichik kvadratlar usuli Asosiy tushunchalar va ta'riflar Davlat standarti bo'yicha fizikaviy kattalikning ta'rifi quyidagicha: fizikaviy kattalik sifat ko'rsatkichi bo'yicha ko'p obyektlar uchun umumiy, miqdor ko'rsatkichi bo'yicha har bir obyekt uchun individual xossadir. O'lchashlarning asosiy vazifasi - fizikaviy kattaliklarning qiymati haqidagi informatsiyani shu kattalik uchun qabul qilingan birliklarda ifodalab olish. Fizikaviy kattalik birligi - bu fizikaviy kattalikning ta'rif bo'yicha son jihatidan birga teng deb olingan qiymati. Fizikaviy kattalikning haqiqiy qiymati ishi - obyektni son va sifat jihatidan ideal ravishda tavsiflaydi. O'lchashlar natijalari fizikaviy kattalik haqida qandaydir xatolik bilan ma'lumot beradi. Fizikaviy kattaliklar bir necha belgilar orqali sinflanadi va o'z navbatida fizikaviy kattaliklar bir nechta sinflar bilan ajratiladi. O'lchov informatsiyasi signaliga nisbatan fizikaviy kattaliklar passiv va aktivlarga bo'linadi. Aktiv kattaliklar hech qanday yordamchi energiya manbaisiz o'lchov signaliga aylantiriladi va ishlatiladi. O'lchanayotgan fizikaviy kattalik bilan u haqidagi informatsiya signali o'zaro funksional bog'langan. Bunday kattaliklarga tok kuchi, kuchlanish, temperatura, kuch va boshqalar kiradi. Passiv kattaliklarni (elektr qarshilik, induktivlik, massa va hokazo) o'lchash uchun yordamchi energiya manbai kerak. Manba yordamida o'lchov informatsiyasi hosil qilinadi, yani o'lchanayotgan passiv kattaliklar aktiv kattaliklarga aylantirib olinib o'lchanadi. Passiv kattaliklarning aniq mezonlari mavjud bo'lsa ham (sig'im, aktiv qarshilik va hokazo) o'lchanayotgan passiv kattalikni o'lchov birligi bilan taqqoslashning iloji yo'q. Elektr zanjirlari parametrlarini o'lchash uchun zanjir orqali elektr toki o'tkaziladi, o'lchanayotgan parametr bilan funksional bog'liq bo'lgan tok va kuchlanish tushishi o'lchanadi. Jismning massasi aniqlanayotganda unga proportsional, yerning gravitatsiya maydonining jismga ta'sir qilayotgan kuchi va qiymati malum boshqa kuch o'zaro taqqoslanadi. Fizikaviy kattaliklar additivlik belgisi orqali additiv (ekstensiv) va noadditiv (intensiv) kattaliklarga bo'linadi. Additiv kattaliklar odatda obyektning fizik yoki energetik xossalariga taalluqli bo'ladi. Bularga qo'shish va ayrish amallari qo'llaniladi. Bunday kattaliklarni (uzunlik, massa, kuch, vaqt, tok kuchi, elektr yurituvchi kuch (EYuK), tezlik va hoka'zolarni) bo'laklab o'lchash mumkin. Ularni ko'p qiymatli mezon yordamida alohida mezonlarni qo'shish yo'li bilan baholash mumkin. Masalan, toklar bir nechta simlar orqali bir tugunga yig'ilsa qo'shiladi; qarshiliklar ketma-ket, o'tkazuvchanlik esa parallel tutashganda qo'shiladi (rezistorlar, quvurlar va hokazo); obyektning massasi esa obyektni tashkil etuvchi bo'laklar yig'indisiga teng. Noadditiv kattaliklarga, masalan, solishtirma elektr o'tkazuvchanlik, magnit kirituvchanlik, zichlik, yopishqoqlik kabi kattaliklar kiradi. Bunday kattaliklarni to'g'ridan - to'g'ri o'lchash imkoniyati yo'q. Shuning uchun ular boshqa kattaliklarga o'zgartiriladi yoki bilvosita o'lchash usuli orqali o'lchanadi. Noadditiv kattaliklarni tiklash, baholashda bir necha qiyinchiliklar mavjud. Bu ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.85 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.85 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:21 ]
Arxiv ichida: doc