Flavanoidlar tuzilishini UB va I+ spektrlar yordamida o'rganish

Flavanoidlar tuzilishini UB va I+ spektrlar yordamida o'rganish

O'quvchilarga / Fizika
Flavanoidlar tuzilishini UB va I+ spektrlar yordamida o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Flavanoidlar tuzilishini UB va I+-spektrlar yordamida o'rganish Reja: 1. Flavanoidlarning PMR va mass-spektrlari 2. Steroidlarning fazoviy tuzilishi va I+ spektrlari Flavanoidlar ko'p tarqalgan tabiiy fenolli birikmalar guruhiga mansub bo'lib ularning umumiy tuzilishi tarkibi S6 -S 3-S 6 dan iborat. Buning manosi shundan iboratki, ikkita fenol halqasi uchta uglerod tutgan halqali bo'lak bilan o'zaro birikkan bo'ladi. Uchta uglerod tutgan o'rtadagi halqa -piran yoki -piron bo'lishi mumkin va ayrim hollarda alifatik propan qoldig'idan tashkil topgan bo'ladi. Piran halqasi bir tomondan benzol halqasi bilan kondensirlangan bo'lib, boshqa fenil halqasi 2- yoki 3-holatga birikkan bo'ladi. Shunday qilib, flavanoidli birikmalarning umumiy tuzilishini benzo--piron yoki -piranlarning hosilalari sifatida ifodalash mumkin. Birinchi benzol halqasini A, yon tomondagisini V, geterohalqani S harfi bilan belgilab holatlarni raqamlar orqali belgilash geterohalqaning kislorod atomida boshlanib soat strelkasi yo'nalishi bo'yicha olib boriladi, V halqani esa mustaqil raqam bilan belgilanadi. Flavanoidlarni sinflarga ajratishda propan bo'lagining oksidlash darajasi asos qilib olinadi. Flavanoidlar molekulasidagi V halqa 2-holat bo'yicha S ga birikkan bo'lsa flavanoidlar, agar 3-holatga biriksa izoflavanoidlar deb nomlanadi. Flavanoidlarning sinflari: flavanlar, flavanollar, leykoantotsianidlar, antotsianidinlar, flavonlar, flavanonlar va xalqonlar. Flavanoid birikmalarining ko'pligining sabablaridan biri ularning molekulasidagi gidroqsil guruhlar soni va ular halqaning qaysi joyida joylashishi bilan farq qilishidir. Nazariy jihatdan ularning molekulasida 10 tagacha ON guruh bo'lishi mumkin, ammo hozirgacha 8 tagacha ON guruhi bo'lganlari o'simliklardan ajratib olingan, bundan tashqari bu gidroqsillar metillashgan yoki metoqsillashgan holatlarda ham bo'lishi mumkin. Flavanoidlar o'simliklarda katexinlar va leykoantotsianidlar qatoridan tashqari glyukozidlar holatida ham bo'lishi mumkin, yani uglevod qoldig'i halqaning istalgan holatiga bog'langan bo'ladi. +and bo'laklari mono-, di-, triozidlar shaklida bo'lishi mumkin. Flavanoidlar tarkibida xromofor guruhlar mavjud bo'lgani uchun avvalo UB spektroskopiya yordamida kerakli ma'lumotlar olish mumkin. Flavanoidlar sinflari 220-650 nm oralig'ida yutilish hosil qilib, bu sohada 2 ta maksimum beradi, 1-maksimum qisqa to'lqinli sohada 220-300 nm oralig'ida, 2-maksimum 300 nm dan katta bo'lgan sohada namoyon bo'ladi. Flavanoidlarning asosiy sinflari quyidagi sohalarda maksimumlar sodir qiladi: Asosiy maksimumlar va uzoq to'lqin uzunligi sohasidagi maksimumlar orasidagi farq ularning sinflarida unchalik katta qiymat emas, masalan, flavanollar uchun 100-125 nm, flavonlar uchun esa 70-97 nm. Maksimumlar intensivliklarining nisbatlari ham ahamiyatlidir. Flavonlar UB spektrida ikkala maksimumlar intensivligi deyarli bir xil, ammo izoflavonlarda 2-maksimum intensivligi 1-maksimumning 10-20% ni tashkil etadi (2a,b-rasm). 2-rasm. Flavonlar va izoflavonlarning UB spektrlari. halqada gidroqsil guruhlarning borligi maksimumlarni bataxrom siljishga, metilli, atsetilli va glyukozid bog'larning borligi esa ikkala maksimumni gipsoxrom siljishga olib keladi. Molekuladagi gidroqsil guruhining o'rnini aniqlash uchun xromofor guruhlarga ta'sir etadigan turli xil reagentlardan foydalaniladi. Flvanoidlarning hamma gidroqsil guruhlari natriy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 140.13 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 140.13 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga