Fosforli o'g'itlar. Fosforning o'simliklar oziqlanishidagi roli. Fosforli o'g'itlarning turlari

Fosforli o'g'itlar. Fosforning o'simliklar oziqlanishidagi roli. Fosforli o'g'itlarning turlari

O'quvchilarga / Fizika
Fosforli o'g'itlar. Fosforning o'simliklar oziqlanishidagi roli. Fosforli o'g'itlarning turlari - rasmi

Material tavsifi

Fosforli o'g'itlar. Fosforning o'simliklar oziqlanishidagi roli. Fosforli o'g'itlarning turlari Reja: Fosforning o'simliklar oziqlanishidagi roli. o'simliklar uchun fosfor birikmalari. tuproq tarkibidagi fosfor birikmalari. Fosforli o'g'itlarning o'simliklar o'sishi, rivojlanishi, hosili va uning sifatiga taxsiri. Fosforli o'g'itlarning turlari, yillik me'yorlari va yerga solish muddatlari. Tayanch iboralar o'z-o'zini tekshirish uchun savollar Foydalanilgan adabiyotlar Fosforning o'simliklar oziqlanishidagi roli Fosfor xam azot singari o'simliklarning oziqlanishida eng muhim elementlardan biridir. o'simliklar fosforni asosan ortofosfat kislotaning anianolari xolida uzlashtiradi. Ular fosforni metafosfat va pirofosfat kislota tuzlaridan, ular gidrolizlangandan sung uzlashtirishi, shuningdek bazi organik fosfatlarning fitin glyukoza fosfatlarning fosforini xam uzlashtirishi mumkin. Uch asosli kislota bo'lgan ortafosfat kislota rN 7-8 da va undan pastda dissotsiyalanaib, bitta yoki 2 ta vodorod ajratib chikaradi va ortafosfat kislota koldigi anionlarini hosil qiladi. Mineral fosfatlar o'simliklarning to'qimalarida oz miqdorda bo'ladi, lekin ular hujayra shirsi bufer sistemasining vujudga kelishida muhim rol uynaydi va fosforli organik birikmalar hosil qilish uchun zaxira bo'lib xizmat qiladi. o'simliklarda fosforning organik birikmalaridan nuklein kislotalar, azotli asoslar, uglevodlarning molekulalari va fosfat kislotadan tarkib topgan murakkab yuqori molekulyar moddalar eng muhim rol uynaydi. Ular organizmlar hayot faoliyatining eng muhim jarayonlarida oqsil sintezida o'sish, kupayish, irsiy xususiyatlarning nasldan-naslga utishida ishtirok etadi. Nuklein kislotalar oqsillar bilan kompleks hujayralarning tsitoplazmasi va yadrosini ko'rishda ishtirok etadigan nukleotidlarni hosil qiladi. Fosfor fosfidlar yoki fosfolipidlar tarkibiga kiradi. Ular oqsil lipidli hujayra membranalarini hosil qiladi. Ularning turli moddalarni o'tkazishini tartibga solib turadi. o'simliklardagi fosforning azotningchagina miqdori fitin yani uruglarni zapas moddasi tarkibiga kiradi. Bu modda o'simlikning o'sish, fosfor elementining manbai sifatida foydalaniladi. o'simliklar to'qimalaridagi fosfor organik birikmalarning muhim guruhi saxarofosfatlar bo'lib ular fotosintez jarayonida uglevodlarni sintez bo'lishida va parchalanishida muhim ahamiyatga ega. o'simliklarning hujayralarida fosfor energiya almashinuvida turli xil moddalar almashinish jarayonida nixoyatda muhim rol uynaydi. Fosfor uglevod va azot almashinishida fotosintez, nafash olish, achish, bijgish jarayonlarida faol ishtirok etadi. o'simliklarda uglevodlarning turli tuman o'zgarishlari uglevodlar molekulalariga fosfat kislotaning birikishidan yoki uning ajralib chiqishidan, yani ularning fosforlanishi va defosforlanishidan boshlanadi. Sintetik jarayonlarning amalga oshishi uchun energiyaga boy fosforli birikmalar ayniqsa katta ahamiyatga ega. Ular orasida ATF asosiy rol uynaydi. ATF nafas olish jarayonida ajralib chikadigan fotosintezda tuplanadigan asosiy energiya aktseptori va turli xil sintetik jarayonlarning amalga oshishi uchun asosiy energiya ta'minotchisi hisoblanadi. Uglevod almashishida fosfor katta rol uynagani sababli fosforli o'g'itlar kand lavlagida shakar tuplanishiga, kartoshka tuganaklarida kraxmal tuplanishiga va boshqa jarayonlarga ijobiy taxsir qiladi. Fosfor o'simliklarda azotli moddalar almashinuvida xam muhim rol uynaydi. o'simliklarning azotli va fosforli oziqlanishi orasidagi uzviy bog'lanish xam ana shu jarayonlar bilan ifodalanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.03 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.03 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga