Fotografik emulsiyani tayyorlash texnologiyasi

Fotografik emulsiyani tayyorlash texnologiyasi

O'quvchilarga / Fizika
Fotografik emulsiyani tayyorlash texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Fotografik emulsiyani tayyorlash texnologiyasi Reja: 1. Emulsion qatlamning tarkibi va tuzilishi 2. Fotografik emulsiyani tayyorlash texnologiyasi. 3. Fotografik emulsiyani sensibilizatsiyalash Emulsion qatlamning tarkibi va tuzilishi Fotografik materiallarning xossasi emulsiya tarkibiga, uni tayyorlash texnologiyasiga va emulsiya qatlamining tuzilishiga: uning qalinligiga, mikrokristallarning joylashish zichligiga, ularning o'lchamlari bo'yicha taqsimotiga, hamda yuzasidagi kumush kontsentratsiyasining miqdoriga bog'liqdir. Emulsiya qatlamining qalinligi qog'ozda va plenkada juda katta emas: oq-qora negativ plenkalarda 20-25 mkm, pozitiv plyonka uchun esa 8-15 mkm va qog'oz uchun 6-12 mkm ekan. Emulsiya mikrokristallarining formasi uchburchak, oltiburchak, disk, kvadrat, kub, tayoqcha va shaklsiz zarrachalar holida uchraydi. Mikrokristallar taglik yuzasiga parallel yoki unga biror burchak ostida joylashgan .Emulsiyaning sirt taranglik kuchi ularni bunday joylashishini tartiblaydi. Yuqorida gapirib o'tganday, yorug'lik sezuvchi materiallarning yorug'lik sezishi va kontrasti mikrokristallari o'lchamiga bog'liq. Mikrokristallar katta zarrachalari ko'proq fotonni (energiyani) yutadi va ko'p kumush massasini ajratadi. Ular yuqori sezuvchi materiallar tarkibiga kiritiladi. Emulsiya qatlamining qalinligiga qarab yorug'lik sezgirligi va kontrasti turlicha bo'ladi. Emulsiya yuzasining sirtida joylashgan mikrokristallar ichki qismidagisini ekranlaydi va yorug'lik kamroq etib boradi, natijada yorug'lik sezgirligini kamaytiradi. Shu sababli emulsion qatlam iloji boricha yupqa bo'lishi kerak. Yupqa qatlamli materiallarda yorug'likni tashqariga sochilishi kamayadi va shuning hisobiga tasvirning aniqligi ortadi. Fotografik emulsiyani tayyorlash texnologiyasi. Har bir yorug'lik sezgir material uchun kerakli emulsiya turi tayyorlanadi. Fotografik emulsiya tayyorlash texnologiyasi me'yorlangan sharoitlarda amalga oshiriladi. Fotografik emulsiya tayyorlash texnologiyasi me'yorlangan sharoitlarda amalga oshiriladi. Fotografik emulsiya - bu termin uncha to'g'ri emas, chunki umuman olganda umumiy qabul qilingan emulsiya so'zining manosini beradigan emulsiya emas, balki galoid kumush mikrokristallarining jelatin muhitidagi - iviqdagi suspenziyasidir. Ammo shunga qaramasdan adabiyotlarda va ishlab chiqarishda «fotografik emulsiya» termini keng ishlatilib kelmoqda. Fotografik emulsiya - kumush galogenid mikrokristallarining suv-jelatin eritmasidagi (iviqdagi) suspenziyasidir. Bu emulsiya kumush nitrat kaliy bromid bilan ta'sirlashganda hosil bo'ladi: Ag NO3 + KBr = Ag Br + KNO3 Birinchi bosqichda kumush galogenidlari mikrokristallarining hosil bo'lish reaksiyasi va ularning jelatin iviqlari (gel) muhitida bir tekis taqsimlanishi amalga oshiriladi. Emulsifikatsiyalash natijasida kumush galogenidning to'yingan eritmasi hosil bo'ladi, kristallanish markazlari paydo bo'ladi. Fizik etilishda emulsiya 40-600S temperaturada malum vaqt ichida aralashtirilib turiladi, bunda kumush galogenid kristallarining o'z-o'zidan o'sishi kuzatiladi. Shunda bir xil mikrokristallar o'sadi, boshqalari esa erib ketadi. Bu esa kristallar o'rta o'lchamini oshishiga olib keladi. Keyin emulsiya ikkinchi kimyoviy etilishga tayyorlanadi. Bu bosqich o'tish yoki oraliq jarayon deyiladi. Bunda emulsiya sovutiladi va reaksiyada hosil bo'lgan qo'shimcha moddalardan yuviladi. Fotografik emulsiyani yorug'likka sezgirligi, kontrastligi va boshqa xossalari jelatin ivig'i massasida kumush ionlarining kontsentratsiyasiga, mikrokristallarining o'lchamlari va shakliga bog'liq. Plastina shaklidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.5 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.5 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga