Fotokimyoviy va radiakimyoviy jarayonlar (amaliy ashgulotlar) Reja: Fotokimyoviy jarayonlar va ularning ahamiyati. Radiokimyoviy jarayonlar. Xulosa 1. Nur ta'sirida boradigan jarayonlar fotokimyomiy jarayonlar deb ataladi. Fotokimyoviy jarayonlar moddalarning xamma ogregat holatlarida sodir bo'lishi mumkin. Fotokimyoviy jarayonlar tabiatda keng tarkalgan bo'lib, o'simliklarda quyosh nuri ta'sirida boradigan turli fotosintez jarayonlari, mominestsensiya jarayonli va buyoklarning quyosh nuri ta'sirida o'z rangini yo'qotishi fotokimyoviy jarayonlarga misol bo'ladi. Biror fotokimyoviy jarayonning boshlanishi uchun birinchi shart-nurning yutilishidir, yani nur yutilishi natijasida jarayon sodir bo'lishi mumkin. Fotokimyoviy jarayonlarning asosiy qonuni Eynshteynning kvant ekvivalentlik qonuniga asoslangan bir molekulani uzgartiradi, boshqacha qilib aytganda, nur ta'sirida kimyoviy reaksiyaga kirishgan xar bir molekula bir kvant energiyani yutadi. Molekulaning o'zgarishi kimyoviy yoki fizik tarzda bo'lishi mumkin. Yutilgan nur kvantlar molekulani dissotsilanish yoki uni kuzgalgan holatga keltirish mumkin. Kuzgalgan molekulada ortikcha energiya paydo bo'lgani uchun, u barqaror bulmaydi. Shu sababli, bunday molekula uzining ortikcha energiyasini yukotib, barqaror holatga utishga intiladi. Kuzgalgan molekula shu vaqt ichida ortikcha energiyasining xammasini (yoki bir vaqt kismini) nur tarzida chiqarishi mumkin. Bu vaqtda yuz bergan yorug'lik chiqarish florestsensiya deyiladi. Biror modda nur yutganda uning energiyasi, binobarin, izotermik potentsiali xam ortadi. Natijada nur yutishdan oldin kimyoviy reaksiyaga kirisha olmaydigan molekulalar reaksiyaga kirisha oladigan bo'lib koladi. Shu jihatidan fotokimyoviy reaksiyalarga 2 turga bo'ladi: Fotokatalitik reaksiyalar. Bu reaksiyalarda kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning miqdori yutilgan nur g'oyasi miqdoriga proportsional bulmasligi mumkin. Bazi reaksiyalar o'z-uzicha bormaydigan, yani malum sharoitida ularning borishi uchun tashqaridan energiya sarflash kerak. Bu energiyani nur g'oyasi tarzida berish mumkin. Bunday fotokimyoviy reaksiyalarda reaksiyaga kirishgan moddalarning miqdori yutiladigan nur energiyaning miqdoriga proportsional bo'ladi. bu xilfotokimyoviy reaksiyaga o'simliklarda boradigan fotosintez jarayonlari misol bo'ladi. Fotokimyoviy reaksiyalarga ikki turi tabiatda sodir bo'ladi va bulardan kimyo sanoatida keng foydalaniladi. Kimyo sanoatida uglevodorodlarni gologenlash sintetik yuqori molekulyar birnamolar (polistirol) olish, parafinlarni sulfoxollash jarayonlari fotokimyoviy reaksiyalar asosida olib boriladi. Kuzga kurinadigan yoki infrokizil va ultrabinafsha nurlarning kimyoviy ta'siri yuqorida ko'rib utildi. Bu nurlarning tukin uzunligi 10-7…10-6m intervolda bo'ladi. Bu narlarning yutilishi atom yoki molekulalarning aylanma holatini molekulani tashkil kilgan atom va atomlar gruppasining tebranishini kuchaytiradi yoki tashqi kvatdagi elektronlarni kuzgatad. Sunggi vaqtlarda katta energiyaga ega bo'lgan qisqa to'lqinli elektromagnet tebranishlar (rentgen nurlari, f-nurlar) va zarrachalar (elektronlar, protonlar, a-zarrachalar va boshqalarning) kimyoviy ta'siri keng tekshirila boshlandi. Sunggi vaqtlarda kimyoning bu radiotsion kimyo sohasi, yadro fizikasi rivojlanish bilan radionurlarning, ayniqsa f-nurlarning kimyoviy ta'siriga oid tekshirishlar avj oldi. Radiotsion kimyoviy jarayonlar fotokimyoviy jarayonlardan farq qiladi. radiotsion kimyoviy reaksiyada ta'sir ettirilgan nur-M: rentgenlar nuri ichki kavatdagi yoni kuzgatishga va xatto urib chiqarishga ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.43 KB
Ko'rishlar soni
147 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.43 KB
Ko'rishlar soni
147 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:22 ]
Arxiv ichida: doc