Fotometrik analiz usuli Reja: Fotometrik analizni darajalangan grafik usulda aniqlash. Fotokalorometrik analiz usuli. Optik zichlikni aniqlash. Metodning mohiyati. Fotometrik metod eritmaning aniqlanadigan komponentini dastlab rangli birikmaga aylantirib so'ngra shu ma'lum qalinlikka ega bo'lgan rangli eritma qavatining optik zichligi (nur yutilishi) ni o'lchashga asoslangan. Kimyoviy bosqich, asosan metodning analitik imkoniyatlarini, aniqlikni, sezgirlikni, tanlab ta'sir etishini va analizni bajarish uchun sarflanadigan vaqtni aniqlaydi. Agar optik zichlikni o'lchashda ma'lum to'lqin uzunlikka ega spektr nurlaridan foydalanilsa, u holda bu metodni spektrofotometrik usul deyiladi. Agar optik zichlikni o'lchashda ma'lum to'lqin uzunlikka ega bo'lgan bir xil rangli (taxminan monoxromatik) nurdan foydalanilsa, u holda bu metodni fotokolorimetrik usul deyiladi. Spektrofotometr usul fotokoloritmetrik usulga nisbatan aniqroq va selektivroq hisoblanadi, lekin murakkabroq va qimmatbaho asboblarni talab qiladi. Fotokolorimetrik usul hamma analitik parametrlar boyicha spektrofotometrik usuldan orqada turgani bilan, lekin fotometrik asboblarning juda oddiyligi va arzonligi bilan afzaldir. Hamma fotometrik usullar asosida Lamber - Buger - Berning nur yutilish qonuni yotadi. Bu qonunning matematik ifodasi quyidagi ko'rinishga ega: A = E Cl Bu yerda S - rangli eritma kontsentratsiyasi, moll; l - eritmaning nurni yutadigan qatlami qalinligi, sm; E - nur yutilishining molyar so'ndirish koeffitsenti; A - optik zichlik. Optik zichlik o'lchovsiz kattalik bo'lib, u eritma qatlamiga tushayotgan nur intensivligiga nisbatining o'nli logarifmiga teng A = lg (i0 it) Nur yutilishining asosiy qonuni quyidagi sharoitlaridagina yetarlicha va qat'iy amal qilinadi: eritmaga tushayotgan nur qat'iy monoxromatik; rangli eritma yetarlicha kuchli suyultirilgan; eritmaning aniqlanadigankomponenti to'la barqaror tarkibidagi rangli birikmaga aylantirilgan; eritmaning barcha begona komponentlari kontsentratsiyasi va tabiati hamma hollarda deyarli o'zgarmaydi. Molyar so'ndirish koeffitsenti eritma qatlamining qalinligi 1 sm va undagi rangli birikmaning kontsentratsiyasi 1 moll bo'lgandagi optik zichlikni xarakterlovchi kattalikdir. Bu koeffitsent shu rangli mahsulotning ma'lum to'lqin uzunlikka ega bo'lgan nurni yutish qobilyatini ko'rsatuvchi asosiy xarakterdir. Uning kattaligi foydalanilayotgan monoxromatik nurning to'lqin uzunligiga bog'liq. Bunday bog'lanishning grafik ko'rinishi ushbu rangli birikmaning yutilish spektri deyiladi. Ye - qancha katta bo'lsa, rangli birikmani qo'llashga asoslangan fotometrik usulning sezgirligi ham shunchalik katta bo'ladi. Eng yuqori aniqlash sezgirligini ta'minlash uchun foydalaniladigan monoxromatik nurning shunday to'lqin uzunlikka ega bo'lgani tanlanadiki, bunday koeffitsent Ye maksimal bo'lib eritmaning qolgan barcha komponentlari va aniqlanadigan komponentni rangli birikmaga aylantiradigan reaktivning ortiqcha miqdori bunday to'lqin uzunlikka ega bo'lgan nurni yutmasligi kerak. Chegaralanggan miqdorda yorug'lik filtrlari bo'lganda yoki ular o'tkazadigan yorug'lik nurining to'lqin uzunliklari intervali noma'lum bo'lganda va shu bilan birga aniqlanayotgan rangli eritma eng ko'p yutadigan nurning to'lqin uzunligi noma'lum bo'lganda, adbatta yorug'lik filtrlari tajriba yo'li bilan tanlanadi. Buning uchun har ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.17 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.17 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:22 ]
Arxiv ichida: doc