Fotonlarning qutublanishi interfirensiyasi Reja: 1 Fotonlar qutublanishi interfirensiyasi 2 Foton tushunchasi birinchi marta paydo bo'lishi 3 Fotonlarning fotovoltaik quyosh energiyasi bilan aloqasi Fotonlar Ular yorug'lik zarralari bo'lib, ular elektromagnit energiya yoki yorug'likning kvanti sifatida aniqlanadi. Fotonlar hamma narsada harakat qiladi va vakuumda ular mavjud bo'lganlarning barchasi uchun barqaror yorug'lik tezligiga ega. Ushbu maqolada ushbu mavzu haqida ko'proq bilib oling! 1. Foton (qadimgi yunoncha: φωτός - yorug'lik) elementar zarracha bo'lib, elektromagnit nurlanish (xususan, yorug'lik) kvantidir. Bu massasiz zarracha faqat yorug'lik tezligida harakat qilibgina mavjud bo'la oladi. Fotonning elektr zaryadi nolga teng. Foton faqat ikki spin holatida bo'la oladi: +1 va -1 spirallik harakati yo'nalishiga spin proyeksiyasi. Bu xususiyatga klassik elektrodinamikada aylanma o'ng va chap elektromagnit to'lqin qutblanishi mos keladi. Foton kvant zarrachasi bo'lgani uchun unga korpuskular-to'lqin dualizmi xos, u bir vaqtning o'zida ham zarracha, ham to'lqin xossalarini namoyon etadi. Foton (yun. photos - yorug'lik) - elementar zarra, elektromagnit nurlanish (tor ma'noda - yorug'lik) kvanti; F. ning tinchlikdagi massasi ya? =0, shuning uchun tezligi faqat yorug'lik tezligi s=3108 ms ga teng. Fning spini (h birliklarida) 1 ga teng, shuning uchun bozonlar guruhiga kiradi va Boze - Eynshteyn statistikasiga bo'ysunadi. F. elektromagnit va gravitatsion o'zaro ta'sirlarda qatnashadi, barcha elementar zarralar bilan o'zaro ta'sirlashadi. Energiyalari 100 keV dan katta bo'lgan F.lar, odatda, ukvantlar deb ataladi. Atom yadrosining elektrostatik maydonida energiyasi 1 MeV bo'lgan ukvantlar elektron va pozitronga (elektronpozitron juftning tug'ilish jarayoni) aylanishi mumkin, elektron hamda pozitron to'qnashganida ikkita (yoki uchta) ukvantga annigilyatsiyalanishi mumkin. Fning nurlanish klassik nazariyasi Maksvell tenglamasiga, Flarning o'zaro ta'sir etish kvant nazariyasi kvant elektrodinamikasita asoslangan. F.lar manbalari bo'lib yorug'lik manbalari, ukvantlar manbalari bo'lib radiaktiv izotoplar xizmat qiladi. Yorug'likning kvant nazariyasi, Plank formulasi, Pirometriya, Quyosh energiyasi.1900 yilga Maks Plank absolyut qora jismdagi nurlanish muammosini hal etdi va issiqlik nurlanish spektrini aynan ifodalovchi formulani olishga muvaffaq bo'ldi. Ammo Plank buning uchun modda-nurlanish o'zaro ta'siri haqidagi klassik fikrlarga mutlaqo zid bo'lgan taxminini yuritishga majbur bo'ldi. Uning taxminiga asosan, elektromagnit nurlanishi energiyasi uzluksiz ravishda emas, balki alohida diskret porsiyalar-kvantlar holida atomlarda yutilishi va nurlanishi mumkin. XIX asrning oxirlarigacha yorug'lik hodisalari yorug'likning elektromagnit nazariyasi nuqtai nazaridan tushuntirib kelindi. Yorug'likning elektromagnit tabiati haqidagi tasavvurlar olimlarni elektromagnit to'lqin energiyasining uzluksiz tarqalishiga o'xshab yorug'lik energiyasi ham uzluksiz uzatiladi, degan fikrga olib keldi. Ammo XIX asrning oxrlarida klassik elektrodinamika asosida tushuntirib bo'lmaydigan hodisalar aniqlandi. Bu yangi holat fiziklarni yana yorug'likning korpuskulyar tabiatiga murojaat etishga majbur qildi. Bular qanday hodisalar edi? Ma'lumki, yorug'lik hodisalari yorug'likning modda bilan ta'sirlashishida namoyon ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1007.96 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1007.96 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:22 ]
Arxiv ichida: docx