Mashg'ulot Reja: Fotosintez protsessi. Impulsli kontsentrlangan quyosh yorug'ligini o'simlik urug'iga ta'siri. Infraqizil va ultrabinafsha nurlarning o'simlikka ta'siri. Malumki, to'g'ri quyosh radiatsiyasi va sochilgan quyosh radiatsiyasi birgalikda Yerda tabiiy yoritilganlikni vujudga keltiradi. Qishloq xo'jaligida quyosh energiyasidan foydalanishda tabiiy yoritilganlikning sutka va yil davomida o'zgarishini bilish kerak, chunki yoritilganlikning o'zgarishi ham o'simlik o'sishi va rivojlanishiga ta'sir qiladi. Kunduzgi yoritilganlikni quyosh radiatsiyasining bir qismi, yani ko'rinadigan nurlargina ro'yobga chiqaradi. Quyosh radiatsiyasi Yerga tushayotgan quyosh nurlarini energetik jihatdan xarakterlaydi. Yoritilganlik esa quyosh nurining fotomertik xarakteristikasi bo'lib, quyosh radiatsiyasidan farqli ravishda yorug'lik birliklarida o'lchanadi. Yoritilganlikning SI dagi o'lchov birligi -lyuks bo'lib, quyidagiga teng: Quyosh radiatsiyasi va yoritilganlikning o'zaro munosabatini o'rnatish uchun ularni bir vaqtda o'lchash, boshqacha aytganda, quyosh radiatsiyasining yorug'lik ekvivalentini aniqlash kerak. Quyosh radiatsiyasining yorug'lik ekvivalenti deb kilolyuks hisobida o'lchanayotgan yoritilganlikning ayni shu vaqtda hisobida o'lchanayotgan quyosh radiatsiyasining intensivligiga nisbatiga aytiladi. Ko'pchilik tadqiqotchilar (O.D. Barteneva, Ye.A. Polyakova va boshqalar) tekshirishlari yig'indisi quyosh radiatsiyasi yorug'lik ekvivalentining gorizontal sirtga nisbatan o'rtacha qiymati ga teng ekanligini ko'rsatadi. Bunda yorug'lik ekvivalentining o'lchanayotgan qiymati haqiqiy qiymatidan 5% chetlashishi mumkin. Toshkent shahri territoriyasi uchun iyun oyida havo ochiq kuni yoritilganlikning o'zgara borishini quyidagi jadvaldan ko'raylik (o'rtacha qiymatlarni, chetlanishni hisobga olmagan holda). Shunday qilib, quyoshning gorizontdan balandligini bilgan holda yig'indi quyosh radiatsiyasining qiymatini yorug'lik ekvivalentiga ko'paytirib yoritilganlikni aniqlash mumkin. Modomiki, yorug'lik ta'sirida yashil o'simliklarda fotosintez protsessi amalga oshar ekan, yoritilganlik intensivligi fotosintez jarayoniga ta'sir qiladi. Yorug'lik intensivligining oshishi fotosintezda avvalo assimilyatsiya qilinayotgan karbonat angidrit miqdorining chiziqli oshishiga olib keladi. Ammo yoritilganlik oshgan sari fotosintez jarayonining tezligi kamaya boshlaydi va nihoyat, yorug'lik oqimi intensivligining biror qiymatida «yorug'likka to'yinish» ro'y beradi. Intensivlikning bundan keyin yanada oshirilishi fotosintezni tezlashtirmay qo'yadi. Tajribalar ko'rsatadiki, fotosintez boshlanishi mumkin bo'lgan yoritilganlikning minimal intensivligi juda oz. Masalan, kerosin lampasi yorug'ida ham fotosintez protsessi bo'lib o'tadi. fotosintezning jadal borishi uchun yoritilganlikning zarur maksimal intensivligi turli o'simliklarda turlichadir. Shunday qilib, qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish, agrotexnika qoidalari bilan bir qatorda, o'simlik uchun optimal yorug'lik rejimini yaratishga ham bog'liqdir. Atoqli rus olimi K.A. Timiryazev qishloq xo'jaligida yorug'likning ahamiyatiga to'xtalib, shunday fikrlarni aytgan: «Kishloq xo'jaligi oftobli joyni qidirish, agronomiya esa hayot manbai-issiqlikni tutib qolishni eng yaxshi usullari to'g'risidagi fandir». Shunday qilib, o'simlik uchun zarur yorug'lik rejimini yaratish qishloq xo'jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishda muhim rol o'ynaydi. Yaqin yillargacha o'simliklar quyosh energiyasidan faqat fotosintez protsessi orqaligina foydalanadi degan tasovvur mavjud edi. Shu munosabat bilan qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligini oshirishning effektiv usuli o'simliklarning quyosh energiyasidan foydalanish koeffitsiyentini oshirish kerak deb qarab kelingan. Ammo biologiya fanining ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.59 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.59 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:22 ]
Arxiv ichida: doc