Fraungofer difraksiyasi Reja: Fraungofer difraksiyasi Optik qurilmalar ajrataolishning difraksion chegarasi Spektral qurilmalar. Difraksion panjara Ikki va uch o'lchamli difraksion panjaralar Xulosa. 1. Fraungofer difraksiyasi Yorug'lik difraksiyasi amaliyotda juda qiziq, agar to'siq Frenelning 1-chi zonasini kam qismini ochiq qoldirsa quyidagi shart bo'yicha difraksion manzara uzoq masofada kuzatiladi. Misol uchun, agar (yashil nur), L kuzatish tekisligigacha bo'lgan masofa 2 metrdan sezilarli darajada ortiq bo'ladi (minimum 10 metr yoki katta). To'lqin fronti elementidan kuzatish nuqtasiga nisbatan juda uzoqdan o'tkazilgan nurlarni parallel nurlar deb hisoblash mumkin. Bunday nurlar difraksiyasiga parallel nurlar difraksiyasi deb yuritiladi yoki Frenel zamondoshi nemis fizigi I.Fraungofer sharafiga Fraungofer difraksiyasi deyiladi. Agar nur yo'liga to'siq o'rniga yig'uvchi linza qo'yilsa, burchak ostida difraksiyalangan parallel nurlar fokal tekislikning biror nuqtasida yig'iladi (9.1-rasm). Shuni aytish kerakki, linzalar fokal tekisligidagi har qanday nuqta, linzalar yo'q holda cheksiz uzoqlikdagi nuqtaga ekvivalentdir. Fraungoferning difraksion manzarasi linzalarning fokal tekisligida kuzatiladi. Geometrik optikada asosan, uzoqdagi nuqtaviy jismning nuqtaviy tasviri linzalarning fokusida joylashishi kerak. Haqiqatdan ham nuqtaviy jism tasviri difraksiya tufayli aniq emas. Bunda yorug'likning to'lqin tabiati namoyon bo'ladi. Hech bir optik sistema nuqtaviy tasvirni beraolmaydi. D diametrli dumaloq tirqishdagi Fraungofer difraksiyasi markazida yorug' dog' bo'lgan difraksion manzarani beradi. (Eyri diski), uning atrofida yorug' va qorong'i halqalar navbatlanib keladi (9.2-rasm). Bu difraksion dog' nuqtaviy manbaning tasviri hisoblanadi. Linzaning fokal tekisligidagi bu markaziy dog'ning radiusi quyidagiga teng: . Agar olisdagi manbadan yorug'lik nuri to'g'ridan-to'g'ri linzaga tushirilsa, difraksiyalangan nur uchun ekran vazifasini linza tutgichi bajaradi. Bu vaqtda D deb linza diametrini tushunish kerak. Difraksion tasvirning o'lchami juda kichik, masalan, to'lqin uzunligi =500 nm bo'lgan monoxromatik yorug'lik diametri D=5sm, fokus masofasi F=50 cm bo'lgan linzaning fokal tekisligidagi markaziy yorug' dog'ning radiusi taxminan 0,006 mm ga teng. 2. Optik qurilmalar ajrataolishning difraksion chegarasi Ko'pincha optik qurilmalarda (fotoapparatlar, proyektorlar va boshqa) difraksion tasvirning aniq emasligi optikasining mukammal emasligidadir. Yuqori sifatli astronomik qurilmalarda sifatli difraksion tasvir olish mumkin. Bir-biriga yaqin, ya'ni bir-biridan (burchak masofada joylashgan ikkita yulduzni difraksion tasvirini qaraymiz. Kamchiliklar va aberratsiyalar bartaraf qilingan deb faraz qilsak, obyektivning fokal tekisligida yulduzlarning difraksion tasviri kuzatiladi (9.3-rasm). 9.3-rasmda difraksion manzaralar markazlari orasidagi masofa l markaziy yorug' dog' radiusi r dan katta - bunday holda yulduzlar tasviri kuzatuvchiga alohida-alohida kuzatiladi. Bundan ko'rinadiki, teleskop obyektivi ikkita yaqin yulduzni ajratish imkonini beradi. Agar yulduzlar orasidagi burchak masofa kichik bo'lsa, difraksion manzaralar bir-birini qoplaydi va yulduzlar alohida-alohida kuzatilmaydi. XIX asrning oxirlarida Angliyalik fizik J.Releyning aytishi bo'yicha ajratishni to'liq deb hisoblash mumkin, agar l - tasvirlar markazlari orasidagi masofa Eyri diskining radiusiga ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
359.59 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
359.59 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:22 ]
Arxiv ichida: doc