Gazlar molekulyar - kinetik nazariyasining asoslari

Gazlar molekulyar - kinetik nazariyasining asoslari

O'quvchilarga / Fizika
Gazlar molekulyar - kinetik nazariyasining asoslari - rasmi

Material tavsifi

Gazlar molekulyar-kinetik nazariyasining asoslari Molekulyar fizika va termodinamika ayni bir doiradagi hodisalarni, xususan, jismlardagi makroskopik protsesslarni, ya'ni jismlar tarkibidagi ulkan miqdordagi atomlar va molekulalar bilan bog'liq bo'lgan hodisalarni o'rganadi. Molekulyar fizika moddaning atom-molekulyar tuzilishi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadi va issiqlikni atom va molekulalarning tartibsiz harakati deb qaraydi. Molekulyar fizikani ko'pincha modda tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasi deb ham yuritiladi. Molekulyar fizika materiyaning issiqlik harakatini o'rganadi. Issiqlik harakati degan tushuncha bir nechagina molekulalardan iborat sistemalarga tatbiq etilmaydi. Nihoyatda ko'p molekulalarning xaotik harakati ayrim jismlarning tartibli mexanik ko'chishidan sifat tomondan farq qiladi. Xuddi o'sha sababdan ham xaotik harakat materiya harakatining o'ziga xos xossalariga ega bo'lgan maxsus turi hisoblanadi. Jismlarning ichki xossalari issiqlik harakatiga bog'liq, shuning uchun issiqlik harakatini o'rganish jismlar ichida yuz beradigan ko'p jarayonlarni tushunib olishga imkon beradi. Atom yoki molekulalari juda ko'p bo'lgan jismlar fizikada makroskopik jismlar deb ataladi. Makroskopik jismlarning o'lchamlari atomlarning o'lchamlaridan juda ko'p marta katta bo'ladi. Ballon ichidagi gaz, idishdagi suv, qum, tosh, po'lat sterjen, Yer shari makroskopik jism hisoblanadi. Makroskopik jismlarda yuz beradigan jarayonlarni (protsesslarni) molekulyar fizika o'rganadi. Atom va molekulalarning issiqlik harakatiga bog'liq bo'lgan va boshqa ko'p hodisalar issiqlik hodisalari deb ataladi. Issiqlik hodisalarining qonunlari kashf etilishi bu hodisalardan amalda, texnikada samarali foydalanishga imkon beradi. Hozirgi zamon issiqlik dvigatellari, gazlarni suyuqlikka aylantiradigan qurilmalar, sovitgich apparatlar va boshqa qurilmalar ana shu qonunlarga asoslanib loyihalanadi. Makroskopik jismlarning ichki holati makroskopik parametrlar deb ataladigan miqdorlar bilan aniqlanadi. Bular jumlasiga bosim, hajm va temperatura kiradi. Bosim deb, sirtning bir birlik yuzasiiga perpendikulyar ravishda ta'sir qiluvchi kuchga miqdor jihatdan teng bo'lgan fizik kattalikka aytiladi, ya'ni , (1) bu yerda - ta'sir qiluvchi kuch; - sirtning yuzasi. SI sistemasida bosim Paskallarda o'lchanadi, ya'ni . (2) Ko'pincha bosimning amaliyotda foydalaniladigan birliklari: millimetr simob ustuni (mm sim. ust.), fizik atmosfera (atm.) va texnik atmosfera (at.) (3) . Normal atmosfera bosimi deb, dengiz sathida temperaturada balandligi 760 mm simob ustuniga teng bo'lgan atmosfera bosimiga aytiladi. Atmosfera bosimi ob-havoni belgilaydigan boshqa ko'p hodisalar bilan uzviy bog'liqdir. Shuning uchun ob-havoni oldindan aytish va boshqa maqsadlar uchun atmosfera bosimini bir onda o'lchashga to'g'ri keladi. Atmosfera bosimlarini o'lchashda qo'llaniladigan asboblar barometrlar deb ataladi. Berk idishlardagi bosimni o'lchashga mo'ljallangan asboblarga manometrlar deyiladi. Manometrlar ikki turga: suyuqlikli va metall manometrlarga bo'linadi. Suyuqlikli manometrlar kichik bosimlarni o'lchashda, metall manometrlar esa katta bosimlarni o'lchashda ishlatiladi. Hajm quyidagi formula bilan ifodalanadi: , (4) bu yerda - moddaning hajmi; - moddaning massasi; - moddaning zichligi. . (5) Issiqlik hodisalari to'g'risidagi butun ta'limotda temperatura tushunchasi markaziy o'rin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 180.32 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 180.32 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga