Gazlarni suyuqlik bilan yuvib tozalash Reja: Nasadkali skrubberlar Venturi skrubberlar Ko'pikli skrubberlar Changli gazlarni tozalash uchun ularni suv yoki boshqa suyuqliklar yordamida yuvib, qattiq zarrachalardan tozalanadi. Bu usul gazlarni sovitish va namlash ruxsat etilgan, hamda qattiq zarrachalar qimmati bo'lmagan hollarda qo'llaniladi. Ma'lumki, gazlar sovutilganda suv bug'lari kondensastiyalanib, zarrachalar namlanadi va ularning zichligi ortadi. Natijada qattiq zarrachalar gazdan oson ajraladi. Bunda, zarrachalar kondensastiyalanish markazlari vazifasini bajaradi. Agar, zarrachalar suyuqlik bilan ho'llanmasa, unda bu turdagi qurilmalarda gazlarni tozalash samarasizdir. Bunday hollarda gazlarni tozalash darajasini oshirish uchun suyuqlik tarkibiga spirt - sirtiy faol moddalar qo'shiladi, ya'ni suyuqlikning ho'llash qobiliyati oshiriladi. Suyuqlik bilan yuvib tozalovchi qurilmalarda, ularning konstrukstiyasiga qarab, gazlarni tozalash darajasi 60 dan 85% gacha bo'ladi. Bu turdagi qurilmalarning asosiy kamchiligi shundaki, tozalash jarayoni o'tkazilishi natijasida oqava suvlar hosil bo'lishidir. Ma'lumki, oqava suvlar ham o'z navbatida tozalanishi kerak. Skrubberlar ichi bo'sh yoki nasadkali, ko'ndalang kesim yuzasiga qarab esa, stilindrsimon yoki to'g'ri to'rtburchak shakldagi kolonnalar ko'rinishida bo'ladi. Ichi bo'sh skrubberlarga changli gaz qurilmaning pastki qismidan 0,81,0 ms tezlikda kiritiladi. Gaz o'z yo'nalishini o'zgartirib, yuqoriga qarab harakat qiladi. Skrubberning tepa qismidagi purkagichdan suv yoki boshqa suyuqlik sochilib, og'irlik kuchi ta'sirida mayda tomchilar pastga qarab yo'naladi. Natijada gaz va suv tomchilari qarama-qarshi yo'lli harakatida bir-biriga ko'p marta uriladi. Bu o'zaro ta'sir tufayli gaz tarkibidagi qattiq zarrachalar suyuqlik bilan yuviladi, og'irlashadi va oqava suv hosil qilib, pastga tushadi. Tozalangan gaz skrubberning tepa qismidagi shtusterdan chiqib ketadi. Oqava suv qurilmaning tubidagi shtuster orqali tozalashga chiqarib yuboriladi. Ichi bo'sh skrubberda gazlarning tozalanish darajasi 6075% ni tashkil etadi. Nasadkali skrubberlarda qobig'ning ichiga nasadkalar ma'lum bir tartibda yoki tartibsiz o'rnatiladi (1-rasm). Tozalash jarayoni intensivligi va tezligini oshirish uchun skrubberlarga albatta nasadkalar joylashtiriladi. Nasadkalar qo'llanilishi natijasida gaz va suyuq fazalar o'rtasida urinishlar ortadi, ya'ni to'qnashuv yuzasi oshadi. Odatda skrubberlarga halqasimon yoki xordali nasadkalar o'rnatiladi. Ayrim hollarda esa, koks yoki kvarst bo'laklaridan hosil qilingan qatlam, nasadka sifatida ishlatilishi mumkin. Nasadkali skrubberlarda gazlarning tozalanish darajasi 7585%. Venturi skrubberlari. Bu turdagi skrubber ikki qismdan (2-rasm): Venturi trubasi 3 va ajratgich 1 dan tarkib topgan bo'ladi. Venturi trubasi 3 da gaz tozalansa, ajratkich 1 da esa - suv tomchilari gaz oqimidan ajratiladi. Tozalanishi zarur bo'lgan gaz, qurilmaning paski qismidan patrubkaga uzatiladi. Ma'lumki, Venturi trubasining diffuzor qismida konuslik ortib boradi. Bu esa, diffuzorda bosim kamayishiga, ya'ni vakuum hosil bo'lishiga olib keladi. Ushbu vakuum hisobiga idishdan kollektor orqali Venturi trubasiga suv so'rib olinadi. Suyuq faza gaz bilan to'qnashishi natijasida mayda tomchilarga (~10 mkm) ajralib ketadi. Gaz va mayda ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
77.17 KB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:25
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
77.17 KB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:25 ]
Arxiv ichida: ppt