GAZLI LAZERLAR Bajardi: Valixanov Nuriddin 12.01. - guruh Raxbar: Qosimov Abdug'affor MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI Lazerlar haqida umumiy ma'lumot Moddadan yorug'lik o'tganda u yutiladi va sochiladi. Bu hodisalar optikada juda yaxshi o'rganilgan. Hozir bu jarayonlarga teskari bo'lgan hodisa, ya'ni moddadan yorug'lik o'tganida uning kuchayishi ham ro'y berishi aniqlandi. Bunday asboblar lazerlar deb ataladi. Ushbu jarayonni amalga oshishi mumkinligini birinchi marta 1915 - yilda Eynshteyn aytgan. Lazerda yorug'likning kuchayishi moddadan o'tayotgan yorug'lik tomonidan induksiyalangan nurlanish ta'sirida yuz beradi. Optik lazerlar birinchi marta 1960 - yilda qurilgan. A.Eynshteyn spontan (o'z-o'zidan) nurlanish bilan birga induksiyalangan yoki majburiy nurlanish bo'lishi ham mumkinligi haqida bashorat qilgan. GAZLI LAZERLAR Gazli lazerlar 1960 - yili rubinli lazerlar bilar bir qatorda ixtiro qilingan. Gazli lazerlarning ishchi moddasi shisha nayga qamalgan turli gazlar aralshmasidir. Bu naydagi gaz bosimi juda ham kichik bo'lib, normal atmosfera bosimining yuzdan bir bo'laklariga tengdir. Nayning ikki uchlarida yorug'lik nuri chiqadigan tirqishlar mavjud. Nay oynalar orasiga joylashtirilgan bo'ladi. Past bosmlarda gaz elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Shuning uchun, gaz atomlarini oddiy elektr toki bilan g'alayonlantirish mumkin. Gazli lazerlar - bu shunday lazerlar-ki, ularda aktiv modda sifatida gaz holatidagi modda ishlatiladi. Optik rezonatorga joylashgan gazli idishdan tashkil topgan. Energiya yuqori voltli elektr razryadi yordamida to'planadi. Elektronlar gaz atomlari bilan to'qnashib, ularni g'alayongan energetik sathga o'tkazadi. Gazli lazerlarning quyidagi turlari bor: gazodinamik lazerlar, kimyoviy lazerlar va eksimetrik lazerlar. Geliy - neon lazerlari quvvati bir necha o'n millivatgacha teng monoxramatik, yaxshi kollimatsiyalangan dasta nurlantiradi, impulsli va uzluksiz rejimlarda ishlaydi, tuzilishi sodda va ishlatilishi qiyosan bexatardir. Bunday lazerlar spektirning ham ko'rinuvchan ham infraqizil sohalarida nurlanish hosil qiladi. Ular nurlanishining to'lqin uzunligi spektrning ko'rinuvchi sohasida uning qizil qismiga ( λ = 632.8 nm) to'g'ri kelib, spektrning infraqizil sohasida esa to'lqin uzunligi λ=1150 va λ=3390 nm ga teng bo'ladi. Bunday turdagi asboblar labaratoriyada qo'llaniladigan lazerning keng tarqalgan turi bo'lib qoldi, bunda nurlanishning parametrlariga qo'yilgan talablar yuqorida ko'rsatilgan shartlar bilan cheklanadi. Geliy - Neon lazeri Geliy - Neon lazeri Gеliy-nеon lazеri gazli lazеrlar majmuasiga kiradi. Gеliy-nеon gaz aralashmasi to'ldirilgan gazorazryadli nay lazеrning asosiy qismi bo'lib xizmat qiladi. 1-rasm. Gеliy-nеon lazеri chizmasi. 1-razryad nayi, 2-Bryustеr burchagi ostida qo'yilgan shisha qoplamalar, 3-doimiy tokli razryad olish uchun o'rnatilgan elеktrodlar, 4-razryad nayining ustki ikki yuzasida uning uzunligi bo'ylab qo'yilgan mеtall (mis) elеktrodlar, 5-yuqori chastota gеnеratori, 6-optik rеzonator ko'zgulari. Geliy-neon lazerining prinsipial sxemasi Bu yerda 1diametri bir necha millimetr va uzunligi bir necha o'n santimtrdan 1.5 m gacha va undan ortiq bo'lgan gaz razryadli ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.2 MB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.2 MB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:25 ]
Arxiv ichida: pptx