Geometrik optika qonunlarini o'rganish

Geometrik optika qonunlarini o'rganish

O'quvchilarga / Fizika
Geometrik optika qonunlarini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

laboratoriya ishi №1 Geometrik optika qonunlarini o'rganish Kerakli asboblar:gorizontal Gartley shaybasi, filmoskop-proyektor, yarim silindrik shakldagi shisha plastinka, yassi ko'zgu, prizmalar, yassi parallel shisha plastinka. NAZARIY MA'LUMOT Geometrik optikaning quyidagi 4 asosiy qonunlari malum: Yorug'likning turli chiziq bo'ylab tarqalish qonuni. Yorug'lik nurlarining mustaqillik qonuni. Yorug'likning qaytish qonuni. Yoruqlikning sinish qonuni. 1. Bir jinsli muhitda yorug'lik to'g'ri chiziq bo'ylab tarqaladi. Bunday xulosanishaffofmas qismlarni kichik o'lchamli manbaalar bilan yoritilganda hosil bo'lgan soyalarning chegaralari keskin bo'lishidan chiqarish mumkin. Ammo bu qonun taqribiy bo'lib, yorug'lik kichik tirqishlar yoki to'sichlardan o'tganda uning to'g'ri chiziqli yo'nalishdan og'ishi kuzatiladi. 2. Yorug'lik nurlarining mustaqilligi ular o'zaro kesishganda bir-biriga xech qanday tahsir qilmasligidir. Nurlarning kesishishi xar bir nurning mustaqil tarzda tarqalishiga xalaqit bermaydi. Yorug'lik ikki shaffof muhit orasidagi chegarani kesib o'tganda tushuvchi nur ikkita nurga - qaytgan va singan nurga ajraladi. Bu nurlarning yo'nalishi yorug'likning qaytish va sinish qonunlaridan aniqlanadi. 3. Yorug'likning qaytish qonuni. a) tushgan va qaytgan nurlar, shuningdek ikki muhit chegarasida nur tushish nuqtasiga o'tkazilgan normal bir tekislikda yotadi; b) qaytish burchagi tushish burchagiga teng. 4. Yorug'likning sinish qonuni. a) tushgan va singan nurning tushish nuqtasida sirtga o'tkazilgan normal bilan tekislikda yotadi; b) tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan ikki muhit uchun o'zgarmas kattalik bo'lib, ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan sindirish ko'rsatkichi deb ataladi TO'LA IChKI QAYTISh Yorug'lik nuri optik zichligi kattaroq bir muhitdan optik zichligi kamroq ikkinchi muhitga o'tayotgan bo'lsin. Agar ikki muhit chegarasiga tushayotgan nurning tushish burchagi orttirib borilsa, sinish burchagi xam kattalashib boradi (1 va 2 nurlar) (Rasm - 3). Tushish burchagining biror chegaraviy qiymatida sinish burchagi bo'lib qoladi, yahni singan nur 1 va 2 muhitlar chegarasi bo'ylab tarqaladi. Agarda tushuvchi nur burchagi yana biroz kattalashtirilsa, 2-muhitga o'tuvchi nur yo'qoladi, 1-muhitga aks etuvchi nur intensivligi keskin ortadi, yahni yorug'likning to'la ichki qaytish hodisasi yuz beradi. EKSPYeRIMYeNTAL QURILMA TAVSIFI Eksperimental qurilma gorizontal holatda joylashtirilgan Gartl shaybasidan iborat bo'lib, uning bunday holati shayba markazidagi shayba obhektlarda nurning tushish burchagini ixtiyoriy chegaralarda o'zgartirishga va miqdoriy o'lchashlar o'tkazishga imkon beradi. Qurilmada yoritgich manbaa sifatida filmoskop - proyektor ishlatiladi. Filmoskop va shayba orasidagi masofani tanlab, aniq va ingichka nurlar olish mumkin ISh BAJARISh TARTIBI 1. Yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonunini tekshirish. Qurilmada faqat bir markaziy tirqish ochiq qoldiriladi va hosil qilingan ingichka nur shayba markazidan o'tgan silindral to'g'ri chiziq bilan solishtiriladi, yorug'lik xaqiqatdan to'g'ri chiziqli tarqalishiga ishonch hosil qilinadi. 2. Yorug'likning qaytish qonunini tekshirish. Shayba markaziga yassi ko'zgu joylashtiriladi va nurning tushish burchaklari o'zgartirilib, qaytish burchaklarini o'lchab, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.05 MB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.05 MB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga