Gidrostatikaning qonunlari va uning texnikada qo'llanilishi

Gidrostatikaning qonunlari va uning texnikada qo'llanilishi

O'quvchilarga / Fizika
Gidrostatikaning qonunlari va uning texnikada qo'llanilishi - rasmi

Material tavsifi

GIDROSTATIKANING QONUNLARI VA UNING TEXNIKADA QO'LLANILISHI REJA: Paskal qonuni. Gidrostatik mashinalar. Tekis sirtga ta'sir qiluvchi bosim. Bosim epyurasi. Arximed qonuni. Jismlarni suyuqlikda suzishi.Suzuvchanlik. 1. Suyuqliklarda bosimning uzatilishi. Paskal qonuni Suyuqlik solingan va og'zi porshen bilan yopilgan idish olamiz. Suyuqlik erkin sirtidagi bosim po bo'lsin. U holda biror A nuqtadagi absolyut bosim pA = p0 + hA ga V va S nuqtalarda esa pV = p0 + hV, rS = r0 + hS ga teng bo'ladi. Agar porshenni VS masofaga (4.1-rasm) siljitsak, u holda suyuqlik erkin sirtidagi bosim ∆p ga o'zgaradi. Suyuqlikning solishtirma og'irligi bosim o'zgarishi bilan deyarlik o'zgarmaydi. Paskal qonunini tushuntirishga doir chizma Shuning uchun A, V va S nuqtadagi bosim quyidagicha bo'ladi: pA = p0 + ∆p + hA, pV= p0 + ∆p + hV, pS = p0 +∆p + hS, Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: suyuqlikka tashqaridan berilgan bosim suyuqliknning hamma nuqtalariga bir xil miqdorda tushadi (uzatiladi). Bu Paskal qonuni sifatida ma'lum ko'pchilik gidromashinalarning tuzilishi va ishlashi ana shu qonunga asoslangan. Paskal qonunining texnikada qo'llanilishi. Gidrostatik mashinalar Gidrostatikaning asosiy qonunlari asosida ishlaydigan mashinalar gidrostatik mashinalar deb ataladi. Ularda bosimning uzatilish qonuni (Paskal qonuni) muhim rol o'ynaydi. Bu mashinalarga gidropresslar, gidroakkumulyatorlar, damkratlar va boshqalar kiradi. Gidropressning sxemasi. Gidroakkumulyatorlar. Gidravlik sistemalarda bosim va suyuqlik sirtini ortib ketishi yoki kamayish hollari bo'ladi. Bunday hollarda bosim va sirtni normallashtirish uchun gidroakkumulyatorlardan foydalaniladi. Ular suyuqlik sirti yoki bosimi ortib ketganda yuqori bosimdagi suyuqlikning bir qismini o'ziga olib sistemadagi bosim va sirtni kamaytiradi, teskari holda esa o'zidagi suyuqlikni sistemaga berish yo'li bilan bosimni va sirtni oshiradi. Gidroakkumulyatorlar, gidrotormozlar, ko'targichlar, presslar, chigirlar va boshqa gidromashinalar ishlatiladi. Pnevmatik gidroakkumulyator sxemasi. Pnevmatik gidroakkumulyator sxemasi ko'rsatilgan. U korpus 1, diafragma 2 dan tuzilgan bo'lib, shtutser 4 orqali gidrosistemaga ulangan bo'ladi. Shtutser 5 gidroakkumulyatorni gaz bilan to'ldirish uchun xizmat qiladi. Shayba 3 esa gazning rezina diafragmani korpusga (akkumulyatorda bosim kamayganda) ezib kuyishidan saqlaydi. Gidromultiplikator chizmasi Bo'shliq 2 dagi chegirma bosimni hisobga olmaganimizda uchinchi bo'shliqdagi bosim quyidagi formula yordamida hisoblanadi: p3 = p1 (D1 d3 ) 2 гmek bu yerda: g-gidravlik qarshiliklarini hisobga oluvchi koeffitsiyent; mek-mexanik qarshiliklarni hisobga oluvchi koeffitsiyent; Gidromultipliqatorlarning sarfi suyuqlik sarfining miqdoriga qarab hisobga olinadi va ular suyuqlik sarfining kichik qiymatlari uchun ishlatiladi. Suyuqlik sarfi katta o'zgarishlarga to'g'ri kelganda bunga qaraganda boshqacharok sxemalar ishlatiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 69.42 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:26 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 69.42 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga