Golografiya haqida tushuncha

Golografiya haqida tushuncha

O'quvchilarga / Fizika
Golografiya haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Golografiya haqida tushuncha Reja: Golografiyaning asosiy xossasi Gologramma Kogerent nurlar dastalarining difraksiya va interferensiya hodisalariga asoslanib yorug'lik to'lqinlarining strukturasini yozib olish va uni (asl) o'z holiga qayta tiklash usuliga golografiya deyiladi. Golografiya degan ibora grekcha «holo» «to'liq» va «graph» «yozaman» so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, u buyumlarni tashqi ko'rinishini «yozib olish»ning maxsus usulini anglatadi. Bu usul 1947 yilda ingliz fizigi D.Gabor tomonidan kashf qilingan. (1971 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan). Golografiyaning mohiyati buyumdan kelayotgan (qaytish yoxud sinish tufayli) nurlanishning to'lqin frontini fotoplastinkaga qayd qilish (yozib olish), so'ng buyumning tasvirini vujudga keltirish maqsadida bu frontni tiklashdan iborat (5-rasm). Golografiyaning fotografiyadan farqi, fotografiyada yoritilgan obyektning ayrim nuqtalaridan qaytgan nurlar fotoplastinka yoxud fotoplyonka tekisligining ayrim nuqtalariga obyektiv yordamida fokuslanadi. Bunda buyum barcha qismlarining tasvirlari ravshan bo'lavermaydi. Fotoapparat biror tekislikka ravshan qilib moslangan bo'lsa, buyumning shu tekislikda yotuvchi nuqtalarining tasvirlari ravshan bo'lib chiqadi. Buyumning bu tekislikdan beriroqdagi yoki nariroqdagi qismlarining tasvirlari esa unchalik aniq bo'lmaydi. Masalan, bino oldida turgan odamning fotografik tasvirida odam gavdasi berkitib turgan bino qismini fotografiyaga turlicha vaziyatlardan qaragan bilan bari bir ko'rib bo'lmaydi. Bundan tashqari binoni odamdan qanchalik uzoqda joylashganligini ham aniqlab bo'lmaydi. Bino va odamning tasvirlari bir tekislikda ko'rinadi. Lekin fotografiyaga qarab biz jismlarning fazodagi joylashuvi to'g'risida tasoavvur hosil qilamiz. Buning sababi - inson miyasi hajmiy buyumlarni ularning yassi tasvirlariga qarab bilib olishga o'rganib qolganligidir. Fotografiyada tasvirlarning yassilik xarakteri quyidagicha tushuntiriladi: fotoplastinkada buyumning ayrim nuqtalaridan qaytgan nurlarning nisbiy intensivliklari qayd qilinadi, xolos. Bu nurlar fazalari orasidagi munosabatni fotoplastinkaning qorayishiga hech qanday ta'siri yo'q. Vaholanki, fazalar orasidagi munosabat buyumning ayrim nuqtalarini fotoplastinkadan uzoqliklariga bog'liqdir. Demak, buyumdan qaytgan nurlarning faqat amplitudalarinigina emas, balki fazalarini ham fotoplastinkada qayd qilish usulini topish lozim. Bu usul golografiyadir. Golografiya to'lqin optikaning asosiy qonunlari - interferensiya va difraksiya qonunlaridan foydalanish asosida vujudga keldi. Fotografiya jismlarning faqat ikki o'lchamli (yassi) tasvirini bersa, golografiya hajmiy (uch o'lchamli) tasvirini interferension manzarasini beradi. Gologramma jismlardan sochilgan kogerent nurlar bilan tayanch to'lqinlar qo'shilishidan hosil bo'ladi. Gologramma (hajmiy tasvir) nur tarqalish yo'nalishi, fazasi, amplitudasi to'lqin uzunligi haqida informatsiya beradi. Gologrammani qayta tiklash uchun yana tayanch to'lqinlariga mos nurlar bilan yoritish lozim, bu holda difraksiyalanuvchi nurlar paydo bo'lib, bizga jismdan sochilgan nurlar nusxasini beradi va kuzatuvchi bu jismning o'zini ko'rayotgandek bo'ladi (5-rasm). rasm. Gologramma olish chizmasi Lazer nuri L linza yordamida kengaytirilib A obyekt va uning yonidagi K ko'zguga yuboriladi. ko'zgudan va buyumdan qaytgan to'lqin kogerent to'lqinlar uchrashib fotoplyonkada gologrammani beradi. Fazoning katta hajmida interferensiya manzarasi bo'lishi uchun jismni faqat kogerent dastalar bilangina yoritish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.97 KB
Ko'rishlar soni 165 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.97 KB
Ko'rishlar soni 165 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga