Gorizontga qiya otilgan jism harakatini o'rganish

Gorizontga qiya otilgan jism harakatini o'rganish

O'quvchilarga / Fizika
Gorizontga qiya otilgan jism harakatini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Laboratoriya ishi. Gorizontga qiya otilgan jism harakatini o'rganish 10-sinf fizika darsligi asosida 8-mavzu: Ishning maqsadi. Jismning uchish uzoqligining otilish burchagiga bog'liqligini tekshirish. Kerakli asbob va jihozlar. Ballistik to'pponcha, metall sharcha, o'lchov lentasi, 2-3 varaq oq va qora qog'oz (kopirovka). Ishni bajarish tartibi. 1. Ballistik to'pponcha laboratoriya stoli chetiga o'rnatiladi (1.13-rasm). 2. Ballistik to'pponchaning qiyalik burchagini 30° qilib tutqich ga mahkamlanadi (Qiyalik burchagi to'ppon chaga mahkamlangan transportir yordamida aniqlanadi). 4. Metall sharcha stvol ichiga joylashtiriladi. 3. Tutqich orqaga tortiladi va uni stvol ilgagiga kiritiladi. 5. Tutqichni ilgakdan chiqarib yuboriladi va sharchaning tushish joyi aniqlanadi. 6. Tajriba yuqoridagidek kamida 3 marta takrorlanadi. 7. Ballistik to'pponchaning qiyalik burchagini 45° ga qo'yib tajribani takrorlanadi. 8. Hisoblangan kattaliklar qiymati quyidagi jadvalga yoziladi. Gorizontga nisbatan qiya otilgan jism harakatining trayekto riyasi qanday bo'ladi? Gorizontga nisbatan qiya otilgan jismning uchish uzoqligi qanday kattaliklarga bog'liq? υ0 boshlang'ich tezlik bilan burchak ostida otilgan jismning tushayotgan payt dagi tezligi qanday bo'ladi va gorizont bilan qanday burchak tashkil qiladi? Tajribada olingan natijalarga ko'ra uchish uzoqligi va uchish vaqtining qiymati otilish burchagiga bog'liqligini tahlil qiling. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 644.37 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:26 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 644.37 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga