Gravitatsion doimiylikni aniqlash

Gravitatsion doimiylikni aniqlash

O'quvchilarga / Fizika
Gravitatsion doimiylikni aniqlash - rasmi

Material tavsifi

Gravitatsion doimiylikni aniqlash Reja: Butun olam tortishish qonuni; Kavendish tajribasi; Rixars tajribasi; Tortishish maydoni kuchlanganligi va potensiali; Kosmik tezliklar. Ekvuvalentlik prinsipi. Butun olam tortishish qonuni: Barcha planetalar o'z orbitalari bo'ylab, ma'lum bir tezlikda aylanayotganliklarini hozirgi kunda hamma ham yaxshi biladi. Ular: 1) Bir-biriga tortilib, to'qnashib ham ketmaydi. 2) Bir-biridan uzoqlashib ham ketmaydi. 1-rasm. Yerning Quyosh atrofida aylanishi Bir-birlariga yaqinlashmasligiga sabab, ular muttasil orbitaviy harakatda bo'lganlari uchun, markazdan qochma kuch ostida uzoqlashishga harakat qilishadi. Ammo uzoqlashib ham keta olmaydi. Bu holatni mashhur fizik olim I. N'yuton «Butun olam tortishish qonuni» deb ataluvchi qonunida quyidagicha ifoda etadi: (3-1). Ya'ni, ikki jism orasidagi o'zaro tortishish kuchi, ularning massalari ko'paytmasiga to'g'ri proporsional va ular orasidagi masofalar kvadratiga teskari proporsionaldir. Demak, barcha planetalar orasida shunday bir o'zaro tortishish kuchi va markazdan qochirma kuch mavjudki, ular ana shu kuch ostida bir birlaridan uzoqlashib ham keta olmaydilar yaqinlashib ham qolmaydilar. Borliq o'zaro juft, ammo bir biriga qarama-qarshi bo'lgan kuch ostida muvozanatdadirlar. Ta'sirlashuv vaqtida birinchi jism ikkinchi jismni qanday kuch bilan tortsa, ikkinchi jism ham birinchi jismni xuddi shunday kuch bilan tortadi. Masalan, Yerning massasi Oyning massasidan 81 marta katta bo'lgani bilan Yer Oyni tortadigan kuch Oy Yerni tortadigan kuchga teng. Faqat ularning yo'nalishlari qarama-qarshi bo'ladi. Yer sirtida yotgan toshning har bir zarrachasi Yer sharining hamma zarrachalari tomonidan tortilib turadi. Bu kuchlarning teng ta'sir etuvchisi Yerga nisbatan toshning og'irligini belgilaydi. Shunga o'xshash Oyning har bir zarrasi Yerning har bir zarrasiga tortilib turadi. Bu kuchlarning teng ta'sir etuvchisi Oy bilan Yerning bir-biriga tortilish kuchidir. Ana shu tortilish kuchi Oyni Yer atrofida ushlab turadi. Agar bu kuch birdaniga yo'qolganda edi, Oy o'z orbitasiga o'tkazilgan urinma bo'yicha orbitadan chiqib ketar edi. Olamning bu darajada aniq hisob-kitob bilan yaratgan va idora etgan Alloh buyukdir. Demak tabiatdagi har bir narsaga ibrat nazari, tafakkur ko'zi bilan qaramoqligimiz lozim bo'ladi-ki, buning natijasida bu olam behuda, hisob-kitobsiz emas, balki aniq bir qonuniyat ostida yaratilganligini anglab yetamiz. Butun tabiat bahramand bo'ladigan yorug'lik nurining o'ziga ham Alloh taolo ikki xil xususiyat ato etibdi: 1) Yorug'lik - to'lqin kabi tarqalish xususiyatiga ega. Bu nazariya N'yuton va uning izdoshlariga tegishli. 2) Yorug'lik - xuddi zarrachalar oqimi kabi sochilish xususiyatiga ham ega. Bu nazariya esa Gyuygens va uning izdoshlariga tegishlidir. Jismlarning Yerga tushishiga sabab Yer sharining tortish kuchi ekanligi haqidagi fikr yangilik bo'lmagan: buni qadimgilar ham, masalan Platon bilgan. Lekin bu tortishish kuchini qanday o'lchash kerak? Yer sharining hamma joyida u kuch bir xilmi? - ushbu savollar, Butun olam tortishish qonuni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 179.89 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 179.89 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga