Harakat qonunlarining aylanma harakatga tatbiqi

Harakat qonunlarining aylanma harakatga tatbiqi

O'quvchilarga / Fizika
Harakat qonunlarining aylanma harakatga tatbiqi - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 22-mavzu: Harakat qonunlarining aylanma harakatga tatbiqi Markazga intilma kuch Aylana bo'ylab bir xil tezlikda harakat qilayotgan jismning chiziqli tezligi turli vaqtda turli yo'nalishga ega bo'lganligi sababli jism tezlanishga ega bo'ladi. Bunday tezlanishni markazga intilma tezlanish (ai) deb atagan edik. m massali sharcha R uzunlikdagi ipga bog'langan holda υ chiziqli tezlik bilan aylantirilayotgan bo'lsin (76-rasm), bunda sharcha olgan ai markazga intilma tezlanishi quyidagicha ifodalanishini bilamiz: Jism harakatidagi har qanday tezlanishni faqat kuch yuzaga keltiradi. Aylanma harakatda tezlanish qanday kuch ta'sirida sodir bo'ladi? Aylanma harakatda tezlanish jismning aylanish markaziga yo'nalganligini bilamiz. Aylanma harakatda jismga ta'sir etayotgan kuch ham tezlanish yo'nalishida, ya'ni aylanish markaziga intilgan bo'ladi. Demak, jism aylanma harakat qilishi uchun unga doimo aylana markaziga yo'nalgan kuch ta'sir etib turishi kerak ekan. Agar bu kuch bo'lmasa, jism yana to'g'ri chiziqli tekis harakatini davom ettiradi. Jismni aylanma harakat qildiruvchi kuch markazga intilma kuch deb ataladi va uni Fi bilan belgilaymiz. Nyutonning ikkinchi qonuniga binoan Fi = mai ekanligidan: Jismga ta'sir etayotgan markazga intilma kuch jismning massasiga va chiziqli tezligi kvadratiga to'g'ri proporsional, aylanish radiusiga esa teskari proporsionaldir. Ipga bog'langan sharchani aylantirganimizda biz unga iр orqali ta'sir etamiz (76-rasm). Ip sharchani Fi kuch bilan markazga tortib turadi. Sharchaning chiziqli tezligi υ aylanaga urinma, ya'ni markazga intilma kuchga perpendikulyar ravishda yo'nalgan bo'ladi. Markazdan qochma kuch Nyutonning uchinchi qonuni aylanma harakat uchun ham o'rinlidir. Aylanma harakat qilayotgan sharchaga ta'sir etayotgan markazga intilma kuchga miqdor jihatdan teng va unga qarama-qarshi yo'nalgan kuch mavjud. Bu kuch markazdan qochma kuch deb ataladi. Markazdan qochma kuch Fq markazga intilma kuch Fi kabi quyidagicha ifodalanadi: Markazdan qochma kuch formulasi markazga intilma kuch formulasi bilan bir xil, lekin ular qarama-qarshi yo'nalgan bo'ladi. Ya'ni: Chelakchaning yarmigacha suv solib, uni boshimiz uzra tez aylantirganimizda, suv to'kilmaydi. Aylanma harakat qilayotgan chelakcha va suvga ta'sir qiluvchi markazdan qochma kuch tufayli suv aylana markazidan qochadi, ya'ni idish tubiga qarab harakat qiladi, buning natijasida u to'kilmaydi. Markazdan qochma kuchning mavjudligidan turmushda foydalaniladi. Masalan, yuvilgan kiyim maxsus quritish barabaniga solinib, katta tezlik bilan aylantiriladi. Markazdan qochma kuch ta'sirida kiyimdagi suv zarrachalari barabanning to'r shaklidagi devorlaridan otilib chiqib, kiyim quriydi. Shuningdek, sut separatori yordamida sutdan qaymoq ajratib olinadi. Bunda separator barabani katta tezlikda aylanishi natijasida uning ichidagi sut ikki qismga ajraladi. Markazdan qochma kuch ta'sirida og'ir yog'siz sut chiqib ketadi va maxsus idishga yig'iladi. Baraban markazida esa yog'li yengil sut (qaymoq) qoladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 959.07 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:27 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 959.07 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga