Harakatlanayotgan zaryadlar va tokli o'tkazgichlarga magnit maydonining ta'siri

Harakatlanayotgan zaryadlar va tokli o'tkazgichlarga magnit maydonining ta'siri

O'quvchilarga / Fizika
Harakatlanayotgan zaryadlar va tokli o'tkazgichlarga magnit maydonining ta'siri - rasmi

Material tavsifi

harakatlanayotgan zaryadlar va tokli o'tkazgichlarga magnit maydonining ta'siri Reja: Magnit maydon Magnit induksiyasi. Lorents kuchi Amper qonuni harakatlanayotgan zaryadlar va tokli o'tkazgichlarga magnit maydonining ta'siri Kattiq, suyuq va gazsimon jismlarning elektr o'tkazuvchanligini va o'zgarmas tok asosiy qonunlarini o'rganish bilan shug'ullanganimizda, biz, tokli o'tkazgichlarning ichida sodir bo'ladigan jarayonlarni ko'rib chiqish bilan cheklandik. Lekin bu bilan, elektr toki o'tishiga bog'liq hamma hodisalar tugab qolmaydi. Tokli o'ikazgichlar va doimiy magnitlar atrofida magnit maydon borligini va uni, harakatlanayotgan zaryadlarga, boshqa tokli o'tkazgichlarga va doimiy magnitlarga kuch bilan ta'sir qilishi bo'yicha bilib olish osonligini tajribalar ko'rsatgan. Magnetizim haqida elementar ma'lumotlar o'rta maktab fizika kursidan malum, masalan, hamma doimiy magnitlar (yassi, taqsimon va magnit strelkalar) ikkita turli ismli qutiblarga ega: shimoliy va janubiy. Bir imsli qutblar o'zaro itarishishadi, turli ismlilari esa tortishishadi. Shu sababli doimiy magnitlar, ularning yaqiniga og'irlik markazi atrofida erkin aylana oladigan qilib joylashtirilgan magnit strelkaga orientatsiyalovchi ta'sir ko'rsatadi. Yer sharining turli nuqtalarida bunday magnit strelkalarning xatti-harakatlarini tadqiq qilish Yer magnit maydoniga ega ekanligi haqidagi xulosaga olib kelgan. Bu maydon asosan Yerning suyuq metall yadrosida sodir bo'ladigan jarayonlar bilan bog'liq. Yer magnit qutblari uning geografik qutblari bilan ustma-ust tushmaydi. Yerning shimoliy geografik qutbi yaqinida uning janubiy magnit qutbi yotadi, shu bilan birga Yer aylanish o'qi bilan uning magnit qutblarini tutashtiruvchi chiziq orasidagi burchak 11.50. Tajribalarning ko'rsatishicha, doimiy magnit maydoni harakatsiz elektr zaryadlangan zarracha va jismlarga ta'sir etmaydi. O'z navbatida bu zarracha va jismlar ularning yaqiniga joylashtirilgan magnit strelkaga ham ta'sir etmaydilar, yani ular magnit maydon hosil qilmaydilar. Elektromagnit hodisalarni tadqiq qilish daniyalik fizik X.Ersted (1820) tajribasidan boshlangan. To'g'ri chiziqli gorizontal o'tkazgichdan o'zgarmas I tok o'tkazilganda, uning ostida joylashgan magnit strelka, o'zining vertikal o'qi atrofida, tokli o'tkazgichga perpendikulyar turib qolishiga intilib buriladi (21.1-rasm). Yer magnit maydonining ta'siri qanchalar kuchsiz, tok kuchi qanchalar katta bo'lsa, magnit sirelkaning o'qi shunchalar aniq shu yo'nalish bilan mos keladi. O'tkazgichdagi tok yo'nalishi o'zgarganda elektr toki ta'sirida strelka shimoliy qutbining aylanishi yo'nalishi qarama-qarshisiga o'zgarishini Erited aniqladi. Keyinchalik, turli-tuman shakldagi o'tkazgichlardan o'tayotgan elektr toklarining magnit strelkasiga ta'siri tajribalarida tadqiq qilingan. 'amma hollarda tokli o'tkazgichlar magnit strelkasiga orientatsiyalovchi ta'sir ko'rsatgan. Shunday qilib quyidagi xulosani qilish mumkin: O'tkazgichdan elektr toki o'tganda uning atrofida, unga joylashtirilgan magnit strelkaga ta'sir etuvchi magnit maydoni paydo bo'ladi. O'tkazgichdagi tok elektr zaryadlarining tartibli harakatidan iborat. Shuning uchun yuqorida keltirilgan tajribalarga asoslanib, har qanday harakatlanayotgan zaryad atrofida magnit maydon mavjud deb aytish tabiiydir. Bunda o'tkazgich materiali va uning o'tkazuvchanligining xarakteri (elektron yoki ion), hamda unda sodir bo'layotgan jarayonlar (masalan, qizish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 145.92 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 145.92 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga