Harakatlanuvchi jismlarda yorug'likning tarqalishi. Fizo va Maykelson tajribasi

Harakatlanuvchi jismlarda yorug'likning tarqalishi. Fizo va Maykelson tajribasi

O'quvchilarga / Fizika
Harakatlanuvchi jismlarda yorug'likning tarqalishi. Fizo va Maykelson tajribasi - rasmi

Material tavsifi

harakatlanuvchi jitsmlarda yorug'likning tarqalishi. Fizo va maykelson tajribasi RYeJA: Olam efiri haqida. Efir haqida Frenel, Gerts, Lorentslarning fikrlari. Fizo tajribasi va undan kelib chikadigan xulosalar. Maykelson tajribasi va undan kelib chikadigan xulosalar. Efir haqida natijaviy xulosalar. Bizga malumki, mexanikada to'lqinlar biror muhit ichida takaladi. yorug'lik xam to'lqin tabiatga ega bo'lgani uchun olamni tuldirgan qandaydir muhitda tarkaladi degan fikr tug'ilgan. yorug'likning turli muhitlarda tarqalishini o'rganish elektromagnit to'lqinlar tarkalayotgan muhitning harakatlanayotgan jismlar , yani harakatlanayotgan manba va kuzatuchilar bilan o'zaro ta'siri haqidagi masalani kuyilishiga olib keladi. Bu masalani bir muncha boshqacharok yani, muhitning harakati yorug'lik tezligiga qanday ta'sir qiladi. Degan tarzda xam kuyish mumkin. yorug'lik nazariyasini yaratuvchilar : Guk, Gyuygens, keyinchalik Frenel va boshqalar davrida boshlabok . yorug'lik butun olam fazosini koplagan juda yo'pka maxsus materiyada tarkaladi, degan tasavvur urnashib kolgan edi. Bu muhit olam efiri deb ataldi. Maksvell tomonidan yorug'likning elektromagnit nazariyasi yaratilgandan sung efir elektromagnit to'lqinlari, xususan, yorug'lik to'lqinlari tarkaladigan muhitdan iboratdir deb kabul qilingan edi. Efir haqida xilma - xil fikrlar paydo bo'lgan bo'lib, Frenel quyidagi fikrni aytdi: efir kuzga kurinmas , u harakatlanuvchi jismlarga ilashmaydi, balki ulardan erkin utib ketaveradi , ammo efir juda zich bo'lganligi uchun harakatdagi jismlarga kisman ergashadi. Gerts - efir harakatlanuvchi jismlarga tulik ergashadi degan qarama -qarshi fikrni aytdi. Lorents esa elektron nazariyani yaratib, efir mutlako kuzgalmas degan xulosaga keldi. Bu fikrlardan kaysi biri to'g'ri ekanini fakat tajriba xal qilishi mumkin edi xolos. Bunday tajribani birinchi bo'lib Fizo 1851 yilda tajriba kildi (93 - rasm). Fizo tajribasi. yorug'lik I manbadan yorug'lik taksimlovchi S ko'zguga tushadi, natijada 1 va 2 ikkita nurga ajraladi. Bunda 1 nur S1 ko'zguga, 2 nur esa S2 ko'zguga boradi. Bu ko'zgulardan kaytgandan sung xar ikkala nur o'z yo'lidan bora turib, M nay R prizma va N naydan ketma-ket utadi ( 2 nur teskari yo'nalishda boradi) va S1 hamda S2 ko'zgulardan yana bir marta kaytib, S ko'zgudan utib (2 nur) yoki kaytib (1 nur) kuzatuvchi qurilmaning L linzasiga bitta nur sifatida boradi. Linzadan utib nurlar interferension manzara hosil qiladi. Umuman olganda L linza bo'lishi shart emas, chunki interferensiya busiz xam kuzatilishi mumkin. M va N naylar orqali a, v, s, d, e, f strelkalar bilan ko'rsatilgan yo'nalishda suv aylanib turadi. Natijada I yorug'lik nuri doimo suvning harakati buylab, 2 yorug'lik nuri esa xar ikki nayda xam suv harakatiga teskari boradi. Tajribaning ko'rsatishicha, suvning harakati interferensiya polosalarining siljishini yuzaga keltiradi, bu esa suv harakatining yorug'likning tarqalish tezligiga ta'sir qilishini bildiradi. Bu tajribani ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.61 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.61 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga