Harakatlanuvchi muhit optikasi va nochiziqlik jarayonlar yorug'lik va maxsus nisbiylik nazariyasi Reja: 1. Harakatlanuvchi muhit tushunchasi 2. Harakatsiz efir tushunchasi 3. Maykelsonning interferension tajribasi 4. Maxsus nisbiylik nazariyasi postulatlari XIX asrning oxirlariga kelib fizika sohasida mukammal va jiddiy nazariyalar va yutuqlar juda ko'p edi. Bu nazariyalar o'zlarining yaratilishlariga asos bo'lgan hodisalarni to'la miqdoriy tushuntirdilar va bir nechta differensial tenglamalarda ular haqidagi ma'lumotlarni umumlashtirdilar, lekin ko'p o'tmay bu nazariyalarning qo'llanish doirasi juda keng ekanligi ma'lum bo'ldi. Jumladan ilgari elektromagnetizm bilan aloqador bo'lmagan butunlay mustaqil fizikaviy fan bo'lgan optika qonunlarini elektromagnit maydon nazariyasi asosida keltirib chiqarishga erishildi. Lekin klassik mexanika mikrozarralar harakati va o'zaro ta'sirini tavsiflay olmadi. Xuddi shuningdek Maksvell nazariyasi elektromagnit maydon va modda atomlari orasidagi energiya almashinuvi bilan bog'lik bo'lgan hodisalarni tushuntirishda ojizlik qildi. XX asrning dastlabki 10 yilliklarida Nyuton mexanikasi va Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasi boshqa masalalarni ham hal qilishga qodir emasligi ayon bo'ldi. Yadro ichida ta'sir etuvchi juda kichik ta'sir radiusiga ega bo'lgan o'ta intensiv kuchlar (tortishish)ning mavjudligi ko'rsatildi. Bu kuchlar elektromagnit kuchlarga ham, gravitatsiya kuchlariga ham o'xshamasdi. Taxminan shu davrda tajribalar asosida yorug'lik tezligi yerning harakatiga bog'liq emas ekanligi aniqlandi. Shunday qilib, XIX asr oxirida fizika deb ataladigan muhtasham binoning bitishiga faqatgina ba'zi sayqal berishlargina yetishmaydi deb hisoblanardi. Lekin bunday sayqal berishlar bu bino asosini tashkil qiluvchi asosiy qonunlar obrusiga soya tashladi. Haqiqatda hodisalar rivojlanishi oddiy emas edi. Bu muammolar XX-asrning boshlariga kelib ikkita yangi revolyutsion nazariyalar, nisbiylik nazariyasi va kvant nazariyasini yaratilishi bilan yechildi va bizni tabiat to'g'risidagi tasavvurlarimizni tubdan o'zgartirib yubordi. Fizika XIX asrning, oxirigacha qanday ko'rinishda ma'lum bo'lsa, shunday ko'rinishda mumtoz fizika deb atash qabul qilindi. Fandagi revolyutsiyalar hisobiga XX asrning boshida paydo bo'lgan yangi fizika zamonaviy fizika deb ataladigan bo'ldi. Zamonaviy fizikaning asoschilari M.Plank va A.Eynshteynlardir. Bu bo'limda 1905 yilda A.Eynshteyn asos solgan maxsus nisbiylik nazariyasi va yorug'lik tushunchalariga to'xtalamiz va asosan harakatdagi muhitlar optikasini tushunishga harakat qilamiz. Bu muammoni tekshirishda yorug'lik manbai va yorug'likni qayd qiluvchi asboblarning yorug'lik tarqalayotgan muhitga nisbatan harakatini aniqlab bo'ladimi yoki manba bilan qayd qiluvchi asbobning bir-biriga nisbatan harakatinigina aniqlab bo'ladimi, degan savolga beriladigan javob muhim ahamiyatga ega. Bu masala harakatlanayotgan muhitlar optikasining (va elektrodinamikasining) umumiy masalasidir. Bu masala katta prinsipial ahamiyatga ega, chunki ko'pchilik tajribalarimiz Yer ustidagi laboratoriyalarda, ya'ni boshqa samoviy jismlarga nisbatan harakatlanayotgan sistemada o'tkaziladi. Bu faktning kuzatilayotgan hodisalar kechishiga ta'sir qilish-qilmasligini va ta'sir qilsa, bu ta'sirning qanday bo'lishini bilish muhimdir. Fizika qonunlari, jumladan Nyuton mexanikasi qonunlari va xususan inersiya qonuni tekshirilayotgan hodisalarning qanday real sharoitda ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
81.09 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
81.09 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:27 ]
Arxiv ichida: doc