Harakatning nisbiyligi

Harakatning nisbiyligi

O'quvchilarga / Fizika
Harakatning nisbiyligi - rasmi

Material tavsifi

harakatning nisbiyligi N yuton mexanikasi va nisbiylik nazariyasi Maxsus nisbiylik nazariyasi 1905 yilda A. Eynshteyn (1879- 1955) tomonidan yaratildi. Bu nazariya fakat inertsial sanoq sistemalarida, ya ni bir-biriga nisbatan to'gri chiziqli tekis harakatlanaetgan sanoq sistemalarda yuz beradigan tabiat hodisalarini o'rganadi. Shuning uchun xam bu nazariyaga maxsus nisbiylik nazariyasi deyiladi. Eynshteynning bu nazariyasi N yuton mexanikasining fazo, vaqt, massa kabi fizikaviy tushunchalar to'grisidagi tasavvurlarini tubdan o'zgartirib yuboradi. XX asr boshlarigacha tabiat hodisalarini izoxlash uchun mexanikaviy qonuniyatlarni tadbiq etish muvaffakiyatlari shu qadar kuchli ediki, o'sha vaqtda olimlar xar qanday fizikaviy hodisalarni (issiqlik, elektr, ero'g'lik) mexanikasi asosida izoxlab hodisalarning mexanik modelini yasash mumkin deb o'ylardilar. Ammo elektromagnit hodisalarni, jumladan ero'g'lik hodisalarini mexanika asosida izoxlashga urinish muvoffakiyatsiz bo'lib chikdi va bu nuqtai nazardan voz kechishga to'gri keldi. Klassik mexanikaga asosan barcha fizikaviy jaraenlar fazoda va vaqtda yuz beradi, bunda fazo va vaqt absolyut deb karaladi. Garchi jismlarning harakati doimo fazoda sodir bo'lsada, jismlar fazoning xossalari (izotroplik, bir jinslilik) ga xech qanday ta sir ko'rsatmaydi, demak, fazo o'z-o'zicha materiyasiz mavjud bo'la oladi. N yuton dinamikaning asosiy qonuni (F q ma) ni absolyut deb hisoblanadi, chunki bu qonun absolyut fazodagi harakatni tasvirlaydi. Klassik mexanikada materiyaga va uning harakatiga bog'liq bo'lmagan, doimo bir tekis va bir xil o'tadigan yagona, duneviy vaqt, absolyut vaqt mavjud deb kabul kilinadi. Shunday qilib, fazo va vaqt bir - biridan ajratib ko'yiladi. Ammo klassik mexanikaning fazo va vaqt, massa, tezliklar haqidagi bunday qarashlari xakikatga to'g'ri kelmay koldi. Tajribalar (A. Maykel sonning ero'g'lik tezligini aniqlash bo'yicha) tekshirishlar (G. Lorentsning katta tezlikli elektronlar harakatiga doir) asosida yaratilgan zamonaviy ilmiy tasavvurlar (A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi) butunlay boshqa narsani ko'rsatadi. Birinchidan, fazo va vaqt qandaydir mustaqil negizlar emas, balki materiyaning umumiy va ajralmas xossalaridir, ya ni materiyaning yashash shaklidir. Fazo ayni bir paytda yuz bergan tabiat hodisalarining o'zaro joylashuv tartibini va jismlarning o'lchovi mavjudligini ifodalaydi. Vaqt esa bir-birini o'rnini olaetgan hodisalarning izma-iz kelish tartibini, davom etish muddatini ifodalaydi. Shunday qilib, fazo va vaqt o'lchanuvchan kattaliklardir. hozirgi zamon tasavvurlariga ko'ra, fazo uch o'lchamli (uzunligi, eni, balandligi), vaqt esa fakat bir o'lchamlidir. Ular birlikda turt o'lchamli sistemadir. Ikkinchidan, jismlarning eki jism zarralarining harakati ero'g'lik tezligi (300 kms) ga teng eki undan katta bo'lishi mumkin emas. eruklikning vakuumdagi tezligi tabiatda eng katta, ya ni chegaraviy tezlik bo'lib, ero'g'lik zarralari- fotonlar shu tezlik bilan vakuumda harakatlanaoladi. Uchinchidan, jismning massasi uning o'zgarmas kattaligi emas, u jismning harakat tezligiga karab uzgaradi. Shunday qilib, yuqorida baen etilgan hodisalarni tushuntira oladigan va klassik tasavvurlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 75.63 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 75.63 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga