I va II tur fazoviy o'tishlar

I va II tur fazoviy o'tishlar

O'quvchilarga / Fizika
I va II tur fazoviy o'tishlar - rasmi

Material tavsifi

I va II tur fazoviy o'tishlar Reja: Qattiq holatga o'tish Holat diagrammasi. Uchlanma nuqta Birinchi va ikkinchi tur fazoviy o'tishlar Qattiq geliy Xulosa Biz suyuq gazsimon holatlarning qattiq holatga o'tishi, ya'ni kristallanish va aksincha o'tish -erish va qaynashni ko'rdik. Avval VII bobda suyuqlikning bug'ga o'tishini- bug'lanishni va aksincha o'tish- kondensatsiyani ko'rdik. Bu barcha fazaviy o'tishlarda jism yoki tegishli o'tishning yashirin issiqligi (Erish isiqqligi, bug'lanish issiqligi va h.k) sifatida energiya ajratadi yoki energiya yutadi. Energiyaning yoki energiya bilan bog'lik bo'lgan boshqa kattaliklar, masalan, zichlikning sakrashsimon o'zgarishi bilan bo'ladigan fazaviy o'tishlar birinchi tur fazaviy o'tishlar deb ataladi. Birinchi tur fazaviy o'tishlar uchun modda xossalarining sakrashsimon, ya'ni juda qisqa temperaturalar intervalida o'zgarishi xarakterlidir. Binobarin, aniq o'tish temperaturasi yoki o'tish nuqtasi haqida , masalan, qaynash nuqtasi, erish nuqtasi va xokazo haqida gapirish mumkin. Fazaviy o'tishlar temperaturalari tashqi parametr - p bosimga bog'liq; berilgan temperaturada o'tish sodir bo'ladi. Fazaviy muvozanat chizig'i bizga ma'lum bo'lgan Klapeyron-Klauzius tenglamasi bilan ifodalanadi: , bu yerda L-o'tish molyar issiqligi, V1 va V2 har ikkala fazaning molyar hajmlari. Birinchi tur fazaviy o'tishlarda yangi faza birato'la butun hajmda paydo bo'lmaydi. Dastlab yangi fazaning markazlari hosil bo'lib so'ngra ular o'sib butun hajmga tarqaladi. Markazlarning hosil bo'lish protsessi bilan suyuqlikning kondensatsiyasida duch kelgan edik. Kondensatsiya uchun chang zarralari, ionlar va hokazo ko'rinishida kondensatsiya markazlari bo'lishi zarur. Xuddi shuningdek, suyuqlikning qotishi uchun kristallanish markazlari bo'lishi zarur.Bunday markazlar bo'lmaganida bug' va suyuqlik o'ta sovigan holatda bo'lishi mumkin. Masalan, -100 S temperaturada ham, agar suv toza bo'lsa, uzoq muddat muzlamasligini kuzatish mumkin. Biroq shunday fazaviy o'tishlar ham bo'ladiki, ularda aylanish butun hajmda kristall panjaranining uzluksiz o'zgarishi, ya'ni panjarada zarralarning o'zaro qayta joylashishi natijasida darhol ro'y beradi. Bu ma'lum temperaturada panjara simmetriyasining o'zgarishi, masalan, past simmetriyali panjaraning yuqori simmetriyali panjaraga aylanishiga olib kelishi mumkin. Bu temperaturada fazaviy o'tish ikkinchi tur fazaviy o'tish deb ataladi. Ikkinchi tur fazaviy o'tish sodir buladigan bu temperatura Kyuri nuqtasi deb ataladi. Bu birinchi marta ferromagnetiklarda ikkinchi tur fazaviy o'tishlarini kashf qilgan olim Per Kyuri sharafiga shunday deb atalgan. Holat bunday uzluksiz o'zgarganida o'tish nuqtasida ikki turli fazaning muvozanati bulmaydi, chunki o'tish butun hajmda birdaniga sodir bo'ladi. Shuning uchun o'tish nuqtasida U ichki energiyaning sakrashi xam ro'y bermaydi. Demak, bunday o'tishda o'tish yashirin issikligining ajralishi xam, ro'y bermaydi. Birok o'tish nuqtasidan yuqori va past temperaturada modda turli kristall modifikatsiyali bo'lgani uchun ularning issiqlik sig'imi turlicha bo'ladi. Demak, fazaviy o'tish nuqtasida issiqlik sig'imi, ya'ni ichki energiyadan vaqt bo'yicha olingan hosilasi sakrashsimon o'zgaradi. Garchi o'tish nuqtasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.79 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.79 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga