Ichki kuchlar va ularni aniqlash metodi Reja: 1. Kuchlanishlar. 2. Deformatsiya turlari tashqi kuchlar ta'siridan mashina va inshoat qismlarining kesimlarida hosil buladigan kuchlarga ichki kuchlar deyiladi. Ichki kuchlar - jismni hosil qiluvchi zarrachalar orasidagi o'zaro ta'sir kuchlar va tashqi kuch ta'sirida hosil buladigan qo'shimcha ichki kuchlardan iboratdir. qo'shimcha ichki kuchlar jismning deformatsiyalanishida, zarrachalarning bir-biridan kochishiga yoki o'zaro yaqinlashishiga qarshilik kursatuvchi zarrachalar muvozanatini saklovchi kuchlardir. Bu qo'shimcha ichki kuchlar materiallar qarshiligi fanida ichki kuch yoki zurikish kuchi deb nomlanadi. Materiallar qarshiligi fanining asosiy vazifasi shu ichki kuchni (zurikish kuchini) topishdan iboratdir. Brus tashqi va ichki kuch ta'sirida bo'lib (deformatsiyalangan vaqtda) muvozanat holatini saklaydi. Agar ichki kuch tashqi kuchdan ortib ketsa, brus muvozanati buziladi va brus shu kesimda (ichki kuch katta qiymatga erishgan kesim) uziladi yoki sinadi. Kirkilgan kesim yuzada 6 xil yo'nalishda ichki kuch sodir bo'ladi. (1 - 4 shakl) Brusning xafsizligini ta'minlash uchun ichki kuchni topish va tashqi kuch bilan bog'lanishini o'rganish talab kilinadi. Ichki kuchni topish uchun materiallar qarshiligi fanida kirkish metodi kullaniladi. Kirkish metodi yordamida chuzilayotgan yoki sikilayotgan, buralayotgan, egilayotgan va boshqa bruslarning ichki kuchlari topiladi. Masalan bizga berilgan bir qattiq jism. U tashqi kuchlar R1 R2 R3 Rp ta'sirida muvozanatda bulsin. Jismning A nuqtasidagi ichki kuchni topish talab etiladi. (1,5 - shakl, a) Buning uchun jismni shu A nuqtadan utuvchi tekislik bilan 2 bo'lakka fikran kirkamiz, sungra 1 - bo'lagini olib kolib muvozanatini tekshiramiz (II - kism tashlab yuboriladi). Shunday karaganda I - kism muvozanati buziladi. I kismning muvozanatini saqlash uchun ikkinchi tashlab yuborilgan kismning I - kismga ta'sirini kuch bilan almashtirib tekshirilayotgan I - kism kesmasiga kuyish kerak. (2,5 shakl, b). Kesmaga qo'yilgan kuchga ichki kuch deyiladi. Shunda I kism tashqi R1 R2 va ichki SDQ kuch ta'sirida muvozanatda bo'ladi. Ichki DQ kuchlar xar tomonga, tekislikka tik, urunma, aylanma va boshqa yo'nalishda bo'lishi mumkin. Masalani osonlashtirish uchun DQ kuchlarni bitta teng ta'sir etuvch Q ga keltirib A nuqtasiga kuyamiz. A nuqtaga Q kuchini kuygandan sung qattiq jismning I bo'lagiga ta'sir qilayotgan kuchlar (bizning misol uchun) R1 R2 tashqi kuch va ichki kuchdan iborat bo'ladi va shu kuchlar ta'sirida muvozanatda turadi. Statikaning muvozanatlik tenglamasidan foydalanib, nomalum Q ni topamiz. Agar jismning I kismiga ta'sir qilayotgan xamma kuchlar bir tekislikda bulsa, statikaning quyidagi tekis sistema uchun berilgan Z ta tenglamasidan foydalanish mumkin. SX=0, SY=0, SM0=0 Agar ta'sir qilayotgan kuchlar bir tekislikda yotmasa, fazoviy sistema uchun berilgan 6 ta muvozanatlik tenglamasidan foydalaniladi. SX=0, SY=0, SZ=0 SMx=0, SMy=0, SMz=0 ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.1 KB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.1 KB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:27 ]
Arxiv ichida: doc