Ideal suyuqlik harakati uchun bernulli tenglamasi Gidrodinamikaning asosiy tenglamasi bo'lgan Bernulli tenglamasi turg'un harakatdagi ideal suyuqlik oqimining ixtiyoriy ko'ndalang kesimidagi umumiy bosimni tavsiflaydi. Ushbu tenglama ideal suyuqlik harakati uchun eyler differensial tenglamasidan keltirib chiqariladi va quyidagicha yoziladi: z - gorizontal tekislikdan suyuqlik oqimi ko'ndalang kesimi markazigacha bo'lgan masofa; m; R - ko'ndalang kesim yuzasiga ta'sir qilayotgan bosim, Pa; - suyuqlik zichligi (kgm3) va o'rtacha harakat tezligi (ms); - erkin tushish tezlanishi, . (3.37) tenglamaning chap tomonidagi kattaliklar yig'indisi () umumiy gidrodinamik bosim deb ataladi. Ushbu tenglamadan ko'rinib turibdiki, ideal suyuqliklar uchun trubaning ixtiyoriy ko'ndalang kesimida yoki istalgan nuqtalarida umumiy gidrodinamik bosim o'zgarmaydi. Tenglamaning birinchi hadi (z) geometrik bosim (yoki nivelir balandlik), ikkinchi hadi statik (p'ezametrik) bosim, uchinchi hadi dinamik bosim (yoki tezlik bosimi) deyiladi. Bernulli tenglamasiga binoan, ideal suyuqliklarning turg'un harakatida geometrik, statik va dinamik bosimlar yig'indisi suyuqlikning bir trubadan ikkinchisiga o'tganida o'zgarmaydi (rasm), ya'ni Bernulli tenglamasi energiya saqlanish qonunining xususiy ko'rinishi bo'lib, oqimning energetik balansini belgilaydi. Haqiqiy suyuqliklarda ichki ishqalanish kuchi mavjud bo'lgani sababli suyuqlik trubalarda oqayotganda bir qism bosim bu kuchni engish uchun sarf bo'ladi. Bunday sharoitda Bernulli tenglamasi quyidagicha yoziladi: bu yerda: - ishqalanish kuchini engish uchun sarflangan bosim. Bernulli tenglamasi suyuqliklar harakatini o'rganishda, nasos va kompressorlarning umumiy bosimini topishda, suyuqlik hamda gazlar tezligi va sarfini aniqlashda keng qo'llaniladi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
174.85 KB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:28
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
174.85 KB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:28 ]
Arxiv ichida: ppt