Ikki muhit chegarasidan tovushning o'tishi

Ikki muhit chegarasidan tovushning o'tishi

O'quvchilarga / Fizika
Ikki muhit chegarasidan tovushning o'tishi - rasmi

Material tavsifi

Ikki muhit chegarasidan tovushning o'tishi Reja: Erkin va majburiy tebranishlar. Matematik va prujinali mayatnikning tebranish davri. Rezonans. Mexanik to'lqinlar. Tovush to'lqilari. Tovush tezligi. Ultratovushlar haqida tushuncha O'quvchi bilishi kerak: Garmonik tebranishlar va ularning xarakteristikalari. Prujinali va matematik mayatniklar. To'lqinlar. Garmonik tebranish tenglamasi, To'lqin xarakteristikalari, to'lqinlarning qaytishi va sinishi. Yassi to'lqinlar, Gyuygens prinsipi Tovush to'lqinlari, tovushning tezligi, tovushning intensivligi, tovush to'lqinlar uchun Dopler effekti, ultratovushlarning qo'llanilishi. Mavzuning maqsadi: O'quvchilarga tebranma harakat va uning qo'llanilishi haqida tushunchalar berish. Mavzuning bayoni: 1. Davriy ravishda takrorlanadigan harakatlarga yoki jarayonlarga tebranishlar deyiladi. Erkin tebranishlar deb sistemaga tashqi kuchlar tomonidan berilgan dastlabki energiya hisobiga vujudga kelib so'ngra sistemaga boshqa ta'sir bo'lmaganda ham davom etadigan tebranishlarga aytiladi. Majburiy tebranishlar deb- tashqi kuch ta'sirida bo'ladigan tebranishlarga aytiladi. Majburiy tebranishlar chastotasi bilan xususiy tebranishlar chastotasining mos kelishi natijasida tebranishlar amplitudasining keskin ortib ketish hodisasiga rezonans deyiladi. Garmonik tebranish deb fizik kattalikning vaqt o'tishi bilan kosinus (sinus) qonuniga muvofiq o'zgaradigan tebranma harakatiga aytiladi. Garmonik tebranishlar eng sodda tebranishlar hisoblanadi va qo'yidagi ikki sababga ko'ra ular batafsil o'rganiladi: birinchidan tabiatda va texnikada uchraydigan tebranishlarning aksariyati garmonik tebranishga yaqindir; ikkinchidan turli murakkab tebranishlarni ham garmonik tebranishlarning yig'indisi sifatida qarash mumkin. S kattalikning garmonik tarzda o'zgarishi qo'yidagi tenglama bilan aniqlanadi. Bu yerda A - tebranish amplitudasi, - issilik chastota, tebranishning boshlang'ich fazasi, tebranish fazasi. Kosinus + 1 dan - 1 gacha qiymatlarni qabul qilgani uchun S + A dan - A gacha qiymatlarni qabul qiladi. kattalikka tebranish davri, kattalikka tebranish chastotasi deyiladi 1 Gts - chastota deb 1 sekundda 1 marta to'la takrorlanadigan davriy jarayonning chastotasiga aytiladi. Garmonik tebranma harakat qilayotgan nuqtaning to'la mexanik energiyasi uning kinetik va potentsial energiyalarining yig'indisiga teng va o'zgarmas kattalik. E=Ek+Ep Endi garmonik tebranma harakat qilayotgan ba'zi qurilmalar bilan tanishaylik.Ularning eng soddalari prujinali va matematik mayatniklardir. 2. Prujinali mayatnik deb, absolyut elastik prujinaga berkitilgan va elastiklik kuchi F=-kx ta'sirida garmonik tebranma harakat qiladigan m massali yukka aytiladi. Bu yerda k - prujinaning qattiqligi, x-yukning muvozanat vaziyatidan og'ishi. Prujinali mayatnikning siklik chastotasi quyidagiga teng. Tebranish davri Shuningdek prujinali mayatnikning potentsial energiyasi Matematik mayatnik deb cho'zilmaydigan, vaznsiz ipga osilgan va og'irlik kuchi ta'sirida tebranma harakat qila oladigan moddiy nuqtaga aytiladi Muvozanat vaziyatidan burchakka og'dirilgan mayatnikni og'irlik kuchining tashkil etuvchisi harakatga keltiradi Matematik mayatnikning isiklik chastotasi tebranish davri ifodalar bilan aniqlanadi. Shuningdek matematik mayatnikning potentsial energiyasi ga teng. Bu yerda g-erkin tushish tezlanishi, -mayatnikning uzunligi, m -moddiy nuqtaning massasi 3. Tebranishlarning muhitda tarqalish jarayoniga to'lqin deyiladi. To'lqinlar tarqalganda muhitning zarralari to'lqin.bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 130.6 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:28 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 130.6 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga