Ikki pog'onali kopressor mexanizmlarini o'rganish va ularni loyihalash Ikki pog'anali kompressor qisilgan havo(gaz)ni hosil qilish uchun xizmat qiladi. Bu qurilmaning asosini OAV krivoship-polzunli mexanizm tashkil etadi. Kompressor bir pog'onali reduktor orqali elektromotor yordamtda harakatga keltiriladi. Qisilgan havoni yig'ish pog'ona-pog'ona amalga oshiriladi - porshen chapga harakatlanganda atmosferadan havo so'rib silindrda yig'iladi, o'nga harakatlanganda esa so'rish trubasi yopilib, havo yig'ish kamerasi klapani ochiladi, havo kameraga uzatiladi. Bu vaqtning ichida havo yig'ish kamerasidagi havo II kameraga o'tadi, polzun chap tomonga harakatlanganda esa havo istimolchiga uzatiladi. Kompressorning porsheni pog'onali D1 - birinchi pog'onaning diametri, D2 - ikkinchi pog'onaning diametri. Havoning qisilish jarayoni shaklda ko'rsatilgan indikator diagrammasiga mos ravishda o'zgaradi. Barcha hisoblashlar uchun sanoq boshi sifatida 3-porshenning chap tomondagt eng chetki nuqtasiga mos keluvchi mexanizm holati olinsin. 1, 2 va 3 - bo'g'inlarning og'irlik markazlari mos ravishda O1, S2 va V nuqtalarda joylashgan. AS2= 0,25 AV Barcha variantlar uchun: Kulachokli mexanizm uchun bosim burchagi -=450, Dvigatel rotorining aylanishlar soni - 1400 ayl.min. 1- bosqichdagi eng katta bosim - 0,2 MPa, Harakatlantiruvchi kuch momentining qiymati o'zgarmas kattalik. 4 - shakl. Ikki pog'onali kompressor mexanizmlari a - porshenli kompressor richakli mexanizmining sxemasi, b - kompressordagi qisilgan havoning indikator diagrammasi, v - mashina agregatining sxemasi, g - planetar mexanizm sxemasi, d - koromislo tezlanishining parabola ko'rinishidagi harakat qonuni,ye - kulochokli mexanizm sxemasi. Kompressorning indikator diagrammasini qurish uchun dastlabki ma'lumotlar Berilgan ma'lumotlar 4 - jadval I. Kirish «Mashina va mexanizmlar nazariyasi» fani butun sohalar kabi qishloq xo'jaligi uchun injenerlar tayyorlashda muhim o'rin tutadi. Mashina va mexanizmlar nazariyasi - turli mashina va mexanizmlar mexanikasini tuzilishi, kinematik va dinamik jihatdan tahlil (analiz) qilish hamda loyihalash (sintez) usullarini o'rganuvchi fan. Bu fan bo'lg'usi injener mutaxassisligiga muqaddimadir, shu sababli u injenerlik yo'nalishiga ega, unda zamonaviy matematik apparat keng qo'llaniladi va yuqoridagi masalalarni hal qilishda grafik, grafoanalitik va EHM yordamada analitik usulda yechishning amaliy yo'llari o'rganiladi. Har bir fan asoslarini chuqur o'rganish, kelajak taraqqiyotini ilmiy ko'z bilan ko'rishni talabalarga o'rgatish jamiyatning tez sur'atlar bilan rivojlanishiga yo'l ochadi. Kelajak texnikasi qanday bo'lishi kerak, tarmoqlararo qanday mashina ixtiro etilishi, loyihalanishi va yasalishi kerak, degan masaladan muhimroq muammo hozirgi zamon fan va texnikasida bo'lmasa kerak. Mamlakatimizning farovonligi, uning ertangi kunga bo'lgan ishonchi ko'p jihatdan shu masalaning to'g'ri hal etilishiga bog'liq. Hozirgi zamon texnikasida ko'plab yechilishi, hal etilishi kerak bo'lgan masalalar o'z yechimini topganicha yo'q. Bunday murakkab masalalarni to'g'ri hal etish uchun ming-minglab olim, professor o'qituvchilar, injener-konstruktorlar fikrini to'g'ri yo'naltirish kerak. Bu masalada kelajakni ilmiy ko'ra bilish, texnika ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
387.6 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
387.6 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:28 ]
Arxiv ichida: doc