Implus. Implusning saqlanish qonuni

Implus. Implusning saqlanish qonuni

O'quvchilarga / Fizika
Implus. Implusning saqlanish qonuni - rasmi

Material tavsifi

DARS ISHLANMASI FIZIKA Mavzu: Implus. Implusning saqlanish qonuni Darsning shiori: O'quvchilarni fizika faniga qiziqtirish; DARSNING MAQSADLARI: ta'limiy maqsad: O'quvchilarga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ta'lim berish; Tarbiyaviy maqsad: Yosh avlodni ma'nan yetuk jismonan baquvvat qilib tarbiyalash Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarni fanga qiziqishini oshirish milliy g'oya tafakkurni ular ongiga singdirish Kasbga yo'llovchi maqsad: O'qituvchilik, kosmonavtlik, astronomik kasblarga qiziqtirish va o'quvchi malakasini oshirish Darsning tipi: yangi bilimlarni bayon qilish Darsning usuli: Noan'anaviy va aralash Darsning jihozi: Darslik, Tarqatma material, slayd Darsning texnologik xaritasi Yangi asr ko'nikmasi: Vaqtdan unumli foydalanish; O'zaro hurmat; Diqqatni jamlash; Darsga kechikmaslik; O'zgalar fikrini jamlay bilish; Tartib intizom; O'ng qo'l qoidasi; Erkin fikrlash; Samimiy tandiq; O'z o'rnida hazil. Kuch impulsi Impuls lotincha impulsus so'zidan olingan bo'lib, turtki degan ma'noni bildiradi. Jismlarning o'zaro ta'siri natijasi kuchdan tashqari ta'sirlashish vaqtining davomiyligiga ham bog'liq. Bunga ishonch hosil qilish uchun quyidagi tajribalarni o'tkazib ko'raylik. 1-tajriba. Osmaga jismni ip orqali 84-rasmda ko'rsatilgandek osib qo'yaylik. Birinchi galda jismning ostiga bog'langan ipni sekin-astalik bilan pastga tortamiz. Bunda jismni tayanch bilan bog'lab turgan ip uziladi. Ikkinchi galda ipni tez, ya'ni siltab pastga tortamiz. Bunda jism ostidagi ip uzilishiga guvoh bo'lamiz. 2-tajriba. Stol ustiga sirtlari silliq bo'lgan ikkita taxtachani ustma-ust qo'yaylik. Ostdagi taxtachaga ip bog'langan bo'lsin. Birinchi galda ostdagi taxtachani sekin-asta tortamiz. Bunda ostki va ustki taxtacha bir-biriga nisbatan siljimasdan stol ustida sirpanadi. Ikkinchi galda ostdagi taxtachani tez, ya'ni siltab tortamiz. Bu holda ustki taxtacha ostki taxtacha ustida sirpanib orqaroqda qoladi yoki tushib ketadi (85-rasm). Ikkala tajribadan xulosa chiqarish mumkinki, haqiqatan ham, jismlarning o'zaro ta'siri natijasi faqat kuchga emas, balki uning ta'sir vaqti davomiyligiga ham bogiiq. Shuning uchun kuch impulsi degan kattalik kiritilgan. Kuch impulsi jismga ta'sir etayotgan kuchning shu kuch ta'sir etgan vaqtga ko'paytmasiga teng, ya'ni: I=F*t xalqaro birliklar sistemasida kuch impulsining birligi N s. 1 N s li impuls - bu 1 s davomida ta'sir etuvchi 1 N kuch impulsidir. Kuch impulsi vektor kattalik bo'lib, uning yo'nalishi kuchning yo'nalishida bo'ladi. Jism impulsi Kamdan kam uchrasada, avtomashinalarning to'qnashib ketishi, ba'zi hollarda-yo'l chetidagi simyog'och, daraxt yoki boshqa narsalarga borib urilishi sodir bo'lib turadi. Masalan, agar avtomobil 30 kmsoat tezlikda yo'l chetidagi simyog'ochga urilsa, simyog'och shikastlanishi yoki yiqilishi mumkin. Agar shunday tezlikda kelayotgan velosiped simyog'ochga urilsa, simyog'och shikastlanmaydi. Chunki velosipedning (haydovchi bilan birgalikda) massasi avtomobilning massasidan ancha kichik. Yuqorida keltirilgan misoldan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: 1. Harakatlanayotgan jismning tezligi o'zgarmaganda massasi qancha katta bo'lsa, uning urilish zarbi ham shuncha katta bo'ladi. 2. Harakatlanayotgan jismning tezligi qancha katta bo'lsa, uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 145.63 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:28 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 145.63 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga