Integral optronlarni tadqiq etish

Integral optronlarni tadqiq etish

O'quvchilarga / Fizika
Integral optronlarni tadqiq etish - rasmi

Material tavsifi

Integral optronlarni tadqiq etish Ishning maqsadi: Optronlar ishlashini va parametrlarini o'lchash uslublarini o'rganish. 1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik ko'rish: Optronlar - funksional elektronikaaning zamonaviy yo'nalishlaridan biri - optoelektronikaning asosiy struktura elementi hisoblanadi. Eng sodda diodli optron (7.1 - rasm) uchta elementdan tashkil topgan: fotonurlatgich 1, nur o'tkazgich 2 va foto qabul qilgich 3 bo'lib, yorug'lik nuri tushmaydigan germetik korpusga joylashtirilgan. Kirishga elektr signali berilsa fotonurlatgich qo'zg'otiladi. Yorug'lik nuri nur o'tkazgich orqali foto qabul qilgichga tushadi va unda chiqish elektr signali yuzaga keladi. Optronning asosiy xususiyati shundaki, undagi elementlar o'zaro nur orqali bog'langan bo'lib, kirish bilan chiqishlar esa elektr jihatdan bir - biridan ajratilgan. Shu xususiyatidan kelib chiqqan holda, yuqori kuchlanishli va past kuchlanishli zanjirlar bir - biri bilan oson muvofiqlashtiriladi. Diodli optronning shartli belgisi 7.2 - rasmda, uning konstruksiyasi esa 7.3 - rasmda keltirilgan. 1,2 - fotodiodning r va n sohalari; 3,4 - yorug'lik diodining n va r sohalari; 5 - selen shisha asosidagi nur o'tkazgich; 6,7 - yorug'lik diodi kontaktlari; 8,9 - fotodiod kontaktlari. Yorug'lik signallarini elektr signaliga aylantirishda asosan fotodiodlar qo'llaniladi (xuddi shunday fotorezistorlar, fototranzistorlar va fototiristorlar ham). Fotodiod oddiy n-r o'tish bo'lib, ko'p xollarda kremniy yoki germaniydan yasaladi. Undagi teskari tok yorug'lik nuri tushishi natijasida yuzaga kelayotgan zaryad tashuvchilar generatsiyasi tezligi bilan aniqlanadi. Bu hodisa ichki fotoeffekt deb yuritiladi. Fotodiodni qo'llash bo'yicha ikkita rejim mavjud: tashqi manbasiz - ventilli yoki fotovoltaik va tashqi manbali - fotodiodili rejim. Tashqi manbasiz yorug'lik nurini elektr energiyasiga aylantiruvchi fotodiodlar ventilli fotoelementlar deb ataladi. Foto elektr yurituvchi kuch Uf ning yuzaga kelishi yorug'lik bilan generatsiyalangan elektron - kovak juftlarining n-r o'tish orqali ajratilishi bilan bog'liq. Foto EYuK Uf kattaligi optik signal darajasi Rf va yuklama qarshiligi qiymatiga bog'liq bo'ladi. Ventilli fotoelementning chiqish xarakteristikasi 7.4 - rasmda keltirilgan. 7.4 - rasm. 7.5 - rasm. Fotodiod rejimida tashqi kuchlanish manbai hisobiga fototok if ventil elementning qisqa tutashuv tokiga taxminan teng bo'ladi, fototok hisobiga biror yuklama qarshiligida sodir bo'ladigan kuchlanish pasayishi Uf esa katta bo'ladi. Bir xil yuklama qarshiligi qiymatida signal kuchlanishi Uf ning fotodiod (1) va ventil element (2) uchun optik nurlanish quvvati Rf ga bog'liqliklari 7.5 - rasmda keltirilgan. Fotoelektr o'zgartishlar samaradorligi volt - vatt SU=UfRf hamda amper - vatt Si=IfRf (sezgirlik) bilan ifodalanadi. Fotodiodlarning afzalligi yana shundaki, yorug'lik xarakteristikalari If, Uf=f(Rf) chiziqli ko'rinishga ega, bu esa ularni optik aloqa liniyalarida qo'llash imkoniyatini yaratadi. Ventil elementlar asosan energiya o'zgartgichlar (quyosh batareyalari) sifatida ishlatiladi. Yorug'lik nuri orqali tokni boshqarishni bipolyar tranzistorlar yordamida ham amalga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.89 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.89 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga