6-sinf fizika darsligi asosida 28-mavzu: Ish va energiya haqida tushuncha Ertalab turib siz maktabga otlansangiz, ota-onangiz «ish»ga boradi. Maktabdan qaytib kelib, ota-onangizga uy-ro'zg'or «ish»larida qarashasiz. Xo'sh, «ish» deganda nimani tushunamiz o'zi? Kundalik turmushda «ish qilish» deganda, biz «mehnat qilish»ni ko'zda tutamiz. Fizikada esa «ish» tushunchasi «mehnat» bilan hamma vaqt mos kela - vermaydi. Biror-bir jismni kuch ta'sirida ma'lum bir masofaga ko'chirilsa mexanik ish bajarildi deyiladi (43-rasm). Mexanik ishni A harfi bilan belgilanadi. U holda ishni hisoblash formulasi bo'ladi. Ish birligi [A] = 1N · 1 m = 1 Joul. Qisqacha 1 J yoziladi. Bu birlik ingliz olimi J. Joul (1818-1889-y.) sharafiga qo'yilgan. Agar jismga ta'sir etayotgan kuch yo'nalishi, ko'chish bilan o'zaro tik bo'lsa, bunday kuch ish bajarmaydi. Masalan, mashina ustiga ortilgan yuk o'z og'irligi bilan uni bosadi. Mashina esa bu paytda yukni ma'lum masofaga olib boradi. Yukning og'irlik kuchi ko'chishga tik yo'nalganligi uchun ish bajarmaydi. Bunda mashina dvigatelining tortish kuchi ko'chish bilan mos tushib ish bajaradi (44-rasm). Mexanik ish formulasiga ko'ra jismga kuch ta'sir etsa-da, ko'chish bo'lmasa ish bajarilmaydi. Kitob to'la papkangizni qo'lingizda ko'tarib, ancha vaqt o'rtog'ingizni kutib tursangiz ham mexanik ish bajarmagan bo'lasiz. Chunki s = 0 bo'lganligidan A = F · 0 = 0 chiqadi. Yuqorida aytganimizdek, «mehnat»ni mexanik ishdan farqlash lozim. O'qi tuvchining dars o'tishi, vrachning kasalni davolashi, maktab direktorining ishlarni boshqarishi mehnat qilishga kiradi. Hamma jismlar ham ish bajara oladimi? Jismlarning ish bajara olish qobiliyatiga energiya deyiladi. Uni tushunish uchun quyidagi holatni qaraylik. 45-rasmda g'ishtning mixga nisbatan ikkita holati ko'rsatilgan. Birinchi holatda mixga urilgan g'ishtning ta'siri juda kichik bo'lganligidan mix taxtaga kirmaydi hisob. Ikkinchi holatda esa g'isht ancha balanddan tushib mixga urilganligidan mixni taxtaga kiritib yuboradi. Demak, g'ishtning ikkinchi holatda ish bajara olish qobiliyati ko'p. Energiya ham ish kabi joullarda o'lchanadi. Masala yechish namunasi Aravacha gorizontal yo'nalgan 50 N kuch ta'sirida 20 m siljidi. Bajarilgan ishni hisoblang. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.06 MB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:29
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.06 MB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:29 ]
Arxiv ichida: ppt