Ishga tushirish tizimning tarkibiy sxemasi

Ishga tushirish tizimning tarkibiy sxemasi

O'quvchilarga / Fizika
Ishga tushirish tizimning tarkibiy sxemasi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Ishga tushirish tizimning tarkibiy sxemasi Reja: Elektrstarterli ishga tushirish tizimi Dvigatelni ishga tushirish tizimining umumiy sxemasi. Dvigatelni ishga tushirish sistemasi ishlashi. Xulosa. Internet ma'lumotlari. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. 1 . Elektrstarterli ishga tushirish tizimi Avtomobil dvigatellarini ishga tushirish tizimi dvigatel tirsakli valini majburiy ravishda aylatirishni ta'minlovchi moslamalar majmuisidan iborat. Ichki yonuv dvigatellarini ishga tushirish uchun mexanik starterli, benzin dvigatelli, pnevmatik, gidropnevmatik va elektrostarterli tizimlar qo'llaniladi. Avtomobillarda, boshqa usullarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo'lgan, elektrostarterli ishga tushirish tizimi tatbiq topgan. Bu tizim ixcham, ishlatishdagi ishonchlilik darajasi yetarli darajada yuqori va murakkab bo'lmagan elektrotexnik va elektron moslamalar yordamida dvigatelni ishga tushirish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati bor. Elektrstarterli ishga tushirish tizimi tarkibiga akkumulyator batareyasi starter I va dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalar VII kiradi. Akkumulyator batareyasi, elektr ta'minot va dvigatelni ishga tushirish tizimlari uchun umumiy element hisoblanadi. Elektr ta'minot tizimida akkumulyatorning razryad toki (0,5-0,7) С20 dan ortmasa, starter rejimida ishlaganda, qisqa vaqt davomida, lekin qiymati katta (200 A gacha) tok bilan razryad bo'ladi. Shuning uchun, akkumulyatorning sig'imi, razryadlanganlik darajasi, elektrolit temperaturasi kabi batareya holatini belgilovchi omillar starter tavsifnomasiga va dvigatelning ishga tushirish jarayoniga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Akkumulyator batareyasi dvigatelni ishga tushirish jarayonida, kuchlanishi belgilangan minimal qiymatdan (12 V li tarmoq uchun 6-8 V) kamaymagan holda, ma'lum miqdorda elektr toki berishi zarur. Akkumulyator batareyasining kuchlanishini pasayishining bu chegarasi, bir tomondan starterni dvigatelning tirsakli valini ishga tushish chastotasidan kam bo'lmagan chastota bilan aylantirishini ta'minlash vazifasi bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan o't oldirish sistemasi (karbyuratorli dvigatellar uchun) barqaror ishlashi uchun zarur bo'lgan minimal kuchlanish qiymati bilan belgilanadi. Starter elektrodvigate l II, tortish relesi IV va yuritma mexanizmi V dan iborat. Elektrodvigatel sifatida ketma-ket yoki aralash uyg'otish tizimiga ega bo'lgan o'zgarmas tok mashinasi ishlatiladi. U quyidagi asosiy nominal parametrlari bilan tavsiflanadi: kuchlanishi Uch(12,24 V) quvvati Рен, aylanishlar chastotasi n, burovchi momenti Мен va quvvatning maksimal qiymatidagi tok ICH. 2. Dvigatelni ishga tushirish tizimining umumiy sxemasi. I-startyor; II-akkumulyator batareyasi; II-elektrodvigatel; IV-tortish rele- si; V-yuritma mexanizmi;VI-dvigatel; VII-ishga tushirishni engillatuvchi moslamalar. 1-lappaksimon kontakt, 2-elektromagnit chulg'ami, 3- elektromagnit o'zagi , 4- prujina, 5-pishang, shesternya, 7- maxovik, K-normal ochiq kontaktlar. Starter juda qisqa vaqt davomida (10-15 s) ishlaganligi tufayli uning zanjirlaridan o'tadigan tok va maksimal quvvati uning elektrodvigateli chulg'amlarining qizib ketish xavfi bilan cheklanmaydi. Tortish relesi yuritma shesternyasi 6 ni maxovikning tishli gardishi 7 bilan ilashishini ta'minlaydi va lappaksimon kontakt 1 yordamida starter elektrodvigateli zanjirini akkumulyator batareyasiga ulaydi. Yuritma mexanizmi dvigatel VI ni ishga tushirish jarayonida starter elektrodvigateli yakoridan tirsakli valga burovchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 355.69 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 355.69 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga