Ishqalanish. Sirpanib ishqalanish va Klon qonuni. Ishqalanish koeffitsiyenti va ishqalanish konusi. Reja: Sirpanib ishqalanish qonunlari. Real (g'adir - budir yuzali) bog'lanishlarning reaksiyalari. Sirpanib ishqalanish burchagi. 3. Dumalab ishqalanish. Dumalab ishqalanish koeffitsiyenti. Sirpanib ishqalanish qonunlari. Agar jism erkin bo'lsa, u istalgan tomonga harakat qilaoladi. Lekin u bog'lanishda bo'lsa, yani u biror boshqa jismni ustida joylashgan bo'lib, uning ustida sirpanib yoki dumalab harakatlanayotgan bo'lsa, albatta ishqalanish kuchi paydo bo'ladi. Ishqalanish kuchining paydo bo'lish sababi shuki, texnikada uchraydigan barcha mashina detallariga harqancha ishlov berilmasin baribir ularning sirtlarida mikrorelef, yani malum miqdorda g'adir budirlik saqlanib qoladi. SHu sababli bir sirt ikkinchi sirtning ustida sirpanib harakatlanayotganda, ushbu g'adir budirlik natijasida sirpanib ishqalanish kuchi paydo bo'ladi. Agar mabodo ishqalanayotgan sirtlar o'ta toza silliqlangan bo'lsa, yani mikrorelef mutloq yo'qotilgan bo'lsa, u holda ishqalanish kuchi nolga teng yoki unga yaqin bo'ladi, va bunday bog'lanishlarni ideal bog'lanishlar deyiladi Biz quyida hozircha faqat real bog'lanishlar, yani ishqalanuvchi sirtlarda mikrorelef (g'adir budirlik) saqlanib qolgan sirtlar, ustida muvozanat holatini saqlanayotgan jismlarga oid masalalarni ko'rib o'tamiz. Aslida ishqalanish qonuniyatlari ancha murakkab masalani tashkil etadi, lekin biz, ushbu ma'ruzada ishqalanish haqidagi umumiy qonuniyatlarni o'rganamiz xolos. Ular asosan quyidagilardan iborat: Biror qattiq jismni real bog'lanish ustida, ixtiyoriy tomonga surmoqchi bo'lsak, shu ishqaluvchi sirtlar orasida, ishqalanish kuchi Fishq - paydo bo'ladi. Ushbu kuchning son qiymati noldan to Fcheg qiymatgacha ortib boradi, yo'nalishi esa hardoim harakat tomonga teskari bo'ladi. CHegaraviy ishqalanish kuchining son qiymati (moduli) quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi, va uni Kulon qonuni deb ataladi, Fcheghfo (1) 1 shakl. bu yerda fo - sirpanib ishqalanish koeffitsiyenti deb ataladi, u o'lchovsiz qiymat bo'lib, uning son qiymati 0 fo 1 orasida o'zgaradi. - bog'lanishning normal reaksiyasi deyiladi, va u sirpanuvchi tekislikka hardoim tik(normal), yani perpendikulyar ravishda yo'nalgan bo'ladi. Real bog'lanishdagi harqanday jismni sirpanib harkatlantirish uchun, harakat tomonga shunday kuch vektori ta'sir qilishi zarurki, uning harakat yo'nalishi bo'yicha olingan proyeksiyasi chegaraviy ishqalanish kuchidan katta bo'lishi shart, yani Q Fcheg bo'lishi shart, aks holda jism muvozanat holatini saqlab qoladi. Fishq - ishqalanish kuchining miqdori (son qiymati yoki moduli) 0 dan to Fcheg qiymatgacha ortib boradi, so'ngra ushbu qiymat suruvchi kuch yo'qolguncha saqlanib qoladi, agur suruvchi kuch yo'qolsa, ishqalanish kuchi ham o'z - o'zidan yo'qoladi. Agar suruvchi yana paydo bo'lsa ishqalanuvchi kuch ham o'z - o'zidan yana paydo bo'ladi, suruvchi kuch yo'nalishini o'zgartirsa, ishqalanish kuchi ham, shu suruvchi kuchning yo'nalishiga teskari tomonga qarab oladi. Agar suruvchi kuchning miqdori chegaraviy ishqalanish kuchidan kichkina bo'lsa, jism harakatlanmaydi. Ishqalanish kuchining son qiymati suruvchi kuch Q ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:30 ]
Arxiv ichida: doc