Issiqlik energetic qurilmalar Reja: Bir bosqichli porshenli kompressorlar Ko'p bosqichli porshenli kompressor Kompressor, umumiy ma'lumotlar, ishlash prinsipi, SO-7A kompressorining havo chizmasi, f.i.k. Asosiy tushunchalar Gazni siqish va haydash uchun mo'ljallangan mashinalar kompressorlar deyiladi. Kompressorlar xalq xo'jaligida qo'llanilayotgan zamonaviy texnikalarda keng foydalanilmoqda. Ayniqsa kimyo, mashinasozlik, metallurgiya, temir yo'li, aviatsiya sanoatlarida, gaz-turbinali dvigatellarda va sovitish qurilmalarida kompressorlar keng ishlatiladi. Ishlash 'rintsi'i va tuzilishiga ko'ra kompressorlar hajmiy va parrakli kompressorlarga bo'linadi. Hajmiy kompressorlarda gaz bosimi uning hajmini majburiy kamaytirish hisobiga ko'payadi. Hajmiy kompressorlar jumlasiga porshenli rotatsion va vintaviy kompressorlar kiradi. parrakli kompressorlarda gazning bosimi kompressorning g'ildiraklari aylanganida vujudga keladigan inertsion kuchlar tahsirida ko'payadi. Ular turbokompressorlar ham deyiladi va markazdan qochma hamda o'qiy kompressorlariga bo'linadi. porshenli kompressorlar miqdori unchalik katta bo'lmagan gazni katta bosimlargacha siqishda ishlatiladi. Trubokompressorlar esa buning aksicha gazni nisbatan 'ast bosimlarda (0,15-1,5MPa atrofida) uzatib berish uchun mo'ljallangan Kompressorlar bir-biridan konstruktsiyasi va siqish printsi'iga ko'ra farq qilishiga qaramasdan siqish protsessi termodinamikasi ularda bir xil bo'ladi. Bir bosqichli porshenli kompressorlar Kompressorlarda sodir bo'ladigan protsesslarni tekshirish va tahlil qilish uchun, ish 'rintsi'i oddiyroq bo'lgan bir bosqichli porshenli kompressorlarni ko'rib chiqamiz (15.1-rasm). 15.1- rasm. U silindr 1 va ichida harakatlanadigan porshen 2 dan iborat. Silindr devori ichi bo'shliq 6 dan iborat bo'lib unda sovituvchi suv aylanma harakat qiladi. porshen shatun 3 vositasida krivoshi' 4 orqali kompressorning tirsakli vali 5 bilan birlashtirilgan va ilgarilama-qaytma harakat qiladi. porshen chapdan o'ngga siljiganda kompressor silindrida siyraqlanish vujudga keladi. Tevarakdagi muhitning bosimi tahsirida so'rish klapani 7 ochiladi va silindrga siqilishi lozim bo'lgan gaz to'ladi. porshen o'ngdan chapga tomon siljiganida so'rish klapani yo'iladi va porshen silindrdagi gazni siqadi. Siqilgan gaz haydash kla'ani 8 ochilib silindrdan itarib chiqariladi va gaz yig'gichga haydaladi, undan esa istehmolchiga beriladi. Bunda kompressorning ish protsessi porshenning ikki marta harakatlanishida amalga oshadi, bu esa valning bir marta aylanishiga muvofiq keladi. Nazariy (ideal) bir bosqichli kompressorni ishlashini ko'rib chiqamiz. Ishqalanishni yengishga sarf bo'ladigan ish yo'q, silindrning geometrik hajmi foydali ish hajmiga teng va qoldiq bo'shliq hajm hosil kilmaydi, deb faraz qilamiz. Gazni silindrga so'rish va yig'gichga haydash o'zgarmas bosimda amalga oshadi. 15.2- rasm. 15.2-rasmda kompressorda siqilgan gaz olishni nazariy indikator diagrammasi tasvirlangan. Kompressorda porshen chapdan o'ngga qarab harakatlanganda silindrga bosimi R1 bo'lgan gaz kiradi. Bu protsess diagrammada 0-1 chizig'i bilan tasvirlanib so'rish chizig'i deyiladi. porshen o'ngdan chapga harakatlanganda gazni R2 bosim va V2 hajmgacha siqadi. 1-2 chizig'i siqish protsessi deyiladi. porshen chapga tomon harakatlanishda davom etib, siqilgan gazni haydash klapani orqali gaz yig'gichga siqib chiqaradi. 2-3 chizig'i haydash chizig'i ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
63.27 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
63.27 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:31 ]
Arxiv ichida: doc