Issiqlik hodisalari haqida Forobiy, Beruniy va Ibn Sino fikrlari

Issiqlik hodisalari haqida Forobiy, Beruniy va Ibn Sino fikrlari

O'quvchilarga / Fizika
Issiqlik hodisalari haqida Forobiy, Beruniy va Ibn Sino fikrlari - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 40-mavzu: ISSIQLIK HODISALARI HAQIDA FOROBIY, BERUNIY VA IBN SINO FIKRLARI Issiqlik hodisalarining tabiati haqida buyuk allomalarimiz Abu Nasr al-Forobiy, Al-Beruniy va Ibn Sino o'z asarlarida tushuntirish berib ketganlar. Jumladan, Forobiyning fikricha, har qanday jismning temperaturasi yuqori yoki past bo'lishi shu jismni tashkil etgan zarralarning harakatlariga bog'liqdir. Ibn Sino ham Forobiy kabi konveksiya hodisasini quyidagicha tushuntiradi: qizigan jismlar hajmlarining kengayishi natijasida zichliklari kamayib, yuqoriga intiladi (Arximed kuchi tufayli demoqchi). Sovigan vaqtda esa hajmi kichrayib, zichligi ortishi hisobiga pastga intiladi. Abu Nasr al-Forobiy (873-950) Sirdaryo bo'yi dagi qadimgi O'tror (Forob) shahri yaqinida tug'ilgan. Forobiy fanning juda ko'p sohalarida ijod qilgan. Unga qadar fizika alohida fan sifatida qaralmasdan, tabiiy fanlar tarkibida bo'lgan. Fizikada modda tuzilishi, issiqlik, harakat, tovush, optikaga doir ishlarni bajargan. Jismlarning issiqlikdan kengayishi, sovuqlikdan torayishida suvning alohida xususiyatga ega ekanligiga Beruniy e'tibor bergan. Bu borada Beruniyning Ibn Sinoga yozgan savolini keltiramiz. «Agar jismlar issiqlik sababli kengaysa va sovuqlik tufayli toraysa va boshqa idishlarning sinishi uning ichidagi narsalarning kengayishi sababidan bo'lsa-yu, nima uchun ichida suv muzlab qolgan idish yoriladi, sinadi? Nima uchun muz suv yuzida bo'ladi, holbuki muz sovuqlik sababli qotgani uchun Yer tabiatiga (qattiq jismga) yaqinroq edi-ku?» Ibn Sino Beruniyning bu savoliga: «Suv muzlagan vaqtda suvda havo bo'laklari qamalib qolib, muzni suv tubiga cho'qishdan saqlab qoladi», - deb javob qaytaradi. Beruniy Ibn Sinoning javoblariga e'tiroz bildirib: «Agar ko'za ichki tomoniga qarab singanda edi, u holda aytilganlar to'g'ri bo'lur edi. Men idish tashqariga qarab sinishini kuzatganman» deydi. Ibn Sino o'z javoblaridagi noaniqliklarni keyinchalik «Qurozai tabbiyot» nomli asarida to'ldirib tuzatadi. Oldingi mavzuda biz issiqlikning nurlanish tufayli ham uzatilishini, uni qabul qilish yuzaga va uning rangiga bog'liqligini aytib o'tdik. Nurlanish tufayli olinadigan energiya, yuzaga nur tik yoki qiya holda tushganligiga bog'liq. Shunga ko'ra Beruniy va Ibn Sino Yerda iqlimlar o'zgarishi Quyosh nurining Yerga tushish qiyaligi o'zgarishidandir, deb to'g'ri tushuntiradilar. Ibn Sinoning fikricha tabiatda issiqlik hamda sovuqlikning tabiiy va sun'iy manbalari bor. «Issiqlikning tashqi sababi uchtadir. Birinchisi, issiq jismning sovuq jismga yaqinligi. Masalan, o't-olov suvni isitadi. Ikkinchisi, harakat va ishqalanish. Masalan, suvni chayqasang isiydi, toshni toshga ish qalasang isiydi, olov chiqadi. Uchinchisi, yoritilgan har qanday jism yoritilmaganga nisbatan issiqroqdir», deydi. Bunda issiqlikning nurlanish yo'li bilan tarqalishi haqida fikr yuritiladi. Allomalarimiz, shuningdek, issiqlik tufayli suv bug'lari yuqoriga ko'tarilishi, bulutlarga aylanib, ulardan past temperaturalarda qor, yomg'ir, do'l paydo bo'lishi haqida yozib qoldirganlar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.2 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:31 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.2 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga