Issiqlik hodisalari, molekulyar fizikani o'rganishda tabiatni qo'riqlashga oid bilim berish Fizikaning bu bo'limi tabiatda yuz beruvchi hodisa-larni ilmiy jihatdan asoslab bera oladi. Bunda o'quvchi eng avval butun borliq turli moddalardan iborat bo'lib, bu moddalarni tashkil etgan atom va molekulalar o'zaro bog'langanligini, ular ta'sirlashib turishini, bu ta-sirlar natijasida turli hodisalar sodir bo'lishini bilib oladilar. Bu jarayonlar shubhasiz o'z-o'zidan kechmasdan qandaydir energiya bilan bog'liq bo'ladi. Bunda jarayonlarni kechishida yo energiya yutiladi yoki ajraladi. Malumki, sistema energiya yutganda uni atrofdan oladi, issiqlik beruvchi sistema soviydi; aksincha, sistema energiya chiqarganda sovib, uning atrofi isiydi. Bunga yaqqol misol qilib tabiatda suvning bir holatdan ikkinchi holatga o'tganda sodir bo'ladigan hodisalarni ko'rsatish mumkin. Bu hol tabiatning bir butunligini ko'rsatadi. Yer yuzidagi barcha tirik mavju-dotlarning hayot kechirishi shu jarayonga moslashgan. Ammo texnika taraqqiy etgan hozirgi zamonda tabiiy muvozanatning buzilishidek hollar sodir bo'lmoqda. Bu hol Yerda biologik mavjudotning hayotiga salbiy ta'sir etadi. Yer sharida biologik jarayonni normal holda saqlab qolish uchun Yer va uni o'rab olgan havo qatlamida termodinamik jarayonlar muayyan bo'lmog'i lozim. Shuning uchun ham tabiat qonunlarini ilmiy asosda o'rganish va undan to'g'ri foydalanish shu kunning eng aktual masalala-ridan hisoblanadi. Quyidagi 1-jadvalda molekulyar fizikani o'rganish jarayonida o'quvchilarga o'rgatish mumkin bo'lgan tabiatni ko'riqlashga oid materiallar-ning programmasi va mazmuni beriladi. Quyida ana shu temalardal bazilarini o'rganishda o'quvchilarga tabiatni ko'riqlashga oid beriladigan ta'limlardan mazmuni va uni o'rgatishga oid fikrlardan namunalar keltiriladi. Issiqlik qodisalar. Malumki, tirik mavjudotning yashashi uchun eng muhim narsalardan biri issiqlikdir. Issiqlik hodisalari atrof-muhitning isish yoki sovish jarayoni bilan bevosita bog'liq. Masalan, yashab turgan joyimizdagi havo haroratini birdaniga +20°S oshishi yoki -20°S pasayishi natijasida atrof muhitdagi jismlar tanib bo'lmaydigan darajada o'zgarib ketadi. O'quvchilarning bilimini umumlashtirish va uni tiklash maqsadida, ularga bir qancha savollar beriladi. Savol: Yerdagi energiyaning asosiy manbai nima? Javob: Yer sirti issiqlikni Quyoshdan oladi. Savol: Yerga Quyoshdan issiqlik kelmay qolsa, nima bo'ladi? Shunday hol bo'lishi mumkinmi? Javob: «insonning ish faoliyati, aniqrog'i texnika taraqkiyoti, yani zavod-fabrikalarning trubala-ridan chikadigan har xil tutunlar, mashinalar harakati va ularning dvigatellaridan chiqadigan turli-tuman zaharli chang zarralari havoga chiqib, malum ba-landlikda maxsus sun'iy qatlam hosil qiladi, bunday qatlam Quyoshdan yer sirtiga kelayotgan nur oqimi miqdorini kamaytiradi va natijada Yer sharida issiqlik balansi o'zgaradi. Og'ir changlar yerga tushib, yengil chang zarralari uzoq vaqt havoda so'zib yuradi va keng fazoda chang qatlamini hosil qiladi. Bunday qatlam Quyoshdan kelayotgan nurni o'tkazadi. Bu nur kelib Yer sirtini isitadi. o'z vaqtida Yer sirti ham nurlanib issiqlik tarqata boshlaydi. Havodagi mayda chang zarralari bu nurni (issiqlikni) atmosferaning yuqori qatlamlariga o'tishiga ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
182.33 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
182.33 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:31 ]
Arxiv ichida: doc