Issiqlik kuch qurilmalarining sikllari

Issiqlik kuch qurilmalarining sikllari

O'quvchilarga / Fizika
Issiqlik kuch qurilmalarining sikllari - rasmi

Material tavsifi

Issiqlik kuch qurilmalarining sikllari Reja: Ichki yonuv porshenli dvigatellarning sikllari. Gaz trubinali qurilma sikllari Issiqlik kuch qurilmalari issiqlikdan foydali ish ishlab chiqish uchun mo'ljallangan. Issiqlik manbasi bo'lib, malum yonish Q issiqligi bilan xarakterlanuvchi yoqiligi hisoblanadi. Maksimal foydali ishni L.maks, ixtiyoriy kimyoviy reaksiyani amalga oshirib olish mumkin (shu jumladan yoqilg'ini yonish reaksiyasini). Bunda maksimal ish Gibbs-Gelmgoltsa ifodasi bilan aniqlanadi Lmaks = Q + Tdlmaks dT Bu ish dlmaks dT ifodasiga qarab Q yonish issiqligidan kichik yoki katta bo'lishi mumkin. Hisoblar shuni ko'rsatadiki LmaksQ ga teng, yani organik yoqilg'ining energiyasi (yoqilg'ini ishlash qobilyati) taxminan uning yonish issiqligiga teng. Bu nazariy jihatdan hamma reaksiya issiqlik samarasini to'liq ishga aylantirish mumkinligini ko'rsatadi. Issiqlik kuch qurilmalarida yonilg'ining energiyasi avvalo uni yokish orqali issiqlik energiyasiga aylantiriladi, olingan issiqlikni mexanik energiya ishlab chiqish uchun foydalaniladi. Yonish qaytmas jarayon bo'lib, u yoqilg'ini ishlash qobilyatini yo'qolishi bilan bog'liqdir. Zamonaviy bug' qozonlarida, yonish harorati nazariy jihatdan 200S va undan ortiqni tashkil qilsa, yonishda yoqilg'ini ishlash qobilyatini yo'qolishi 20 30 % tashkil qiladi. Ichki yonar porshenli dvigatellarning sikllari Yonishda yoqilg'ini ishlash qobiliyatini yo'qolishiga yo'l qo'ymaslik uchun ishchi tana sifatida yonishda hosil bo'lgan gazlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buni amalga oshirish ichki yonuv dvigatellarida erishilgan, yani yoqilg'ini yopishi to'g'ridan-to'g'ri uning silindrlarida bajariladi. Ichki yonuv dvegatellarning sikllari ishchi tanani silindrda adiabatik siqish 1-2 izohorik 2-3 yoki izobarik 2-7 issiqlik keltirish, adiabatik kengayish 3-4 yoki 7-4 va izohorik issiqlik chiqarishdan iborat 4-1 (25-Rasm). IYoD sikllari Real dvigatellarda issiqlikni kiritish yoqilg'ini yondirish bilan amalga oshiriladi. Agar yoqilg'i-havo aralashmasi oldindan tayyorlangan va silindrda juda tez yonsa, issiqlik kiritish izohorikga yaqin bo'ladi. Agar silindrda faqat havo siqilsa va keyin yoqilg'i purkalsa, u holda yoqilg'i berishni shunday sozlash mumkinki, bosim yonish jarayonida taxminan bir xil kolsin. Buni shartli ravishda izobarik issiqlik berish deyish mumkin. Dvigetel silindrini juda uzun, porshenni yurishini juda katta qilmaslik uchun IYoDda yongan mahsulotni kengayishini atmosfera bosimi R1 gacha emas, yuqoriroq bosimgacha R4 amalga oshiriladi, so'ngra chiqaruvchi klapin ochiladi va issiq yongan mahsulot T4 haroratda atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bunda ortiqcha bosim R4-R1 foydasiz yo'qotiladi. Ideal sikllarda bu jarayon izobarik issiqlik chiqarish 4-1 bilan almashtiriladi. silindrni to'liq hajmini yonish kamerasining hajmiga nisbati dvigatelning siqish darajasi deyiladi =12 Siqish darajasi asosiy o'lcham bo'lib, siklni termik FIK miqdorini aniqlaydi. Siqish darajasi har xil bo'lgan sikllarni ko'rib chiqamiz. Uzlukli chiziq bilan katta, o'zluksiz bilan kichik bo'lgan sikl chizmada keltirilgan. Chizmadan ko'rinib turibdiki katta bo'lganda issiqlik q1 (2' 3' 5 6) katta, chiqarilgan issiqlik esa ikkala siklda ham bir xil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.61 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.61 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga