Issiqlik mashinalari va ularning foydali ish koeffitsienti (FIK). Karno sikli va uning FIK. Karno teoremalari Reja: Issiqlik mashinalari va ularning f.i.k. Karno sikli va uning f.i.k. Karno teoremalari Xulosa Issiqlik mashinalarida sodir bo'ladigan jarayonlarda uzatiladigan issiqlik miqdori hisobida A ish bajariladi va bunda energiya saqlanish qonuni bajariladi. Tashqaridan olingan va tashqariga qaytarib berilgan issiqlik miqdorining qiymatlari orasidagi Q0Q1 ayirma hosil qilingan A ishga teng. Isitgichdan olingan Q0 issiqlik miqdorining qancha qismi A ishga aylaganini bilish katta amaliy ahamiyatga egadir. Chunki sovitgichga berilgan Q2 issiqlik miqdorining amaliy ahamiyati yo'q. Shuning uchun F.I.K. tushunchasi kiritiladi. (18.1) Bu foydali ish koeffitsientini hisoblashda o'tgan mavzudagi ikkinchi rasmdagi siklni bajarilishida ishlarni hisoblagan edik, 4 ta bosqichdan iborat bo'lgan bu siklda ishlovchi modda biror manbadan olingan Q0 issiqlik miqdori hisobga A ishni bajaradi. Shuningdek bu jarayonda Q1 issiqlik miqdori sovutgichga berilishini ko'rdik. Bu protsess murakkab xarakterlidir. Demak, bu jarayonda sovutgichga bajaradigan Q1 issiqlik (18.2) bilan aniqlanishini o'rgandik. Bunda A-ish isitgichdan olingan Q0 issiqlik miqdorining qanday qismini tashkil qilishini aniqlash muhimdir. (18.1) formuladan -birga qancha yaqin bo'lsa, ya'ni A ish olingan issiqlik miqdorining qanchalik katta qismini tashkil qilsa, mashina shunchalik ko'p manfaatli bo'ladi. Biz o'tgan mavzuda Karno siklini ko'rib, bu jarayon ikkita izoterma va ikkita adiabatadan iborat bo'lgan qaytuvchan aylanma protsess ekanligini bilgandik (18.1-rasm). 1 holat hajm V0, bosim Р0 va temperatura Т0 bilan xarakterlanadi. 1 mol ideal gazni ishlovchi modda sifatida olib Karno siklini o'rganamiz. Gaz 2-holatni olguncha hajm V1, bosim Р1 bilan izotermik (T=const) kengayishiga majbur qilamiz: gaz izotermik kengayishi vaqtida isitgichdan Q0 issiqlik miqdorini oladi va ish bajaradi. Gaz 2-hajmdan boshlab, hajmi V2 bosim Р2 ga teng bo'lgan adiabatik kengayishi imkonini beramiz va u 3-holatga yetib keladi bu holda gazning temperaturasi Т1 gacha pasayadi. Gaz 3-holatdan boshlab hajmi V2, bosim Р2 bilan xarakterlanib, o'zgarmas temperatura Т1 bilan siqamiz. Bunday siqilish izotermik siqilish bo'lib, gazni hajmi V3 va bosimi Р3 ga teng bo'lgan 4-holatni egallaydi. Bu siqilishda gaz sovitgichga Q1 issiqlikni beradi va ish bajaradi. Nihoyat, gazni 4-holatdan boshlab adiabatik ravishda shunday siqishimiz, uning hajmi boshlang'ich V0 hajmni, Р0 bosimni egallash va uning temperaturasi boshlang'ich temperaturagacha ko'tarilsin. Bunday yonish sikl Karno sikli bo'lib, uning f.i.k. (18.3) orqali ifodalanadi. Bu yerda A - to'la sikl davomida bajarilgan ish. Q0 - isitgichdan olingan issiqlik miqdori. Q1 - sovutgichga berilgan issiqlik miqdori. Agar bu protsessda: - Т0 - деб gazning (18.1)-( 18.2) izotermik kengayishidagi temperaturasi. Т1 - deb gazning (18.3)-( 18.4) izotermik siqilishdagi temperaturalar desa u holda izotermik ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.43 KB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.43 KB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:31 ]
Arxiv ichida: doc