Issiqlik texnikasi predmeti, mazmuni va vazifasi, tarixi Reja: Fanning vazifasi va o'rni. O'rganadigan muammolari. Fanlararo aloqasi. 4. Termodinamikaning predmeti va uslubi 5. Issiqlik dinamikasi sistemasi Biolog N. Reymersning takidlashicha «bizni (insoniyatni) biosferaning «issiqlik o'limi» dan bir tartib kattalik ajratib turibdi, agar hozirgi kunda ishlatilayapgan energiyadan 10 marta ko'proq ishlatilsa bas». Buning sababi «parnikoviy effekt»: atmosferadagi uglerod II(CO2) oksidining Yerga quyosh nurini o'tkazishi, ammo nurlanish yo'li bilan Yerning sovib ketishiga to'sqinlik qilishidir. Olimlarning fikricha Yer va atmosferada CO2 miqdorini ortishini: kelajakda uglerod tarkibli yonilg'ilar miqdorini qo'llashni keskin kamaytirish zarurligini; yonilg'i yoquvchi moslamalar, issiqlik energetik qurilmalar (ular ishlab chiqargan chiqindilar, suvlar va gazlar) chiqindilar ko'pligini; kimyoviy (oltingugurt va azot oksidlari) chiqindilarning ko'pligi; kul va boshqa chiqitlarni ko'payishi jiddiy muammolar keltirib chiqarishi orqali tushuntiriladi. Foydalanayapgan qurilmalarda yuqoridagilarni hisobga olish yoki kamaytirishni faqat bunday qurilmalarda kechayotgan jarayonlarni chuqur tahlil qilish orqali amlga oshirishni bilishimiz, anglashimiz zarur. Bu esa ekologik chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil etishni taqazo etadi. Ekologik omillar ham ishlab chiqilayapgan yonilg'ilarni, ulardan foydalanishni keskin orttirishni talab etmoqda. jahon bozorida (hammadan ham neft va uning mahsulotlarini) yonilg'iga talablarini ortishi energiya tejaydigan texnologiyani ishlab chiqishni taqazo etmoqda. Umuman olganda insoniyat foydalanyapgan energiyaning 90%dan ortig'i organik yonilg'ilar hisobini tashkil etadi. Bu esa issiqlikdan foydalanadigan, almashadigan, olish yo'llarini o'rganadigan, issiqlik qurilmalari va apparatlari haqidagi umuminjenerlik fani-issiqlik texnikasi fanini o'rnini ifodalaydi. Issiqlik texnikasi fanida boshqa fanlar singari bilimning nazariy asoslari beriladi. Shuning uchun ham uning ko'pgina qismi texnik termodinamika, issiqlik-massa almashinuvi-yonishi nazariyasi asoslariga bag'ishlanadi. Issiqlik texnikasi fanida: texnik termodinamika, issiqlik va massa almashinuv asoslari; yonish jarayoni haqidagi asosiy tushunchalar, qozon qurilmalari va o'choq konstruksiyalari; issiqlik dvigatellari, par va gaz turbinalari, ichki yonuv dvigatellari, kompressorlar va ularning ish prinsiplari; issiqlik elektr stansiyalari qurilmalarining texnologiyasi va kompanovkasi, hamda ishlab chiqarish issiqlik energetik qurilmalari haqida so'z yuritiladi. O'zbekiston enegetika tizimining asosiy yirik issiqlik elektrstansiyalari - Sirdaryo, Toshkent GRESlari, Angren va Navoiy GRESlari va 19ta boshqa gidroelektrostansiya tashkil etadi. Ularning eng yirigi Chorvoq GESidir. O'zbekiston qudratli energetika tizimiga ega. Bu tizim Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimining tarkibiy qismidir. U hosil qiladigan quvvatlar Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimidagi barcha elektrstansiyalar hosil qiladigan quvvatlarning yarmini tashkil qiladi. Shu bois energetika tizimimiz mintaqada elektr energiya hosil qiluvchi va uzatuvchi yaxlit zanjirning asosiy halqasi hisoblanadi. Elektrostansiyalarning mavjud quvvatlari O'zbekistonda yaqin kelajakda ruyobga chiqariladigan barcha investitsiya loyihalarini, elektr toki hosil qiluvchi yangi quvvatlarni qurmagan holda, elektr energiyasi bilan ta'minlash imkonini beradi. Yangi Angren GRESi va Muborak TETsi hamda ta'limarjon GRESida birinchi energoblok ishga tushmokda. Termodinamikaning predmeti va ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.97 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.97 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:32 ]
Arxiv ichida: doc